Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə24/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

1 -topshiriq.
Nuqtalar o‘rniga gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shichalarning mosini qo‘yish topshirig‘i beriladi.

2 8-mashq. Chizmani kuzating. Gapda ikkinchi darajali bo‘laklar qaysi bo‘laklarga bog‘langan?
O‘qing. So‘roqlar yordamida gapdagi so‘zlarning bog‘lanishini aniqlang va chizmada tasvirlang. Ra’no kichkinagina niholning unganini ko‘ribdi.
Chizmani kuzating. So‘roqlarga mos so‘z topib, gap tuzing.

2 -topshiriq.
So‘roqlar yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishi aniqlab, chizmaga mos gapni topish topshirig‘i beriladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustaqil ish:
Mustaqil ish uchun topshiriq.
Berilgan so‘roq gapdan darak gaplar tuzish va yozish. Gap oxiriga kerakli tinish belgisini qo‘yish.
1. Tanlovda kim birinchi o‘rinni egalladi?
2. Ziyodaning dadasi nima sovg‘a qildi?
3. Qayerda baland-baland yangi binolar qad ko‘tardi?
O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar ichidan eng mazrnunlisi doskaga yoziladi yoki o‘quvchining o‘zi yozadi. Mazmuniga qarab, gap oxiriga kerakli tinish belgisi qo‘yiladi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
— Ega deb nimaga aytiladi?
— Kesim deb nimaga aytiladi?
— Ega va kesim gapning qanday bo‘lagi?
— Ular birgalikda gapning nimasini bildiradi?
O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini quyidagicha umumlashtiradl:
— Biz bugun gapning bosh bo‘laklarini aniqlashni o‘rgandik. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan bo‘lak ega deb ataladi. Gapdagi ega haqida nima deyilganini bildirgan bo‘lak kesim deyiladi. Ega bilan kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular birgalikda gapning asosiy mazmunini bildiradi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə