|
Ommaviy madaniyat118-122WSRJournal.com
Volume – 3_ Issue-4_April_2022
119
of Fergana Polytechnic Institute
Annotation:
Today, the processes of globalization are developing very rapidly.
Global processes are embracing every aspect of human life. It is in such
circumstances that man seeks to preserve his identity. However, foreign ideas are
entering the life of society under the guise of " public culture".
Keywords:
Globalization, "public culture", spirituality, culture, personality,
values.
Globallashib borayotgan dunyoda bugungi kunda sodir bo‘layotgan turfa
voqea-hodisalarni kuzatgan kishi ma’naviyat aslida insoniyatning qanchalik beqiyos
ne’mati ekanligini teran anglaydi. Afsuski, shunday bebaho milliy madaniyat
o‘rniga qandaydir “ommaviy madaniyat”ni zo‘rma-zo‘raki tiqishtirayotgan
buzg‘unchi kimsalar ham kam emas... Ular “ommaviy madaniyat” niqobi ostida
targ‘ib etayotgan turli hayosiz filmlar, suratlar milliy qadriyatlarimizga aslo to‘g‘ri
kelmasligini tushunish qiyin emas. Aslida “ommaviy madaniyat” haqiqiy
madaniyatning mohiyatiga mutlaqo zid hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, “u
insonni ma’nan majruh etadigan, uning ma’naviy dunyosini buzadigan, oxir-oqibat
jon saqlashdan o‘zga maqsadi bo‘lmagan bir maxluq darajasiga tushirib qo‘yadigan,
xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir. Shuning uchun ham bunday
madaniyatni “olomon madaniyati” deyish mumkin”. Ba’zi mamlakatimizga chetdan
kirib kelayotgan tovarlar reklama qilinayotganida e’tibor bersangiz, yonida siyosiy
“mahsulot” – qandaydir g‘oya ham bo‘lishi mumkinligini anglaysiz. Bu usul
globallashuv jarayonida madaniyatlar eksportida faol qo‘llanilayotgani sir emas.
“Eng dahshatlisi, – deb yozadi taniqli telejurnalist, filologiya fanlari nomzodi Olim
Toshboyev, – bu holni o‘sha kishining o‘zi hamisha ham sezavermaydi. Yoki yarim-
yalang‘och badaniga ko‘pik surayotgan oyimchaning nozli surati aks etgan iroqi
sovunning o‘ziyoq milliy axloqqa “o‘lat” tushirish qudratiga ega ekani anglanmaydi
ham. Bu hol esa asta-sekin milliy madaniyatga yot qadriyatlarga ko‘nikma hosil
qildirishi, begona madaniyat bilan “emlanayotgan” odamning etini o‘ldirishi bilan
|
|
|