Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə33/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darsning maqsadi:
ta’limiy: gapda ikkinchi darajali bo‘laklarni uyushib kelishi haqida tushuncha hosil qilish, fikrni ixcham va tushunarli ifodalash malakasini shakllantirish; FK1: gapda ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishini, uyushiq bo‘laklarning sanash ohangida aytilishi, nutq jarayonida uyushiq bo‘lakli gaplarni qo‘llay olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni kattalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
rivojlantiruvchi: mashq matnlari orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ko‘rgazmalilik, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Ko‘p bilgan oz so‘zlar,
Oz so‘zlasa ham soz so‘zlar.

O‘tilgan mavzuda berilgan uy vazifasini tekshirish.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Darslik bilan ishlash. 45-mashq. Matnni o‘qing. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
Bulbulcha inidan uchib chiqibdi. Atrofda oq, sariq, qizil gullar ochilib yotganini ko‘ribdi. Mayin, yoqimli ovoz bilan sayray boshlabdi.
‒ Gapning qaysi bo‘laklari uyushib kelgan?
Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari ham bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bitta so‘zga bog‘lansa, uyushib kelgan bo‘ladi. Ular ham -gapning uyushiq bo‘laklari deb yuritiladi.
Demak, gapning bosh bo‘laklari ham, ikkinchi darajali bo‘laklari ham uyushib keladi. Gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘ladigan birdan ortiq bir xil ega, kesim yoki ikkinchi darajali bo‘laklar bo‘lishi mumkin. Ular sanash ohangi bilan aytiladi. Ular gapda ketma-ket keladi, bunday bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari deb yuritiladi.


Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə