Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə32/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

1 -topshiriq.
Topishmoq matni ostida bir chiziq, ikki chiziq va to‘lqinli chiziqlar beriladi. O‘quvchilar topishmoqni o‘qib, javobini topadilar. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlarni topib, ularning gapdagi vazifasiga ko‘ra tegishli chiziq bilan belgilaydilar.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Sirli rasm" ta’limiy o’yini. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o‘stirish maqsadida o‘tkaziladi. Bu o‘yinda rasmlar har xil shaklda qirqib olinadi va konvertga solinadi. Rasm shakllariga mavzuga oid savollar yoziladi. O‘quvchilar shakllardagi savollarga to‘g‘ri javob berib, doskaga ilingan rasmni qismlarini to‘ldiradilar. Qaysi o‘quvchi (guruh)ning rasm qismlari birinchi to‘ldirilsa, yani savollarga to‘g‘ri javob berilsa, g‘olib sifatida rag‘batlantiriladi.

Mavzuga oid savollar:
1.Gap qanday bo‘laklardan tuziladi?
2.Gapda qaysi bo‘laklar bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi?
3.Gapning qaysi bo‘laklari uyushib kelishi mumkin?
4.Uyushiq bo‘laklarning qanday ahamiyati bor?

2 -topshiriq.
Ushbu mashqda o‘quvchilar uyushiq kesimni topib, gap ostidagi chiziqdan foydalanib belgilashlari kerak.

V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.
VI.Uyga vazifa.
44-mashq. O‘qing. Gap mazmuniga mos so‘zlar topib, ko‘chirib yozing.
‒ Chiziqchalar o‘rniga qo‘yilgan so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?

17


Darsning mavzusi: Gapda ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishi. (45-47-mashqlar)

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə