Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


V. Darsga yakun yasash va baholash



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə23/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.
VI. Uyga vazifa.
26-mashq. Ega va kesimdan tuzilgan gaplarga ikkinchi darajali bo‘lak qo‘shib yozib kelish aytiladi. Qaysi gapning mazmuni to‘liq ifodalanganligi so‘raladi



10

Mavzu: Gapda so‘zlarning bog‘lanishi (27-28-mashqlar)


Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning gap bo‘laklari, gapda so‘zlarni bog‘lovchi vositalar, gapning mazmuniga ko‘ra turlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash; FK1: gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, ularning boshqa so‘zlarga bog‘lanishini bilish, gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytira olish, gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar, qo‘shimchalar va ohang yordamida bog‘lay olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni tejamkorlikka, hushyorlikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish; TK2: o‘quvchilarni bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish, o‘rtoqlariga yordam berish; TK6:aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish
rivojlantiruvchi: mashq matnlari orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: bilimlarni shakllantiruvchi; o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi;
Darsning metodi: suhbat, analiz, ko‘rgazmalilik, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
III.Yangi darsning bayoni.
27-mashq. Matnni o‘qing. Mashq qanday gaplardan tuzilgan? Gaplar nimalardan tuzilgan?
Tog‘lar yozda garmselning yo‘lini to‘sadi. Ular sovuq shamolni o‘tkazmaydi. Bunday joylarda o‘simliklar yaxshi o‘sadi.
So‘roqlar yordamida ajratilgan so‘zlarning qaysi gap bo‘lagi ekanini ayting. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring. So‘zlar o‘zaro nimalar vositasida bog‘lanadi?
Lug‘at ishi:
garmsel - o‘simliklar uchun zararli, issiq shamol
Gapda so‘zlar o‘zaro so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar va ohang yordamida bog‘lanadi.


Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə