Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Darsning mavzusi: Gapda ega va kesimning uyushib kelishi



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə30/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

15


Darsning mavzusi: Gapda ega va kesimning uyushib kelishi. (38-40-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: gapning uyushiq bo‘laklari haqida tushuncha qilish, fikrni ixcham va tushunarli ifodalash malakasini shakllantirish; FK1: gapda eganing uyushib kelishini, uyushiq bo‘laklarning sanash ohangida aytilishi, uyushiq bo‘lakli gaplarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatni sevish, tabiatdagi o‘simlik va hayvonlarga nisbatan ijobiy munosabat hamda mehr hissini uyg‘otish; TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: mashq matnlari orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars
Darsning metodi: suhbat, analiz, tushuntirish, “Chizmani to‘ldir” ta’limiy o’yini.
Darsning jihozlari: uyushiq bo‘lakli gaplar yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Yer – ona, suv – ota,
Mehnat – boylik.

O‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan mashq o‘qitiladi va sharti asosida tekshiriladi.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Darslik bilan ishlash. 38-mashq. O‘qing. So‘roqlar yordamida gapning uyushiq bo‘laklarini toping.
Bulbul, mayna, qumri
Xush ohangda sayrashar.
Erkin, Gulnoz, Umri
Bog‘dan jilmay yayrashar.
Qaysi bo‘lak uyushib kelgan? Ular qaysi so‘zga bog‘langan?
Chizmani to‘ldir” ta’limiy o’yini. Har bir o‘quvchiga chizma tarqatiladi. She’r matnidan uyushiq bo‘laklarni va ular bog‘langan so‘zni aniqlab chizmaga yozishlari kerak. Topshiriq tekshiriladi va matnlarda ega uyushib kelgani hamda uyushiq bo‘lak kesimga bog‘langani aniqlanadi.


bulbul

Erkin

Gulnoz

Umri





mayna

sayrashar







qumri






yayrashar








Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə