Anglash
bosqichida o’rganiladigan material ustida faol ishlanadi. Talbalarda
bilim, ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Talabalar bilan individual,
juftliklardagi va guruhdagi ishlar amalga oshiriladi. Talabalarga aniq vazifalar
beriladi. Ular faol ishlab, maqsadga erishishlari kerak. Anglash bosqichida leksiya,
suhbat, tushuntirish asosida mustaqil o’qish, juftliklarda va kichik guruhlarda
ishlash, surilgan leksiya, munozara, ishlarni o’zaro taqrizlash, yozma ishlar
o’tkazish, munozara, konferensiya va boshqa usullardan foydalaniladi.
Fikrlash
bosqichida erishilgan natija avvaliga bilimlar bilan taqqoslanadi.
Yangi o’zlashtirilgan bilim ifodalanadi. O’quvchi o’qish natijasida erishgan
darajasi baholanadi. O’rganilgan o’quv materiali umumlashtirish va yozma ish,
chizma, xulosa fikr va boshqa ko’rinishda ifodalanadi. Bu bosqichda talaba ta’lim
jarayonida qo’yilgan maqsadga erishishi kerak. Rejalashtirishda qo’yilgan vazifa
amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayoni da’vat, anglash va fikrlash bosqichlarga asoslanib o’tilsa,
talabaning yuqori darajada faolligi ta’minlanadi. O’qituvchi mulohazali tafakkurga
asoslanib dars o’tishda talaba tomonidan ma’lum bilimlar tizimini o’zlashtirishga
erishish bilan birga, bilimlarni o’zlashtirish jarayonida talabaning mustaqil
faoliyatiga e’tiborni qaratishi kerak. Talaba dars davomida mustaqil bilim olish
ko’nikmasini o’zlashtirsa, keyingi hayoti va faoliyatida mustaqil ishlash uning
xususiyati bo’lib qoladi.
Mulohazali tafakkur har bir bosqichining o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Birinchi bosqich da’vatda talabalarning yangi bilimni o’zlashtirishga asos
bo’ladigan avvalgi bilimlari aniqlashga e’tibor qaratiladi. Chunki avval mavjud
bo’lgan, yangi bilimga asos bo’ladigan informasiya bilan bohlanish hosil bo’lsa,
bilim mustahkam bo’ladi.
Da’vat bosqichining ikkinchi vazifasi talabalarni faollashtirishdir. Talaba
yozma yoki ohzaki shaklda avvalda olgan bilimlarini bayon etadi va muammolar
bo’yicha fikr yuritadi. U yangi bilimni o’zlashtirishga asos bo’lib qoladi.
Da’vat bosqichidagi uchinchi maqsad o’rganilayotgan aniq mavzuga qiziqish
shakllanadi, uni o’rganish motivi kelib chiqadi. Mavzuni o’rganishga qiziqtirish,
ta’limiy maqsadlarni talabaning shaxsiy maqsadiga aylantirish talani harakatga
keltiruvchi eng yaxshi ta’sir (stimul) hisoblanadi. Zo’rlab berilgan maqsad talabani
foydalashtirmaydi.
Anglash (osmыsleniye) bosqichida yangi informasiya da’vat bosqichida
xotirada faollashtirilgan bilimlar bilan bog’lanadi. Bu fazaning asosiy maqsadi
yangi o’quv materialini tushunishni ta’minlashdir. Talaba o’zining maqsadi yangi
o’quv materialini tushunishni ta’minlashdir. Talaba o’zining materialini tushunishi
qanday o’tayotganini kuzatishi kerak. Talabaning o’zida sodir bo’layotgan ichki
subyektiv psixik jarayon va holatlarni aks ettirishi refleksiya deb yuritiladi.
Fikrlash bosqichda o’rganilayotgan soha avvalgi bilimlarga bog’lanadi va
yangi informasiyalar asosida xulosalarga kelinadi. O’quvchi avvalgi bilimlariga
nisbatan yuqoriroq bo’lgan yangi bosqichga ko’ratiladi. Bu agar o’quvchi yangi
g’oya va informasiyalar o’z so’zi bilan ifodalay olsa sodir bo’ladi. Bu bosqichda
o’quvchilar o’rtasida ikki tomonlama va ko’p tomonlama fikr almashinish sodir
bo’lishi kerak. Fikrlash bosqichiga munozara va refleksiya joriy etilsa, ko’p
tomonlama fikrlash sodir bo’ladi. O’qituvchi o’z savollari orqali o’quvchilarning
bilish faoliyatini boshqarib boradi. Savollarni to’g’ri qo’ya olish o’quvchining
pedagogik mahoratiga bog’liq. O’qituvchining mulohazali tafakkurni o’stirishga
mo’ljallangan savollar namunasini keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |