|
Ommaviy madaniyatJOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS118-122JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume – 3_ Issue-4_April_2022
120
xatarlidir. Bu emlashdan so‘ng “ommaviy madaniyat”ning “og‘ir formalari”dan ham
seskanmaslik, begonasiramaslik kayfiyati hukmronlik qila boshlaydi”.
Bunday “ommaviy madaniyat”ni tiqishtirishlaridan maqsadlari moddiy boylik
orttirish ekanligi ko‘rinib turibdi. Ruhshunoslar fikricha, bir fikrni tinimsiz uqdirish
orqali individga kuchli ta’sir o‘tkazish, uni o‘z yo‘rig‘iga solish mumkin ekan,
dyemak, shu usulda yoshlar ongiga salbiy ta’sir o‘tkazish xavfi yo‘q emas.
Yoshlarga qanday tushuntirilsa, ular kutilganidek qabul qilaverishlari mumkin.
Ma’naviyati yuksak insonga turli g‘oyalar bilan ta’sir o‘tkazish qiyin. Shuning
uchun vayronkor g‘oyalar asosan, yoshlar ongini zaharlashga qaratiladi. Undan
kelajagimiz bo‘lmish yoshlarni asrash uchun ularni yuksak ma’naviyatli qilib
tarbiyalashimiz lozim. Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov
ta’kidlaganidek, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning
hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va
qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga
qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay quymaydi. Demak, illatga
qarshi beayov kurashishimiz davr talabiga aylangan. “Ommaviy madaniyat”ning har
qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz bo‘lishimiz zarur. Jurnalist-olim Olim
Toshboyev ta’biri bilan aytganda: “g‘oya tashiyotgan mahsulotning tanqisligi va
xaridorgirligi g‘oyaning singish darajasiga taqriban tengdir. Bu – matosi behad
tejalgan toru tang libos, ya’ni moddiy tovar bo‘ladimi yoki yosh avlod kiprik
qoqmay termilayotgan qahramoni dam-badam sevgisining isbotiga kirishib
ketaveradigan xorij seriallari – ma’naviysimi, bundan qat’iy nazar, ehtiyojmandlik
uni shunga undaydi”.
Bugungi axborotlashgan jamiyat taqozosi shu bo‘lmoqdaki, bu illatga qarshi
kurashda milliy ommaviy axborot vositalarimiz ham qalqonimiz, ham qilichimiz
bo‘lmog‘i joiz. Bugun yurtimizda o‘ttizdan ortiq nodavlat teleradiokompaniyalari
faoliyat yuritmoqda. Afsuski, ularning ko‘pchiligi Rossiya va boshqa xorijiy
telekanallarning yengil-yelpi dasturlarini namoyish etish orqali ma’naviyatimizga,
bebaho milliy qadriyatlarimizga tahdid solayotganini hech narsa bilan oqlab
|
|
|