Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə34/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

1 -topshiriq.
Matnni o‘qib, bir xil so‘roqqa javo bo‘lgan so‘zlarni toping. Ularning gapdagi vazifasiga ko‘ra tegishli chiziq bilan belgilash topshirig‘i beriladi.

46-mashq. She’riy parchani o‘qing. Uyushiq bo‘laklarni aniqlang. Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan?
Men maktabdan kelaman,
Bir-bir salom beraman.
Avval buvamga,
Keyin buvimga,
Keyin dadamga,
Keyin oyimga.
Berilgan she’riy parchani bitta gap bilan ifodalang. Gapni yozing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

2 -topshiriq
Chumolilar matn ostida chizmalar navbatma-navbat beriladi. O‘quvchi uyushiq bo‘laklarni chizmaga joylashi kerak.

Mavzu yuzasidan savollar:
‒ Gap qanday bo‘laklardan tuziladi?
‒ Gapda qaysi bo‘laklar bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi?
‒ Gapning qaysi bo‘laklari uyushib kelishi mumkin?
‒ Uyushiq bo‘laklarning qanday ahamiyati bor?
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
47- mashq. O‘qing. Hikmatlaming ma’nosini tushuntiring.
1. Ota-onalarning izzatini va hurmatini o‘rniga qo‘ymoq har bir o‘g‘il va qizning insoniy burchidir. 2. Mard to‘g‘ri va haq gapni gapiradi.
‒ Uyushgan bo‘laklarni toping. Ularning tagiga tegishlicha chizing. Qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?

18


Darsning mavzusi: Uyushiq bo‘lakli gaplarni mustahkamlash. (48-50-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: fikrni ixcham va tushunarli ifodalashda uyushiq bo‘laklaridan nutqda to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash; FK1: gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishini, uyushiq bo‘laklarning sanash ohangida aytilishi, uyushiq bo‘lakli gaplarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish;

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə