O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish Asosiy savollar



Yüklə 25,55 Kb.
səhifə2/5
tarix03.03.2022
ölçüsü25,55 Kb.
#84298
1   2   3   4   5
9- maruza

A.A. Rudakiy.

Xar qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni uyushtirishga ta’sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatnn amalga oshirish yo’llariga bog’liq. Demak, o’qituvchi mehnatini samarasi ham o’qituvchi o’z ishini qanday tashkil etishnga hamda bunga ta’sir etadigai shart-sharoitlarni qandayligka bog’liq. Har qanday mehnatni bajaruvchi shaxs o’qituvchi ham o’z iishni tashkil etishga o’ziga ma’qul bo’ladigan, o’zi yaxshi egallagan mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika taraqqiyoti davrida yashamokdamiz. Demak, o’z ishimizni tashkil etishimizda ham fan texnika yutuqlariga asosan kerak bo’ladi. Bu degani o’qituvchi ham, o’z mehnat faoliyatiii ilmiy asosda tashkil etishi demakdir.

O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish uchun pedagogika va psixologiya fanining eng so’nggi yutuqlaridan foydalangan holda o’z ishini ijodiy tashkil etib yaigiliklar yaratishga tushuniladi. O’qituvchi mehnati uning vaqti bilan bog’liq bu ishning muvaffaqiyati vaqtdan unumli foydalanish o’zining imkoniyatlarini to’la hisobga olish, o’quv va tarbiya jarayonida o’zini namoyish etishga va o’zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga qodir ekanini tasdiqlash bilan bog’liq.

O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o’zinng ijodiy imkoniyatlariga ishonish demakdir. O’qituvchi ta’lim jarayoniin to’la tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarni yaxshi ashlashi kerak.

Mehnat shaxsining bir maqsadg’a yo’naltirilgan ijtimoiy-foydali faoliyati bo’lib, u aqliy, jismoniy kuch, zo’r g’ayratni talab etadi.

Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish tamoyillari:



1 Rejalashtirish. 3. Boshqarish.

2. Tashkil etish. 4. Nazorat qilish.



O’qituvchi mehnati-ijodiy kasblar turiga kiradi. CHunki u shu mehnati orqali har tomonlama yetuk bo’lgan komil iisonni tarbiyalaydi.

  1. Pedagogik mehnat predmeti-o’quvchi shaxsidir..

2.Pedagogik mehnat maqsadi - har tomonlama yetuk bo’lgan komil insonni tarbiyalashdir.

Pedagogik mehnatning natijasi o’quvchilarni mustaqil ishlay olishi, darslarda o’z fikrini bildira olishi, isbotlay olishi, taxlil qila olishi.SHu xislatlarni o’z o’quvchilarida hosil qilishi uning mahoratini belgilab beradi.


Yüklə 25,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə