Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə37/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

rivojlantiruvchi: mashq matnlari orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, tushuntirish, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.



Husnixat daqiqasi:
Vatanning chin, haqiqiy farzandi bo‘l!
O ‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan 53-mashq topshirig‘iga ko‘ra, o‘quvchilar tuzib kelgan gaplar o‘qitiladi:
‒ Uyushiq bo‘laklarni ayting. Ular qanday so‘roqlarga javob bo‘lgan?
‒ Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?
va bog‘lovchi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasida biror tinish belgi qo‘yidingizmi? kabi savol-topshiriqlar asosida o‘quvchilarning uyushiq bo‘laklari haqidagi bilimi mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzuning bayoni.
54-mashqdagi gaplar yozib qo‘yiladi. Ushbu mashq multimedia ilovasida ham berilgan.

1 -topshiriq.
Ekranda gaplar hamda gaplar ostida to‘g‘ri, ikki va to‘lqinli chiziqlar beriladi. O‘quvchilar uyushiq bo‘laklarni tegishli chiziq bilan belgilaydilar.

Gaplar ustida ishlash:
O‘qituvchi o‘quvchilarni izlanishga majbur qiluvchi savollar bilan yangi mavzuni ularning o‘ziga bayon qildiradi.
‒ Gaplarni ohangiga e’tibor berib o‘qing, uyushiq bo‘laklarni so‘roq berib aniqlang.
‒ O‘ylang. Uyushiq bo‘laklar orasida kelayotgan so‘zlar qanday vazifa bajaryapti?
‒ Qaysi so‘zlar uyushiq bo‘laklarni bog‘lasa, vergul ishlatilishini ayting. Vergul qayerga qo‘yiladi.
O‘quvchilar savollarga javob berish orqali oldingi darslarda egallagan bilimlarini eslaydilar, fikrlaydilar va xulosa chiqaradilar.
Kuzda burglar sarg‘ayadi, to‘kiladi. Bu gapda uyushiq bo‘laklar qanday bog‘lanadi?
Darslikdagi qoida tushuntiriladi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə