Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010


 mil — uzunlik oMchovi, 7420 metr



Yüklə 40,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/122
tarix22.03.2024
ölçüsü40,05 Kb.
#182810
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122
jek london oq soyloq qissa

1 mil — uzunlik oMchovi, 7420 metr.


Ammo jangda ham m asidan k o ‘ra tajriba Oq So'yloqqa ko'proq 
qo'l kelardi. Bironta raqibi qanday olishish kerakligini unchalik bilmasdi. 
Oq So'yloq ularning ham m asidan ko'ra ko'proq urishgan, har qanday 
hamlani qaytara olar, uning jangovor usullari esa haddan tashqari ko'p, 
xilma-xil va bekam -u-ko'st edi.
Vaqt o'tgan sayin kamroq urishishga to 'g 'ri kelardi. It urishtirish 
ishqibozlari oxiri Oq So'yloqqa munosib raqib topishdan umidlarini 
uzishdi. Natijada X ushro'y Smitning uni bo'rilarga qarshi qo'yishdan 
o'zga iloji qolmadi. Buning uchun hindular maxsus qopqonda bo'ri 
ovlashar va bo'ri bilan Oq So'yloq jangini tom osha qilgani guras-guras 
odam kelardi. Ittifoqo qayerdandir urg'ochi silovsin tutish nasib qildi 
va bu gal ham Oq S o'yloq h ay o t-m am o t jangiga kirdi. Silovsin 
chapdastlikda ham, shiddat va yovqurlikda ham undan qolishmas, buning 
ustiga Oq So'yloq o 'tk ir tishlariga orqa qilsa, u ham o 'tk ir tish, ham 
tim oqli panjasi bilan urishardi.
Silovsin bilan bo'lib o'tgan to'qnashuvdan keyin janglar to'xtab 
qoldi. Oq So'yloqqa munosib raqib qolmadi rosti. Oqibat u bahorga 
dovur qafasda o'tirdi, bahorda esa Duosonga Tim Kinen degan alla­
qanday qimorboz keldi. Kinen o'zi bilan birga buldog olib kelgan ekan. 
Bu Klondaykka qadami yetgan birinchi buldog edi. Oq So'yloqning 
o'sha it bilan to'qnashishi muqarrar edi va bo'lg'usi to'qnashuv b a’zi 
ezm a-chalishlar og'zidan bir hafta mobaynida tushmadi.
To‘rtinchi bob
AJAL SIRTMOG‘1
Xushro'y Smit uni zanjirdan bo'shatdi-da, o'zi ortiga tisarildi. Oq 
So'yloq birinchi marta ilkis jangga otilmay, quloqlarini tikkaytirib qarshisida 
turgan g'alati maxluqqa tikilgan ko'yi qotib qoldi. U bunaqa itni sira 
uchratmagan edi. Tim Kinen buldogni oldinga itardi-da, olqishladi:
- G'us!
Pakana, beso'naqay ko'ppak bitta-bitta bosib davraning o'rtasiga 
chiqdi-da, ko'zlarini pirpiratib Oq So'yloqning qarshisida to'xtadi.
Olomon orasidan kimdir baqirib yubordi:
— G'us! Cheroki! Bir boplagin! G'us! G'us!
Ammo ko'rinishidan Cherokining mutlaqo urishgisi yo'q edi. U 
tinmay qichqirayotgan odam lar tom onga boshini burib qaradi-da, kalta 
dumini likillatdi. Cheroki Oq So'yloqdan qo'rqqanidan emas, shunchaki 
erinayotganidan jangni boshlamayotganga o'xshardi. U ndan tashqari, 
u qarshisida turgan it bilan urishish kerakligiga unchalik ishonmayotgan 
edi. Cheroki bunaqa raqiblarni uchratib o'rganm agan, shuning uchun 
qachon jangari itni keltirisharkin degandek kutardi.


Davra o'rtasiga tushib olgan Tim Kinen dam buldogni olqishlash 
uchun kalta dag'al junini teskari tomonga silar, dam oldinga undar edi. 
Bu harakat Cherokini gij-gijlash usuli edi. Buning oqibatida jo'shish 
tugul buldogning g'azabi ham qo'zg'adi. Uning yo‘g‘on ovozda irillagani 
eshitildi. Odam qo‘li itning irillashiga mos ravishda u yoqdan-bu yoqqa 
borib kelardi. Tim Kinen Cherokini oldinga itarganda u irillashga tushar, 
so‘ng jimib qolar, biroq, zum o ‘tmay egasining kafti badaniga tegishi 
hamono yana shu taxlit ovoz chiqarardi. Tim Kinen Cherokini siylab- 
siypab turib sekingina turtib qo'yar va o ‘sha on it bo ‘g‘zidan irillash 
otilib chiqardi.
Bunaqangi hunarni Oq So‘yloq indamay beparvo kuzata olmasdi. 
Uning bo'yni va yelka junlari tikka bo'ldi. Tim Kinen Cherokini oxirgi 
marta rag'batlantirib o'zi orqaga chekindi. O 'z epkini bilan bir necha 
qadam yugurib borgan Buldog davraning o'rtasiga chiqqach to'xtadi. 
Xuddi mana shu lahzada Oq So'yloq unga qarab yugurdi. Tomoshabinlar 
hayajondan qiyqirib yuborishdi. Oq So'yloq mushukdek bir sapchib 
raqibining oldida paydo bo'ldi va ilkis tishlab oldi.
Buldogning yo'g'on bo'ynida, qulog'ining yonginasida qon ko'rindi. 
G o'yo hech narsa bo'lm agandek yo'liga ham irillab qo'ymay, Cheroki 
Oq So'yloq ortidan yugurdi. Oq So'yloqning chaqqonligi bilan Cheroki- 
ning qat’iyati ishqibozlarehtirosini kuchaytirib yubordi. Tam oshabinlar 
qaytadan kactaroq dov tikib, garov bog'lashdi. Oq So'yloq ketm a-ket 
buldogga tashlanar, bir parcha etini uzib olgudek tishlab qochar, bu 
g'aroyib raqibi esa bamaylixotir, baayni bir nim a ko'zlagandek jiddiy 
qiyofada ketidan qolmasdi. U shoshilmas, xuddi aniq bir maqsad yo'lida 
harakat qilayotgandek, bir m e’yorda yugurardi.
Uning barcha harakatlari, g'ayrati o'sha maqsadga qaratilgan edi. 
Cheroki Oq So'yloqni gangitib qo'ydi. Oq So'yloq umri bino bo'lib 
bunaqa itni uchratmagandi. Uning junlari kalta, sal tirnalsa yumshoq 
badani qonab ketyapti. Jangda behad xalal beradigan qalin juni qani? 
Oq So'yloq buldogning yumshoq badanini dam sayin tishlar, aftidan 
bu it o'zini himoya qilishga mutlaqo noqobil edi. U nega boshqa itlarga 
o'xshab angillamaydi? Hurimaydi? A garg'azab bilan irillashini aytmasa, 
buldog Oq So'yloqning qopishlariga toqat qilar va bir daqiqa bo'lsin 
raqibini ta ’qib etishdan tiyilmasdi.
Cherokini noshud deb bo'lmasdi. U o'zini har maqomga solib payt 
poylar, bo'zchining mokisidek u yoqdan-bu yoqqa borib kelar, biroq, 
Oq So'yloq baribir tutqich bermasdi. Yoniga yo'latmaydigan bunaqa 
chapdast it bilan sira olishmagani uchunmi, Cheroki ham gangib qolgandi. 
Shu choqqacha ikki tom on ham baravar olishishga chog'lanar, matashib 
ketishardi. Lekin bu it esa yaqiniga yo'latmas, dam orqaga, dam ortiga 
sakrab qochardi. H atto ora-chora tuyqus tashlanib Cherokini qopar


ham edi.
Oq So‘yloq esa sira raqibining b o ‘g ‘zidan ololmasdi. Pak-pakana 
Buldogning bo‘ynidan tashqari turtib chiqqan ulkan jag'lari ham himoya 
vazifasini o'tardi. Oq So'yloq unga tashlanar va o'sha zahoti biror yeri 
tirnalm ay orqaga sakrar, Cherokining badanidagi yaralar esa tobora 
ko'payardi. Boshi bilan bo'yni ikki tom ondan tilishlab tashlangan, 
yaralardan tinm ay qon oqib turar, ammo Cheroki zig'ircha tashvish 
chekmasdi. U ham on sabot bilan astoydil Oq So'yloqni ta ’qib etardi. 
Shu paytgacha u atigi bir marta to'xtadi va odamlarga talmovsirab qarash 
va jangni davom ettirishga tayyor ekanini bildirish uchun dumini likillatib 
qo'ydi.
Tuyqus Oq So'yloq Cherokiga otildi-da, shusiz ham timdalab tash- 
lagan qulog'ini uzib olgudek tishlab qochdi. Cherokining achchig'i 
chiqdi. U katta davra chizib qochayotgan Oq So'yloqning bo'g'zidan 
g'ippa olish maqsadida payt poylab, uning ortidan quvib ketdi. Buldog 
raqibining bo'g'zidan olishga bir bahya qoldi. Oq So'yloq ilkis qarama- 
qarshi tom onga sakradi-yu, olom on qoyil qolib qiyqirib yubordi.
Vaqt o'tardi. Oq So'yloq Cherokining atrofida gir aylanar, irg'ishlar, 
dam -badam tishlab qochar, Buldog esa bir qadam ketidan qolmay 
yugurishni qo'ymasdi. Ertami-kechmi maqsadiga erishadi, ana o'shanda 
Oq So'yloqning bo'g'zidan oladi-yu, olishuvga so'nggi nuqtani qo'yadi. 
Hozircha esa, raqibining barcha hamlalariga sabr-toqat bilan chidashdan 
boshqa iloji yo'q. Uning kalta quloqlari popiltiriqday shalvirab qoldi
bo'yni va yelkalarining tishlanmagan yeri qolmadi, hatto labi yirtilib 
qonga belandi, barchasi kutilmaganda hamla qilayotgan Oq So'yloqning 
ishi edi.
Oq So'yloq bir necha bor Cherokini yiqitishga urinib ko'rdi, ammo 
ularning bo'y-bastidagi tafovut bunga xalal berardi. Cheroki miqtidan 
kelgan pak-pakana edi. Bir safar Oq So'yloqqa om ad kulib boqmadi. U 
Cheroki qarshisida irillab, atrofida gir aylanayotganida raqibi keskin 
o'girilam an deb, boshini burgan edi, bo'g'zi ochiq qoldi. Fursatni boy 
bermay Oq So'yloq unga sakradi, biroq bo'yi raqibining bo'ynidan 
ancha baland bo'lgani sababli unga gavdasi bilan urilish o'rniga ustidan 
o'm baloq oshib tushdi. Shu choqqacha Oq So'yloqning janglardagi 
g'alabasining guvohi bo'lib kelgan odam lar birinchi m arta «jangovor 
bo'ri»ning yiqilganiga shohid bo'ldilar. U havoda epchillik bilan bir 
irg'ishladi-yu, shu tufayli yerga yuztuban yiqilmay yonboshi bilan gursil- 
lab tushdi-da, o 'za zahoti sapchib o'rnidan turib ketdi. Lekin Cheroki 
uning bo'g'zidan tishlab olishga ulgurdi.
Cheroki m o'ljalni biroz xato olganidan, Oq So'yloqning kekirdagi 
qolib ancha pastroqdan, ko'ksiga yaqin yeridan tishlagan edi. Ammo 
qo'yib yubormadi, tishlarini omburdek m ahkam qisib turaverdi. Oq


So'yloq buldogni uloqtirib yuborish uchun jon-jahdi bilan u yoqdan- 
bu yoqqa sapchidi. Kanaday yopishib olgan itdan qutulolmay quturgudek 
bo'lardi. Cheroki qo'yib yubormas, xuddi qopqonga tushgandek Oq 
So'yloq hech narsa qilolmasdi. U bunga sira toqat qilolmadi, ko'ziga 
dunyo qorong'u bo'lib ketdi. Butun vujudini yashash istagi qamrab 
oldi. U qanday bo'lm asin qutulishga talpinardi.
Oq So'yloq bir soniya bo'lsin to'xtam as, bo'yniga osilib olgan ellik 
funtli yukni itqitib yuborish uchun siitanar, oldinga, orqaga sakrar edi. 
Buldog esa tishlagan yerini qo'yib yubormaslikka tirishardi. Ba’zan bir 
lahza oyog'i yerga tekkanda u Oq So'yloqqa qarshilik qilishga chog'lanar 
va o'sha zahoti quturib ketgan raqibining siltab tashlashlariga dosh 
berolmay havoda bir aylanib tushardi. Cherokini sezgilari boshqarardi. 
U hozir to 'g 'ri ish qilayotganini, qo'yib yuborishi mumkin emasligini 
bilar va ahyon-ahyon vujudini bir huzurbaxsh titroq qamrab olardi. 
Shunday daqiqalarda u hatto ko'zlarini yumib olar va og'riqni nazar- 
pisand qilmay o'zini chirpirak qilishib aylantirishiga yo'l qo'yib berardi. 
Bular hech nimani o'zgartirolmasdi. Avni chog'da Cheroki uchun jag'ini 
ochib yubormaslik muhim edi va u shundan boshqa narsaga qiziqmasdi.
Oq So'yloq batam om hoidan toygach, to'lg 'anib irg'ishlashdan 
to'xtadi. U endi hech narsa qilolmas va hech narsani tushunmas edi. 
Butun umri mobaynida bunaqa ahvolga tushmagan edi. Ilgari to'qnash 
kelgan itlar butunlay boshqaclm tutardi o'zini. Ular bilan bunday qilardi: 
xippa yopishib tishladimi, o'sha zahoti orqaga sakrardi, yana tishlab 
yana orqaga sakrardi. Hozir esa, hars-hars nafas olgancha yonboshi 
bilan yerda yotibdi. Omburdek tishlarini ochmayotgan Cheroki, qiynalib 
nafas olayotgan Oq So'yloqni chalqancha yiqitishi uchun butun og'irligi 
bilan yerga bosardi. Oq So'yloq qarshilik qilar, buldogning jag'lari terisini 
yamlab-yamlab, lahza sayin bo'g'ziga yaqinlab borayotganini sezardi. 
Buldog o'zini ortiqcha urintirmasdi: u tishlagan joyini qo'yib yubormaslik 
tugul sal imkon tug'ildi deguncha tishini chuqurroq botirishga urinardi, 
tinchib qolgan chog'da shunday imkoni paydo bo'lar, Oq So'yloq 
to'lg'ana boshlashi bilan darhol tishini tishiga mahkam bosardi.
Oq So'yloq nari borsa Cherokining gardanini tishlashi mumkin edi, 
xolos. Yelkasining yuqorirog'idan tishlab ham ko'rdi. Ammo unga o'xshab, 
go'yo terisini yamlagani bilan baribir foydasi bo'lmadi. Oq So'yloq bunday 
qilolmas, qolaversa uning jag'lari bunga moslashmagan ham edi. U jon- 
jahdi bilan Cherokining yelkasidan tishlab tortqilarekan, d afatan vaziyat 
chappasiga o'zgarganini ilg'adi. Cheroki uni chalqanchasiga yotqizib, 
hamon tishlagan yerini qo'yib yubormay ustiga chiqib olgan edi. Oq 
So'yloq orqa oyoqlarini bukkancha mushukka o'xshab tirnoqlari bilan 
raqibini timdalay boshladi. Cheroki qornini ehtiyot qilish uchun sakrab 
Oq So'yloqning yonbosh tomoniga o'tib oldi.


Tom og'idan g'ippa olgan Cherokining tishlaridan qutulishning aslo 
iloji yo'q edi. Bu tishlar ayovsiz sirtmoqdek Oq So'yloqni tang ahvolga 
solib qo'ydi. Cherokining jag'i sekin-asta ko'k tom irni izlayotgandek 
yuqoriga siljirdi. Raqibining og'zida qatlanib qolayotgan qalin terisi 
bilan bo'ynidagi quyuq junlarigina Oq So'yloqni o'lim dan asrardi. 
Cherokining og'zi lining junlari bilan to'ldi, biroq bu esa ilojini topib 
yanada ko'proq yamlashiga monelik qilmasdi. U Oq So'yloqni bo'g'ar, 
daqiqa sayin uning nafas olishi qiyinlashib borardi.
Chamasi, olishuv nihoyasiga yetay deb qolgan edi. Cheroki yutadi, 
deb bas boylaganlarning quvonchi cheksiz edi va ular haddan ziyod 
katta dov tikib, talabgor bo'lishardi. Oq So'yloq tarafdorlarining ruhi 
tushib ketgan va birga o 'n , birga yigirma deyishsa ham dov tikishdan 
bosh tortishardi. Ammo birga 50 degan kishining garovini qabul qiluvchi 
mard topildi. Bu Xushroy Smit edi. U davraga kirib Oq So'yloqqa 
barm og'i bilan po'pisa qilgancha uning ustidan kula boshladi. Bu o 'z 
ta’sirini ko'rsatdi. Oq So'yloq g'azabidan quturdi. So'nggi kuchini to'plab 
oyoqqa turib oldi. A m m o bo 'y niga osilib olgan 50 funtli yukni 
ko'targancha davra bo'ylab u yoqdan-bu yoqqa yugura boshlaganda, 
bu g'azab o'rnini qo'rquv egalladi. Yana jo n talvasasida o'takasi yorildi. 
U davra bo'ylab yugurar, qoqilib-suqilar, yiqilar va yana o'rnidan turar, 
irg'ishlar, raqibini siltalar, am m o ajal sirtm og'idan qutulish yo'lidagi 
urinishlari zoye ketardi.
Nihoyat, Oq So'yloq chalqancha yiqildi va buldog o'sha zahoti 
uning bo'g'ziga yaqinroq yeridan tishlab oldi. Oq So'yloq o'zini o'nglab 
olishga ham ulgurmadi. Chapak chalib olqishlayotgan olomon «Cheroki! 
Cheroki!» deb qichqirardi. Buldog zavqlangandek cho'ltoq dum ini 
likillatib qo'ydi. Ammo bu uning olqishlardan suyulib ketganini 
bildirmasdi. G o'yo dumi o'z holicha, cho 'ngjag'lari o'z holicha harakat 
qilardi. C h o'ltoq dum i tebratgichdek likillagani bilan jag 'lari Oq 
So'yloqning kekirdagini tobora kuchliroq siqmoqda edi.
D a fa ta n , tom oshabinlarning diqqati bo'lindi. Yaqin o'rtadan it 
haydovchilarning baqir-chaqiri ham da qo'ng'iroqchalar sadosi eshitildi. 
Xushroy Smitdan boshqa ham m a politsiya kelyapti, degan xavotirga 
tushdi. Ammo, zum o'tm ay yo'lda chana ham da uning yonida yugurib 
borayotgan ikki nafar kishining qorasi ko'rindi. U lar shahardan emas, 
shaharga qarab ketishayotgan edi. U lar qandaydir ttkshiruv safaridan 
qaytib kelishayotgan bo'lsa ajab emas. Olomonni ko'rib notanish kishilar 
itlarini to'xtatishdi-da, nim a gapligini bilish uchun ularning yoniga 
kelishdi.
Ulardan biri baland bo'yli, sovuqda tez yugurganidan tozalab qirilgan 
bet-yuzi qizarib ketgan yigit edi. Sherigi it haydovchi bo'lsa kerak, 
o 'rta bo'y, mo'ylabli edi.


Oq So'yloq qarshilik qilmay qo'ygandi. U ora-chora jon achchig'ida 
to 'lg 'an ar, am m o endi kech — har qanday qarshilik befoyda edi. 
Buldogning jag'lari uning bo'g'zini tobora qattiqroq siqib borar, uning 
nafas olishi qiyinlashardi. Agar boshida to'shiga yaqin yerdan tishlab 
olmaganda, Cheroki allaqachon uning ko'k tomirini chaynab tashlagan 
bo'lur edi. U g'ajib Oq So'yloqning kekirdagini yorib tashlagani harakat 
qilar, biroq bunga ancha vaqt kerak edi, buning ustiga og'zi Oq 
So'yloqning qat-qat terisi bilan to'lib bo'lgan edi.
Lekin Xushro'y Smitning vahshiyligi tutib, u qip-qizil iblisga aylandi- 
qoldi. Itning ko'zlarini xira parda qoplayotganini ko'rgach, u jang boy 
berganini fahmladi. Bamisli zanjirini uzgan yirtqichdek u Oq So'yloqqa 
tashlandi va ko'ziga qon to'lib, tepa ketdi. Tomoshabinlar baqirib yubo­
rishdi, hushtak tovushi quloqni qomatga keltirdi. Ammo buning hech 
qanday foydasi bo'lmadi. X ushro'y Smit bu norozilikka parvo qilmay 
Oq S o 'yloq ni tepaverdi. Shu choq o d am lar orasida q an d ay d ir 
taraddudlanish paydo bo'ldi: hech kimdan andisha qilmay hammani 
turtib-surtib baland bo'yli yigit davra o'rtasiga chiqib kelardi. U o'rtaga 
chiqqanda chap oyog'i bilan tepaverib charchagan Xushro'y Smit endi 
o'ng oyog'i bilan tepishga chog'langan, kalovlanib turgan payti edi. 
Yigit xuddi mana shu fursatda qulochkashlab uning basharasiga musht 
tushirdi. Xushro'y Smit gursillab qorga yiqildi.
— Qo'rqoqlar! — deya o'shqirdi u. — Noinsoflar!
U g'azablanar, o'zini bosolmas, faqatgina o'zini hurmat qila bilgan 
kuyunchak odamgina shu ko'yga tushishi mumkin edi. Uning ko'k 
ko'zlaridag'azab o'ti yonardi. Xushro'y Smit o'rnidan turdi-da, yuragini 
hovuchlab uning yoniga keldi. Notanish yigit uning niyatini tushunmadi. 
Qarshisida turgan kimsaning o'taketgan qo'rqoq ekanidan gumonsiramay 
mushtlashmoqchi bo'lsa kerak, deb o'yladi shekilli, «Ablah» deya o'sh- 
qirdi-da, yana bir urib ag'dardi. Xushro'y Smit qorda yotgani beg'alva 
ekanini fahmlab boshqa o'rn id an turishga urinmadi.
Qani qarashvoring, Mett! — dedi notanish yigit ortidan olomon 
orasiga kirgan sherigiga.
Ikkovlashib itlar oldida cho'nqayib o'tirishdi. Mett, Cheroki jag'ini 
sal bo'shatsa, Oq So'yloqni tortib olishga chog'landi. Yigitcha esa 
buldogning omburdek tishlarini ajratishga tutindi. Ammo uning urinishlari 
zoye ketdi. Itning jag'larini ochish uchun tirisharkan, u dam -badam
«Ablahlar» deb takrorlashini qo'ymasdi.
Tomoshabinlar junbushga keldi. Bitta-yarimtasi bunaqa o'zboshim - 
chalikka qarshi norozilik bildirib to'ng'illay boshlagan edi, notanish 
yigit boshini ko'tarib qaragan zahoti, dami ichiga tushib ketdi.
— Insof bormi o'zi sizlarda! — deya o'shqirdi u va yana o 'z ishiga 
tutindi.


— Bekor ovora bo‘lyapsiz, mister Skott. Bu vaziyatda ularni o ‘lganda 
ham ajratolmaymiz.
U lar qadlarini rostlab, bir-biriga qapishib yotgan itlarga razm solishdi.
— Qon kamligiga qaraganda, tom og‘iga yetib bormagan ko‘rinadi, — 
dedi M ett.
— Qo'yib bersangiz yetib boradi ham, — deya javob qildi Skott. — 
Ana, qarang, yana yuqoriga surildi.
Oq So'yloqqa achinayotgan yigitcha qattiq tashvishlanardi. U jahl 
bilan Cherokining kallasiga bir-ikki urib ko'rdi. Biroq, foydasi bo'lm adi. 
Cheroki xuddi, nega urayotganinglarni bilaman, lekin baribir niyatimga 
yetmaguncha qo'ym aym an, degandek cho'ltoq dumini likillatib qo'ydi.
— Qarashib yuborsalaring bo'lmaydimi?! — deya b o 'g'ildi Skott 
olom onga yuzlanib.
Ammo bironta mard topilmadi. Aksincha, tomoshabinlar jig'iga tegish 
uchun piching qilib, hazil aralash bo'lar-bo'lm as maslahat berishga 
o'tishdi.
— Og'ziga biron nim a tiqing, — deb maslahat berdi Mett.
Skott to'pponchasini qinidan oldi-da, quvurini buldogning omburdek 
siqilgan jag'lari orasiga tiqishga urinib ko'rdi. Azbaroyi z o 'r berganidan 
Cherokining tishlariga urilayotgan temirning qirsillashi eshitilardi. Ular 
birgalashib cho'kka tushib olgan edilar.
O 'rtaga Tim Kinen chiqdi. U Skottning yoniga kelib yelkasidan 
tutdi-da, po'pisa qilgandek:
— Tishini sindirib qo'ym ang yana yigitcha, — dedi.
— Tishi bo'lm asa, boshini sindiraman, — dedi ham on to'pp onch a 
quvurini Cherokining og'ziga suqmoqchi bo'layotgan Skott.
Tishi sinadi deyapman, sizga! — dedi yanayam q at’iy ohangda 
Tim Kinen.
Skott bunaqa do'q-po'pisalardan qo'rqadigan yigitlardan emasdi. 
U to'pponchasi bilan kavlashtirishdan to'xtam ay, boshini ko'tarib bosiq 
ohangda so'radi:
— Sizni itingizmi?
Tim Kinen o'zicha bir nima deb to'ng'illagan bo'ldi.
— U nda jag'ini oching, kelib.
— Bilasizmi, azizim, — dedi g'ijinib Tim, — bu siz o'ylaganchalik 
oson ish enias. Meni qo'lim dan hech narsa kelmaydi.
— U holda jo 'nan g bu yerdan. M enga xalal bermang. K o'rib turibsiz 
bandm an.
Tim Kenen ketmasdan qoqqan qoziqdek turaverdi, am m o endi Skott 
unga zarracha ahamiyat bermay qo'ydi. U bir ilojini qilib to'pp on cha 
quvurini buldogning jag'lari orasiga kirgizib olgan, endi narigi tarafidan 
chiqsin uchun ichkariroq tiqishga urinardi.


Nihoyat, Skott ehtiyotkorlik bilan, sekin-sekin buldogning jag‘ini 
ochdi, Mett esa bundan foydalanib Oq So'yloqning terisini buldogning 
og'zidan sug'urib ola boshladi.
— Itingizni ushlab turing! — deb buyurdi Skott.
Tim Kinen gap qaytarmay engashdi-da, itini quchoqlab oldi.
— Qani! — deb chinqirdi Skott, bor kuchini ishga solar ekan. Itlarni 
ikki tomonga qarab tortishdi. Buldog jon-jahdi bilan qarshilik ko'rsatardi.
— Oling itingizni! — deya o'shqirdi Skott. Tim Kinen Cherokini 
odamlar orasiga olib ketdi.
Oq So'yloq turm oqchi bo'lib bir-ikki urindi, am m o turolmadi — 
oyoqlari shalvirab, sekin qorga uzala tushib yotib oldi. Uning yarim 
yumuq ko'zlari xiralashib, ostki jag'i salqib, tili osilib qoldi... Itning 
ahvoli chatoq edi. M ett itni ko'zdan kechirdi.
— Ahvoli chatoq, — dedi u. - Lekin hali tirik, nafas olyapti.
Xushro'y Smit o'rnidan turib, Oq So'yloqqa yaqinlashdi.
— Mett, chana tortadigan yaxshi it qancha turadi? — deb so'radi 
Skott.
Mett picha o'ylanib turdi-da, cho'kkalagan joyidan javob qildi:
— Uch yuz dollar.
— Manavinaqa sog' joyi qolmagani-chi? — Skott oyog'i bilan Oq 
So'yloqni turtib ko'rsatdi.
— Yarim bahosi, — dedi Mett.
Skott Xushro'y Smitga yuzlandi.
— E, vahshiy, eshitdingizmi? M en itingizga yuz ellik dollar beraman.
U shunday dedi-da, karmonini ochib pul sanab uzatdi. X ushro'y
Smit pulni olmaslik uchun qo'llarini orqasiga yashirdi.
— Sotmayman, — dedi u.
— Sotasiz, sotmaganingizga qo'ym aym an, — dedi Skott. — Mana 
puli. Itni baribir bermayman sizga.
X ushro'y Smit ortiga tisarildi. Skott musht o'qtalib unga qarab 
yurdi.
Xushro'y Smit basharasini qo'llari bilan berkitdi.
— It meniki... — deya g'o'ldiray boshlagandi, Skott shartta kesdi: — 
Pulni olasizmi, yo yana kaltak yeysizmi?
— Yaxshi, yaxshi, — deya ming'irladi kapalagi uchib Xushro'y Smit. — 
A m m o, siz menga zo'rlik qilyapsiz. Bu bebaho it. M en o'zim ni 
xonavayron qilishlariga yo'l qo'ymayman. Hamma odarnni o'ziga yarasha 
izzat-nafsi bor.
— T o'g'ri, — dedi Skott unga pulni bera turib. — H ar bir odamni 
izzat-nafsi bor. Lekin siz odam emas, hayvonsiz.
— Ko'ramiz, Dousonga qaytib boraylik, — deya shama qildi Xushro'y 
Smit, — shahar bedarvoza emas, jilovingizni tortib qo'yadigan bordir.


— G ‘iring deb ko'ring, o'sha kuni D ousondan haydab chiqaraman, 
tushunarlimi?
Xushro'y Smit bir nimalar deb g'o'ldiradi.
— Tushunarlimi?! — deya o'dag'ayladi Skott.
— Ha, — dedi eshitilar-eshitilmas ming'irlab X ushro'y Smit ortiga 
tisarilar ekan.
— Nima?
— X o'p, ser, — deb bo'kirayozdi X ushro'y Smit.
— Sekinroq. Tishlab oladi! — deya kimdir ham m ani o'ziga qaratib 
shang'illadi, odam lar gurr etib kulib yuborishdi.
Skott ham on Oq So'yloqning tepasida kuymalanayotgan sherigi 
yoniga yurdi.
Tom oshabinlarning ba'zilari ketvordi, boshqalari to ‘p -to ‘p bo'lib 
Skottga qarab-qarab qo'ygancha o'zaro gurunglashar edilar.
Tim Kinen shu to'plardan biriga yaqinlashdi:
— Kim o'zi bu show oz? — deb so'radi u.
— Uidon Skott.
— Uidon Skott deganingni o'zi kim?
— O 'zi konda injener. Bu yerdagi korchalonlar bilan bordi-keldi 
qiladi. Tinchroq bo'lay desang, nariroq yur. Shaxsan kon boshlig'ining 
ulfati bo'ladi.
— O 'zim ham kattakonlardan bo'lsa kerak, deb o'ylovdim, — dedi 
Tim Kinen. — To'g'ri aytasan, yaxshisi bunaqalardan uzoqroq yurish kerak.

Yüklə 40,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə