Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə35/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatni sevish va asrash hissini tarbiyalash; TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning lug‘atini boyitish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.
Darsning metodi:suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozlari:uyushiq bo‘lakli gaplar yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Maktab – muqaddas dargoh.

O‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uy vazifasi tekshirilayotganda doim o‘quvchilarga "Qaysi so‘zda yoki shu so‘zning qayerida imlo xato qilib qo‘yish mumkin?" degan savol berish, o‘sha so‘zning imlosi ustida ishlash lozim.
III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
48-mashq. Berilgan gaplardagi takrorlanib kelgan so‘zlarni tushirib qoldirib, gapni qayta tuzing. Qaysi bo‘laklar uyushib kelganini ayting.
1.Kuzda qaldirg‘ochlar issiq tomonlarga uchib ketadi. Kuzda bulbullar issiq tomonlarga uchib ketadi. 2. Bu qushlar Kavkazga uchib ketadilar. Bu qushlar Hindistonga uchib ketadilar. 3. Chumchuqlar esa o‘lkamizda qishlaydilar. Musichalar esa o‘lkamizda qishlaydilar.
‒ Uyushib kelgan bo‘laklarni ko‘chirib yozing.
‒ Berilgan gaplar bilan o‘zingiz tuzib yozgan gaplaringizni qiyoslang. Qay birida fikr ravon ifodalangan?
49-mashq. Matnni o‘qing. Matnda nechta gap bor? Sizga gaplarning tuzilishi yoqdimi?
Gaplarni qayta tuzib, matnni yozing. Uyushiq bo‘laklarning tagiga chizing. Qaysi bo‘laklar uyushib kelganini ayting.




Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə