Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot


Lutfiy ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə28/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#147594
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
1-29 tayyori

Lutfiy ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Haqiqatan ham Lutfiyning sheʼriyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin sheʼriyat. Bizgacha shoirning 16-20-asrlar mobaynida koʻchirilgan turkiy devonining 33 qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan boʻlib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxoʻjayevning aniqlashi boʻyicha, Lutfiy qalamiga mansub mavjud sheʼrlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) gʻazal janrida yozilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Lutfiy gʻazalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik anʼanalar bilan xalq ogʻzaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning gʻazallarida milliy his-tuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qaygʻu va shodlik tasviri takrorsiz bir taʼsirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gʻazallarida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fardga oʻxshash boshqa janrlardagi sheʼrlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning — zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru tuygʻularini tarannum etgan. Shoirning: Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, — kabi misralarini oʻqiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga baʼzan ishonish ham qiyin boʻladi. Chunki ular shu darajada sodda, ogʻzaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir.
Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning kasbu holini tasvirlashdan iborat boʻlsada, shoir deyarli har bir sheʼrida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga oʻxshamaydigan badiiy sanʼatlarni qoʻllaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal sanʼati namoyon boʻlgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qitʼalarini ham sanʼat namunasi maqomiga koʻtara olgan.

Husayn Boyqaro Temuriy hukmronlik qilgan davrda Xuroson fuqarolari birmuncha osoyishta va farovon hayot kechirishgan. Ayniqsa, uning vaziri Alisher Navoiyning sa’y-harakatlari natijasi o‘laroq, mamlakatda yirik suv inshootlari, ma’muriy va madaniy qurilishlar, madrasa, masjid, karvonsaroy, rabotlar, ko‘priklar va shu kabi qurilish ishlari keng ko‘lamda olib borilgan.


Shu bois Sulton Husayn Boyqaroning hukmronlik davrida Hirot fan va madaniyat markaziga aylangan edi. Bu davrda ilmu fanning barcha jabhalarida qalam tebratgan bilimdon olimlar, so‘z ustalari, adiblar, shoirlar, musiqashunoslar, hunarmand naqqoshlar va musavvirlar Hirotning dovrug‘ini jahonga mashhur qilganlar.
Sulton Husayn Boyqaro Xuroson muzofotida, ayniqsa, Hirotda diniy va madaniy-maishiy binolarni ko‘plab qurdirdi. Bu qurilishlarning asosiy mutasaddisi sifatida Alisher Navoiyni ko‘rsatish joizdir. Shuningdek, shahanshohning yaqin kishilari hamda bek va amirlari o‘z nomlarini abadiylashtirish maqsadida masjid, madrasa, rabot, ko‘prik, hammom va shunga o‘xshash qurilishlar bilan shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishgan. Chunonchi, Sulton Husayn Boyqaro Gozurgoh yaqinida o‘z nomiga Madrasa, Hirot tashqarisida «Bog‘i bayt ul-imon» va «Bog‘i Hamsa oro» bog‘larini barpo etgan. Sulton Badiuzzamon Mirzo nomi bilan ataluvchi «Madrasayi Badi’a» ham Sulton Husayn Boyqaro davrining ulkan obidalaridan biridir. Shuningdek, Alisher Navoiy ham o‘z hisobidan bir necha madaniy-maishiy binolar, chunonchi «Safoiya» nomli hammom va «Shifoiya» nomli kasalxona qurdirgan.
Tarixchi Xondamirning yozishicha, Xurosonda qirqqa yaqin yirik inshootlar Sulton Husayn Boyqaro davrida vujudga kelgan va Hirotga tevarak-atrofdan olimlar, shoirlar, adiblar, rassomlar, xattotlar, musiqachilar va boshqa har xil hunar ahli kirib kela boshlagan. Jumladan, o‘sha davrda tabib Husayn Jarroh ichakni kesib davolashda chumolidan foydalanish usulini ixtiro qilgan. Ustod Sayyid Ahmad G‘ijjakiy, Ustod Shodquli G‘ijjakiy, Ustod Qulmuhammad Udiy, Ustod Husayn Udiy, Ustod Shayx Noiylar Xurosonda nom chiqargan yetuk musiqashunos allomalardan bo‘lishgan. Naqqoshlik va xattotlik sohasida Xoja Mirak naqqosh, Mavlono Xoja Muhammad naqqosh va buyuk iste’dod sohibi Ustod Kamoliddin Behzodlar o‘z mahoratlari bilan Xuroson faxri hisoblangan.
Zahiriddin Muhammad Bobur Husayn Boyqaro zamonidagi olimlar, fozil va shoirlar haqida gapirib, ularning saromadi Mavlono Abdurahmon Jomiy, shuningdek, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Mullo Muhammad Badaxshiy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Shoh Husayn Koshiy, Hiloliy Ahliy, Muhammad Solih va boshqalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadi.
Alisher Navoiyning ta’kidlashicha, Husayn Boyqaro eski o‘zbek tilining taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning rivoji uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Yozma turkiy tilni rivojlantirish, shu tilda ijod qilishga doir maxsus farmon chiqargan. Bu dadil qadam mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta voqea bo‘lgani shubhasiz.
Husayn Boyqaro forsiy va turkiy tillarda g‘azal bitish iqtidoriga ega bo‘lsa-da, asosan turkiyda «Husayniy» taxallusi bilan ijod etgan.
Sulton Husayn Boyqaro Xuroson hududini ichki va tashqi dushmandan tozalagach, bir fursat beg‘amlikka, ayshu-ishratga beriladi. Hukmdorning so‘nggi yillari mamlakat ichida vujudga kelgan isyonlarni bostirish bilan o‘tadi. Bu isyonlar o‘z o‘g‘illari tarafidan mulk talashib ko‘tarilgan nizo va mojarolardan iborat edi. Ammo shunga qaramay, u qo‘lidan kelganicha mamlakatda adolat va osoyishtalikni, ilm-ma’rifat va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qilgan.
1506 yil bahorida Sulton Husayn Boyqaro, xastaligiga qaramay, Xuroson qo‘shinini yig‘ib, Muhammad Shayboniyxonga qarshi Movarounnahr hududiga qarab yo‘l oladi. Shahanshoh Bobo Ilohiy mavzeiga yetganda, ahvoli og‘irlashib, qo‘shinni to‘xtatishga qaror qiladi. 1506 yil 5 may, dushanba kuni kechqurun saltanat sohibi Abulg‘oziy Sulton Husayn Mirzo Boyqaro saktayi qalb (apopleksiya) kasali bilan 69 yoshida olamdan o‘tadi.






1 Katta qavs ichidagi raqamlar iqtibos keltirilgan manbaning adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami hamda sahifasini ifodalaydi. Birdan ortiq manba havola etilganda ularning tartib raqami nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi (X.G.).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə