Ona tili fanini fanlararo integratsiyalab o‘qitish usullari husanboeva Nargiza Olimjon Qizi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129719
  1   2


Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
«Научный Фокус» июня, 2023 
21 
ONA TILI FANINI FANLARARO INTEGRATSIYALAB O‘QITISH USULLARI 
Husanboeva Nargiza Olimjon Qizi 
Toshloq tuman 2-son kasb hunar maktabi
“Ijtimoiy va tillar” kafedrasi o’qtuvchisi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili fanini o'qitish jarayonida zamonaviy 
integrativ yondashuvdan foydalanish haqida ma'lumot berilgan. 
Kalit so’zlar:
integratsiya, "Zanjir", o'qitishda metodlardan foydalanish, 
"Uslubiyat" mavzusi. 
Ona tili fanini integratsiya asosida o‘qitishning ko‘plab usullari mavjud. Masalan, 
6-sinf darsligida berilgan “Atoqli va turdosh otlar” mavzusini geografiya o‘quv fani 
bilan bog`lab o‘tgan dars ishlanmasi bilan tanishaylik. Men darsda O‘zbekiston 
Respublikasi xaritasidan foydalandim. O‘tgan darsda o‘quvchilarni “Atoqli va turdosh 
otlar” mavzusi bilan tanishtirgan edim. Shu bois o‘tilgan mavzuni mustahkamlash va 
yangi mavzuga zamin tayyorlash maqsadida darsni “Zanjir” grammatik o‘yini bilan 
boshlashni ma’qul ko‘rdim. Bunda o‘quvchilardan biri shahar nomini aytadi, qolgan 
o‘quvchilar esa shu shahar nomining oxirgi harfi bilan boshlanadigan boshqa shahar 
nomini topadilar. 
O‘yinda quyidagi shaharlarning nomlari keltirildi: 
Andijon - Do‘stlik 
Namangan - Kogon 
Nukus - Nishon 
Sirdaryo - Navbahor 
Yorkent - Rishton 
Toshkent -- Nurobod 
Toshovuz -- Dang`ara 
Zafarobod -- Asaka 
Do‘stobod -- Angor 
Dehqonobod – Romiton 
O‘quvchilarning ayrimlaridan shaharlarning nomini yozib ko‘rsatishni talab 
qildim. Masalan: Dehqonobod, Do‘stobod shaharlarining nomlarini yozib ko‘rsatish 
ularning imlo savodxonligini oshirishga yordam beradi. 
.... ... ... ... ... ... ... .... daryo, ko‘l, suv omborlari nomini aniqlash topshirig`ini berdim. 
(Har biro‘quvchi topshiriqni o‘z viloyati misolida beradi). Bu o‘yindan keyin 
o‘quvchilarga savol-topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatdim. So‘ng g’olib guruhni 
aniqlab, darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholadim. Ushbu darsda o‘quvchilar 
joy nomlarini lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvda bexato yozish va geografiya 
darslarida olgan bilimlarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldilar. Demak, “Turdosh va 
atoqli otlarni o‘tishda toponim so‘zlardan foydalanish”mavzusidagi dars 


Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
«Научный Фокус» июня, 2023 
22 
o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini o‘stirish, erkin fikrlash 
qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularning til va geografiya bo‘yicha nazariy 
bilimlarini yanada kengaytirishda yordam beradi. 
Ona tili darslari boshqa o‘quv predmetlaridan alohida, mustaqil yashay olmaydi. 
Aksincha u ta’lim bosqichlarida o‘rganiladigan xilma-xil o‘quv predmetlari, xususan, 
adabiyot, matematika, fizika, informatika, xorijiy tillar bilan o‘zaro aloqadorlikda 
o‘rganilsa, o‘z samarasini beradi. Chunki ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlik - 
integratsiya darslarini tashkil etisho‘quvchilarning mavzuni tez va oson anglashiga olib 
keladi. Ona tili darslari asosida so‘z va matn turgani uchun ham bu imkoniyat yanada 
kengayadi. Chunki matn vazifasini istagan o‘quv fani materiali bajara oladi. Umuman 
olganda, fanlararo aloqalarni amalga oshirishning turli xil usullari mavjud. Ona tili 
darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini, uslublarini o‘rganish, shu orqali 
o‘quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda bajariladigan ish turlaridan biri 
undan biror til hodisasi yoki uslubini aniqlash va izohlash, bunda o‘quv fanlararo 
integratsiyalashdan foydalanishdir. Mazkur ish usuli mohiyatan hosil qilinayotgan 
bilimlarni mustahkamlash jarayonini ifoda etadi. Dastlab o‘qituvchi uslublar haqida 
umumiy ma’lumot beradi va o‘quvchilarga kerakli manbaalarni yozdirib o‘tadi. Mavzu 
tushintirib berilgan keyin, bevosita boshqa fanlar bilan bog‘laydi. Ta’lim bosqichlarida, 
xususan, dars jarayonida “Uslubiyat” mavzusini o‘tishda qo‘shimcha manbalardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga 
har-xil turdagi matnlar aks etgan tarqatma materiladan foydalanashi mumkin. Bu bilan 
o‘qituvchi darsning qiziqarli o‘tishi va shu bilan bir qatorda o‘quvchining faol 
bo‘lishiga imkon yaratadi. 
1.Yaxshi ham boshqa bolalar bilishmadi, dedi Gulchehra xo‘rsinib . –bilishganda, 
bittasi emas, bittasi aytib qo‘yardi. -Ha, rozi bo‘ldi Abdulla, rosa to‘polon bo‘lardi. -Men 
amakidan qo‘rqaman. Ko‘zi yomon.Gulchehra Dadavoy amakining ko‘zlarini 
ko‘rsatmoqchi bo‘lib olaydi, o‘xshata olmadi. Abdulla kulib yubordi. (O‘.Umarbekov. 
“Odam bo‘lish qiyin” asaridan) 
2.Qalandarovning hovlisi kattagina ekan. Bir tomonda uncha did bilan solinmagan 
bo‘lsa ham, kattagina imorat, sirkor ayvon: uning ro‘parasida hovuz, chog‘roq shiypon, 
sim tortib ko‘tarilgan tok, bog‘cha, poliz… lekin bularning hammasi hovli egasining 
havasi zo‘ru, hafsala va didi yo‘qligini ko‘rsatib turar edi: tokning bir necha novdasi 
simga o‘z holicha tirmashibdi-yu, qolgani yerda yotibdi; meva daraxtlarining ostini, 
polizini sho‘ra va g‘umay bosib ketibdi. (A.Qahhor. “Sinchalak” qissasidan) 
3.Vatan, istiqlol, ma’naviyat… bu so‘zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni 
ifodalashda pur hikmat so‘zlardir. Agar insonda shu so‘zlarning birortasi yo‘q bo‘lsa, 
hayotning qayeridir kemtik bo‘lib turaveradi. (Gazetadan) 
4.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida. Ushbu qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasiga asoslanib va o‘zbek yozuvining lotin 
alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, jamoatchilik 


Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
«Научный Фокус» июня, 2023 
23 
vakillari bildirgan istak-xohishlari inobatga olingan holda respublikaning har 
taraflama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishni jadallashtiruvchi 
qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.KarimovToshkent shahri, 1993-yil 2-
sentabr 
5. Yomg‘ir-suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,5-
0,6mm bo‘ladi.Yomg‘ir bulutlardagi mayda suv zarralarining qo‘shilib yiriklashuvidan 
hosil bo‘ladi. Yomg‘ir ikki xildir: jala yomg‘ir, shivalama yomg‘ir. Jala yomg‘ir to‘p-to‘p 
bulutlardan yog‘adi, ko‘p vaqt o‘tmay to‘xtaydi, tomchilari yirik bo‘ladi. 
(Darslikdan) Matnlardan ko‘rinib turibdiki, har bir uslubni o‘quvchiga 
tushuntirishda boshqa fanlar bilan bog‘langan. O‘quvchilar qo‘lidagi matnlar 
jamlanmasini o‘qituvchi bilan birgalikda kuzatib boradilar va bu uning ko‘z o‘ngida 
qolishiga yordam beradi. O‘qituvchi tushintishni boshlaydi: birinchi matn badiiy 
asardan olingan bo‘lib, so‘zlashuv uslibiga, aynan, badiiy so‘zlashuv uslubiga xosligini 
va so‘zlashuv uslubiga xos belgilarni ko‘rsatib o‘tadi. Ikkinchi gapda esa, badiiy uslub 
ishtirok etganini va bu uslubni yoritish uchun badiiy asarga yuzlanganini aytadi. 
Uchinchi gapda publitsistik uslubning yozma shaklini aytib, bu uslubning muhim 
xususiyati axborot berish va ta’sir etish bo‘lib, soddalilik, tushunarlilik, adabiy til 
me’yorlariga qattiy amal qilishi ekanligi eslatilib o‘tib ketiladi. To‘rtinchi matn rasmiy 
uslubida yozilganligini tushuntish bilan bir qatorda rasmiy uslub turlariga yana bir 
marotaba to‘xtab, quyida berilgan matn rasmiy uslubning sof qonunchilik uslubida 
yozilganligini sharhlab o‘tadi. Va nihoyat, beshinchi matnda o‘qituvchi ilmiy uslubni 
organish uchun fizika faniga murojaat etganligini aytib o‘tadi va ilmiy uslubni yana bir 
bor takrorlab o‘tadi. O‘qituvchini bu usul, yani uslubiyat mavzusini boshqa 
predmetlarga murojat etish yo‘li bilan o‘rganish o‘quvchi tez va oson organishini va 
mavzuni yana bir bor takrorlanishini ta’minlaydi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ona tili darslarini adabiyot bilan 
uyg‘unlikda olib borish, о‘quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashlarini yanada 
boyishiga olib keladi. Aynan ona tilida biron bir nazariy ma’lumot о‘rganilayotgan bir 
paytda о‘quvchilarga aynan shu damda adabiyotdan о‘tilayotgan hikoya, asardan 
parchalardan misollar topib kelish, ruboiy, g‘azallardagi sо‘zlarni til nuqtayi nazaridan 
tahlil qilishga о‘rgatib borilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bu keyinchalik ularning ilmiy 
salohiyatlarini yanada oshirishga, oliy ta’limda tahlil yuzasidan bilim, kо‘nikma, 
malakalar bо‘yicha mustahkam bilimga ega bо‘lib, til bо‘yicha nazariy ma’lumotlarini 
mustahkamlab borishda yordam beradi. Ona tili — millat tafakkurini ifodalovchi, 
shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi eng asosiy vositadir. O‘tkaziladigan har bir 
mashg‘ulot tilimizning beqiyos go‘zalligi, joziba va qudratini o‘rganishga qiziqish 
uyg‘otishi, uning keng qonuniyatlari bilan tanishtirishi zarurki, bu zamonaviy ta’limni 
yo‘lga qo‘yishda eng asosiy va muhim omillardan biridir. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining ona tili Davlat ta’lim standartlari talablariga ko‘ra o‘quvchilar 
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar uch yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar asosida 


Международный научный журнал № 2(100), часть 1 
«Научный Фокус» июня, 2023 
24 
tekshiriladi va aniqlanadi. Birinchi ko‘rsatkich — o‘qish texnikasi orqali o‘quvchining 
notanish matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasi aniqlanadi. Ikkinchi ko‘rsatkich – 
o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi bo‘lib, bolaning og‘zaki bayon 
qilinayotgan fikrlarni hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash 
maqsadida kiritilgan.Uchinchi ko‘rsatkich – fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi 
hisoblanadi. Ona tili ta’limining maqsadi shu yo‘nalishda mujassamlashadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə