Xulosa
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim
to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy
etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri
sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini
inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va
Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim
omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Yeng
yangi zamonaviy o’quv vositalari bilan ta’minlangan kollejlarda eskidan
qolgan o’qitish uslublarining davom etishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi».
Zero pedagogik texnologiyadan foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan
mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga
erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu qo’llanmada bayon
etilgan ma’lumotlar esa bu pedagogik texnologiyaning didaktik salohiyati
to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv
maqsadlarini belgilash, joriy va yakuniy mezoniy baholash, reproduktiv o’qtishni
algoritm bo’yicha olib borish, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv
jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi
tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnologiya katta
imkoniyatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: