«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: I. Tashkiliy qism



Yüklə 16,47 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü16,47 Kb.
#148581
Tilovboyeva Nasiba Dars ishlanma


«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. (Siyosiy daqiqa)
II.Darsning mavzusi SIFAT SO’Z TURKUMI
III.Takrorlash: O‘tilgan mavzuni takrorlash
IV.Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - sifat so’z turkumi haqida ma'lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad - milliy qadriyatlarni ulug'lash hislarini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - gapning tarkibida sifat so’z turkumini qo’llay olishmalakasini rivojlantirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: : qish manzarasi aks ettirilgan peyzaj asari.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi:
1. Sifat haqida ma'lumot.
2. Sifatning gapdagi vazifasi.
Dars boshlangach, o’qituvchi qish manzarasi aks ettirilgan rasmga. o’quvchilar diqqatini tortadi. Ularga tasviriy ifodalash uchun so’zlar topish buyuriladi. O’quvchilar quyidagicha so’zlarni aytishi mumkin: qish, go 'zal, oppoq qor, quvonch, bolalar va boshqalar. Shundan so’ng ularga kichik matn tuzish topshiriladi. Birinchilardan bo’lib topshiriqnibajaribbo’lgan 2-3 o’quvchining matni o’qittiriladi va baholanadi.
O’quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar beriladi:
1. Matningizda belgi bildiruvchi so’zlar bormi?
2. Ular qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
3. Rang bildiruvchi so’zlargamisol keltiring.
4. hajm-o’lchov bildiruvchi so’zlardan ayting.
5. Maza-ta'm bildiruvchi so’zlarga misol keltiring.
O’quvchilar javobidan so’ng nazariy ma'lumotlar berilishi mumkin.
246-mashqda berilgan matn o’qitiladi. Unda qatnashgan sifat so’z turkumigaoid so’zlarni ko’rsatib o’tadilar. So’ngra 1-va 2-topshiriqlar ham bajartiriladi. O’quvchilar sifatning nutqdagi ahamiyati haqidagi o’z mulohazalarini aytib o’tadilar.
247-mashqda misollar topib sifatlarni turlari bo’yicha ajratadilar.
Namuna:

rang-tus

maza-ta'm

shakl-hajm

xil-xususiyat

qizil

shirin

mayda

silliq



X. Lirik chekinish. ( )
XI.MUSTAHKAMLASH:
Baholash:_______________________________________________________
XII. Darsning yakuni:
Uyga vazifa:
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
Yüklə 16,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə