Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010



Yüklə 40,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/122
tarix22.03.2024
ölçüsü40,05 Kb.
#182810
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122
jek london oq soyloq qissa

To‘rtinchi bob
XUDOLAR ORTIDAN
Kuzda kunlar qisqarib, havo soviy boshlaganda Oq So'yloqning 
qochishi uchun qulay sharoit tug'ildi. Qishloqda bir necha kundan beri 
it egasini tanimasdi. Hindular yozgi chaylalarni yig'ishtirib, ov mavsumiga 
tayyorgarlik ko'rishardi. Ularning tadorigini diqqat bilan kuzatayotgan 
Oq So'yloq chaylalar tam om ila yig'ishtirilib, yuklar pirogi — uzun 
qayiqlarga ortilganida hammasini tushundi. Qayiqlarbirin-ketin sohildan 
uzoqlasha boshladi, dastlab yo'lga tushganlari ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Oq So'yloq shu yerda qolishga qaror qildi va ilojini topgan zahoti 
o'rm onga qochdi. M uz qoplay boshlagan daryodan kechib o'tib, izini 
yo'qotdi. So'ng daraxtzorning ichkarisiga yashirinib olib, uzoq kutdi, 
bu orada bir necha bor uxlab turdi, so'nggi marta ko'zi ilingandi Kulrang 
Qunduzning ovozidan uyg'onib ketdi. Zum o'tm ay, qidirishga chiqqan- 
larga qo'shilib olgan egasining xotini hamda o'g'li M it-Saning ovozi 
qulog'iga chalindi.
Oq So'yloq o'zining laqabini eshitganda qo'rqqanidan qaltirab ketdi, 
lekin allanima egasining chaqirig'iga javob qaytarishga undayotgan bo'lsa 
ham o'zini tiydi, o'rm ondan chiqmadi. K o'p o'tm ay ovozlar uzoqlashib, 
bora-bora mutlaqo eshitilmay qoldi. Shundagina u qutulganiga ishonch 
hosil qilib butazordan chiqdi. Qosh qoraya boshladi. Oq So'yloq ozod 
bo'lganidan quvonib, daraxtlar orasida o'ynab-o'ynab yurdi. D afata n
o'zining yolg'iz ekanini sezib, xavotirga tushdi va cho'qqayib, tevarak- 
atrofga quloq tutdi: o'rm on jimjit edi... Nima sababdandir, allaqanday 
falokat uni ta ’qib etayotgandek tuyuldi. U g'ira-shira ko'rinayotgan 
bahaybat daraxtlar, ularning vahimali soyalari tom onga tikilib qoldi. 
So'ngra sovuqdan eti junjikdi. Hamisha devorlari yoniga borib isinadigan 
chaylani qo'msadi. Navbat bilan, dam o'ng panjasini, dam chap panjasini 
tagiga bosib ko'rdi, keyin ularni momiq dumi bilan yopdi, xuddi shu 
daqiqada ko'z oldidan bir nimalar o 'ta boshladi... Buning hech qanday 
ajablanadigan yeri yo'q — uning ko'z oldidan tanish manzaralar o 'ta 
boshladi. Yana qishloq, chaylalar, gulxanlar ko'rindi, xotin-xalajning


shang'illagan, erkaklaming do‘rillagan ovozi ham da itlarning akillashi 
eshtildi. 0 ‘lgudek och Oq So‘yloq ahyon-ahyon odamlar siylab beradigan 
go‘sht b o ’laklari bilan baliqlami esladi. Biroq, hozir uni siylaydigan 
kimsa yo'q, qop-qora o'rm on, xavotirli tarzda jimjit edi.
Tutqunlik Oq So'yloqni noziklashtirib yuborgandi. Insonga qaram 
bo'lishlik oqibatida uning kuch-quwatiga putur yetgan, mustaqil ravishda 
yegulik topib yeyishdan butunlay chiqib qolgan edi. U ning boshi uzra 
tun chodirini yoya boshladi. Qishloqdagi doimiy qiy-chuv, to's-to'polon, 
ola-g‘ovurga ko'nikkan Oq So'yloq hozir nim a qilarini bilmasdi. U 
shitirlagan tovush yoki qilt etgan harakatni ilg'am oqchi bo'lardi. 
Sukunatga cho'mgan borliq qo'ynida hamon allaqanday mash’um falokat 
o'zini kutib turgandek tuyulardi.
D a fa ta n Oq So'yloq qaltirab ketdi. Uning ko'z oldidan shakl-u 
shamoyilsiz bahaybat bir nima o'ta boshladi. Bulutlar orasidan suzib chiqqan 
oy nurida ulkan daraxt soyasi yerga tushgan ekan. U xotiijam tortib past 
ovozda uvladi, ammo ehtiyot shart biron yerda yashirinib yotgan dushman 
e’tiborini jalb qilish mumkinligini eslab, o'sha zahoti uni o'chdi.
Tungi ayoz qo'ynida junjikkan daraxt shoxi boshi uzra qattiq g'irchilladi- 
yu, Oq So'yloq sapchib tushdi va qo'rqqanidan orqa-oldiga qaramay qishloq 
tomon yugurdi. U odamlarga zor, ularning himoyasiga muhtoj ekanini 
sezdi, dimog'idan tutun hidi, qulog'i ostidan odamlarning baqir-chaqirlari 
butunlay arimagandi. U o'rmondan oy nuriga g'arq bo'lgan yalanglikka 
chiqdi. Ammo harchand atrofga javdiramasin, o'z qishlog'ini topolmadi. 
U odamlarning u yerdan ko'chib ketganini unutgan edi.
Oq So'yloq qoqqan qoziqdek qotib qoldi. Uning o'zga borar joyi 
yo'q edi. U kimsasiz va tashlandiq manzilgohda odam lar qoldirib ketgan 
axlat va lash-lushlar uyumini iskagancha tentirab yurdi. Ayni lahzalarda 
u hatto shallaqi bir xotin tosh bilan ursa, hatto Kulrang Qunduz kaltak 
bilan ursa quvongan, Lip-Lipni, qo'rqoq itlar galasini jon-jon deb qarshi 
olgan bo'lardi.
U bir vaqtlar Kulrang Qunduzning chaylasi joylashgan yerga borib, 
cho'qqayib o'tirgancha mahobatli oy gardishiga termuldi. Uning bo'g'ziga 
bir nim a qadalgandek bo'ldi, yolg'izlik, qo'rquv, Kichini sog'inganlari, 
boshiga tushgan musibatlar va kelgusidagi kulfat-uqubatlar — g'amgin 
va zoriqqan nolaga aylanib bo'g'zidan otilib chiqa boshladi. Bu Oq 
So'yloq ko'ksidan birinchi marta otilib chiqqan bo'riyona nola edi.
Tong otgach, bu vahim alardan nom -nishon qolm adi, am m o u 
beshbattar siqila boshladi. Yaqindagina hayot qaynab toshgan qarorgoh 
vayronalari uning yuragini qon qilib yubordi. U uzoq ikkilanib o'tirm ay, 
o'rm on sari yuzlandi-da, daryo yoqalab yugura ketdi. Shu asno bir 
daqiqa dam olmasdan qorong'i tushguncha yugurdi. G o'yo dunyoning 
narigi chekkasiga qadar to'xtam ay yugura oladigandek o'zini bardam


sezar, charchash nimaligini bilmasdi. Toliqa boshlagan chog‘da ham 
yugurishdan to'xtam adi, ajdodiga xos sabot va chidam unga kuch- 
quw at ato etayotgandek bo'lardi.
Daryo tik qirg‘oqlar oralab oqqan yerlarda Oq So‘yloq aylanib 
o ‘tish uchun toqqa qarab yugurdi. Makkenziga quyiladigan daryolar 
bilan irmoqlarni kechib o‘tdi. K o'pincha daryoning qiroqqa yaqin 
yupqa muz qoplagan qismidan yurishga to ‘g‘ri kelardi, ba’zan muz 
yorilib Oq So'yloq suvga tushib ketar, shunday lahzalarda o'lishiga bir 
bahya qolardi. H ar ne bo'lganda ham u ana hozir odamlarning to'xtab, 
quruqlik ichkarisiga ravona bo'lgan izlariga duch kelishiga ishonar va 
qattiq umid qilardi.
Oq So'yloq boshqa itlarga nisbatan xiyla ziyrak edi. Lekin shunday 
bo'lsa ham Makkenzi daryosini yoqalab borayotgan qirg'og'idan o'zga, 
ikkinchi qirg'og'i ham borligini bilmasdi. O dam lar narigi qirg'oq orqali 
quruqlikka chiqqan bo'lsalar-chi? Buni u tasaw u r ham qilolmasdi, 
ehtimol keyinchalik ulg'aygach, hamda uzoq safarlarga chiqib tajriba 
orttirgach, daryo qirg'oqlarida qolgan inson izlarini izlab topishga 
o'rganib ketganda buning farqiga borar? Ammo bunday balog'at 
istiqbolda kutmoqda edi. H ozir esa M akkenzining bitta qirg'og'ini 
ko'zdan qochirmay tusmollab borardi.
Qorong'ilikda turli-tuman toshlar, g'ovlarga qoqilib-suqilib tun bo'yi 
yugurdi. Bu to'siqlar uni yo'ldan chalg'itar, am m o yugurish ishtiyoqini 
so'ndirolmasdi. Ikkinchi kunga borib o'ttiz soatlik tinimsiz yugurishdan 
so'ng u toliqa boshladi, lekin shunda ham ayrati snmadi. U deyarli 
ikki kecha-yu-ikki kunduz tuz totmagan va ochlikdan tinka madori 
qurigan edi. Bu yoqda uzluksiz muzdek suvga tushib ketaverishlar ham 
o'z ta ’sirini ko'rsatgan edi. Uning bebaho junlari balchiqqa belandi, 
serbar panjasining tovonlaridagi yara-chaqalardan qon sizib oqdi. U 
oyog'ini bosolmay qoldi. Bu ham yetmagandek osmonni bulut qoplab
ho'l qor uchqunlay boshladi. Qor tez eriganidan yo'llarning rasvosi 
chiqib yurish beshbattar qiyinlashdi.
O 'sha tun Kulrang Qunduz dam olgani Makkenzi daryosining narigi 
qirg'og'ida to'xtadi, chunki ov makonlariga olib boradigan yo'llar shu 
yoqda joylashgan edi. Ammo kechga tom on Kulrang Qunduzning xotini 
Klu-Kuch sohilga suv ichgani kelgan bug'uni payqab qoldi. Qisqasi 
bug'u qirg'oqqa kelmaganda, qorbo'ron tufayli M it-Sa to'g'ri yo'ldan 
adashmaganda, Klu-Kuch bug'uni sezmay, Kulrang Qunduz bir necha 
o 'q bilan uni tinchitmaganda bormi, bundan keyingi voqealar mutlaqo 
o'zgacha yo'nalishda davom etgan bo'lardi. Kulrang Qunduz shu atrofda, 
qirg'oqda to'xtamagan, Oq So'yloq esa ularni ko'rmagan, nobud bo'lgan 
yoki bo'rilar to'dasiga qo'shilib ketgan bo'lardi.


Tun kirdi. Qor endi bo ‘ralab yog‘a boshladi, kalovlanib yo'l-yo'lakay 
zorlangancha uv solib borayotgan Oq So'yloq d a fa ta n odam iziga 
duch keldi. Iz shunchalar yangi ediki, Oq So'yloq buni darhol sezdi. U
toqati toq bo'lib uvillab yubordi-da, o'rm on tarafga yugurdi. U ning 
qulog'iga tanish ovozlar yetib keldi. U gulxan alangasini, allanim a 
pishirayotgan K lu-K uchni, ch o 'k tushgan ko'yi bir bo'lak dum bani 
shimib o'tirgan Kulrang Qunduzni ko'rdi.
Oq So'yloq jazolashlarini kutardi. Shu esiga tushgan zahoti junlari 
hurpaydi. Keyin pusib ilgari yurdi. U kaltaklanishdan qo'rqar, shu bilan 
bu jazodan qochib qutulolmasligini bilardi. Ammo u gulxan yonida 
isinib yotishni, odamlar himoyasida bo'lishni, garchi kek-xusumatli bo'lsa 
ham tirik jon bilan yaqinlik qilish ehtiyojlarini qondira oluvchi itlar 
orasida yashashini ham bilardi.
Oq So'yloq sudralgancha gulxanga yaqinlashdi. U ni ko'rib qolgan 
Kulrang Qunduz dum ba yog' shimishdan to'xtadi. Oq So'yloq qo'rqa- 
pisa boraym i, bo rm aym i degandek sudralardi. O dam zod oldida 
jilpanglashga majbur qilayotgan xo'rlik, tobelik hissi uni ezardi. U imillab 
sudralar, bamisli Kulrang Qunduzga yaqinlashgan sari sudralishi qiyinla- 
shayotgandek arang siljirdi, oxiri uning oyoqlari ostiga cho'zildi — go'yo 
bu bilan o'zining inon-ixtiyorini unga topshirdi. U o 'z ixtiyori bilan 
inson yoqqan gulxan yoniga keldi va o'zini uning hukm i-irodasiga 
topshirdi. Oq So'yloq kaltaklashlarini kutib qaltirardi. Kulrang Qunduz 
qo'lini ko'tardi. It qo'rqqanidan g'ujanak bo'lib oldi. Ammo Kulrang 
Q unduz urmadi.
Oq So'yloq qo'rqa-pisa yuqoriga qaradi. Taajjub! Kulrang Qunduz 
dum ba yog'ni ikkiga bo'lib, bir qismini unga uzatdi. Oq So'yloq 
ishonqiramay sekin moyni iskadi, so'ng tishlab tortdi. Kulrang Qunduz 
unga go'sht beringlar, deb buyurdi va Oq So'yloq go'shtni yeb bo'lguncha 
boshqa itlarni uning yaqiniga yo'latmadi. Bu marhamatdan iyib ketgan Oq 
So'yloq xo'jayinning oyoqlari ostiga cho'zildi, u gulxan alangasiga termular 
ekan, ko'zlari suzilib, yumilib ketardi. U ertaga mash’um o'rm onda emas, 
balki eti bilan suyagini topshirgan va hayot-mamoti bilan bog'liq odamlar 
qarorgohida uyg'onajagini sezar va bundan quvonardi...

Yüklə 40,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə