O'qituvchining pedagogik qobiliyatining asosiy sifatlari va yetakchi xususiyatlari



Yüklə 79 Kb.
səhifə3/4
tarix12.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#105248
1   2   3   4
O\'qituvchining pedagogik qobiliyatining asosiy sifatlari va yetakchi xususiyatlari

Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi. Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning birbirlariga do‘stona munosabatini shakllantiradi.

Ushbu maqolada ta'limni sifatini oshirish uchun «Ta'limning yordamchi shakllari» va uning o'quvchilar bilim doirasidagi samaradorligi, o'quvchilarni mustaqil ta'limga tayyorlash yoritib berilgan.


Tayanch so'zlar. Empatiya, pertseptiv, konstruktiv, kommunikativ.
Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deyiladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo'lib, uni muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o'z xususiyatidir.Ishdagi muvaffaqiyat ko'p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak qobiliyat-shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo'lgan layoqat darajasini ifodalaydigan turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig'indisi hisoblanadi. Masalan qobiliyatli o'qituvchi bir xil ish sharoitlarida o'z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko'pincha falon o'qituvchining hali tajribasi kam lekin u shubhasiz qobiliyatli o'qituvchi degan iboralarni eshitamiz bu o'sha o'qituvchining xali kam tajribasi bo'lishiga qaramasdan o'qituvchilik ishini muvaffaqiyatli olib borishga yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar kuzatuvchanlik pedagogik nazokat muomilaga ega ekanligidan darak beradi.
O'qituvchi faoliyatida muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi-pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur.Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi,o'z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo'ladi. Pedagogik ishga qobliyatli,istedodli kishigina loyiq bo'ladi va pedagogik mahoratga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o'qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste'dod va zehn inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi uchun o'qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo'lmog'i va uni rivojlantirib borilmog'i lozim.
1. Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va boshqalarga oid) qobiliyatlar.Bunday qobiliyatlarga ega o'qituvchi fanni
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
o'quv kursi hajmdagina emas,balki ancha keng va chuqurroq biladi. O'z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi,unga nihotda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2. Tushuntira olish qobiliyati-o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish,material yoki problemani aniq tushunarli qilib gapirib berish, o'quvchilarga mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg'otish qobiliyati.O'qituvchi zarur hollarda o'quv materialini o'zgartira olishi,soddalashtira olishi,qiyin narsani oson,murakkab narsani oddiy,noaniq narsani tushunarli qilib o'quvchilarga yetkaza olishi lozim.Qobiliyatli o'qituvchi o'quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi,ularning nimani bilishlari-yu,nimani bilmasliklarini,nimani unutib qo'yganliklarini tasavvur etadi.Ba'zi o'qituvchilarga ,ayniqsa tajribasi kam o'qituvchilarga o'quv materiali oddiy, tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyiladi.Qobiliyatli, tajribali o'qituvchi o'zini o'quvchi o'rniga qo'yadi,U kattalarga aniq va tushunarli bo'lgan narsani o'quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo'lishi mumkinligiga ishonib,unga asoslanib ish tutadi.
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati-o'quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qoiliyati,o'quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni kuzata olish qobiliyati.Bunday o'qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo'lmagan tashqi belgilar asosida, o'quvchining ruhiyatidagi ko'z ilg'amas o'zgarishlarni ham fahmlab oladi.
4. Nutq qobiliyati- nutq yordamida, shuningdek imo- ishora vositasida o'z fikr hamda his- tuyg'ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o'qituvchilik qobiliyati uchun juda muhim.
5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan,o'quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishda ruhlantirishni ikkinchidan, o'z ishini to'g'ri tushuntirishni nazarda tutadi.
O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash; v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Istiqbol - ta'sir ko'rsatishniig juda ta'sirchan usuli bo'lib, u bolalarning xatti-harakatlarini, ular oldiga qo'yilgan maqsadlar, ularning shaxsiy intilishlari, qiziqishlariga aytiladi.
Rag’batlantirish va jazolash o'quvchilar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya'ni foydali xatti-harakatlarni qo'shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning noma'qul xatti-harakatlarini to'xtatishni ta'minlaydi.
Jamoatchilik fikri - tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini har tomonlama va muntazam rag’batlantirib borshini ta'minlaydi.
O’zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish vositalari: ishontirish, ta'sir qilish, o'zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish.
Ishontirish pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida darslarda o'quv axboroti, ijodiy suhbatlar, munozaralar, siyosiy axborotlar shaklida qo’llaniladi.
Ta'sir qildirish kishi psixikasiga nazoratsiz kirib, uning faoliyatida xatti-harakatlar, sabablar, intilishlar bilan amalga oshiriladi. Ta'sir qilish shunday bir psixik ta'sir ko'rsatishki, kishi uni ongining etarli nazoratisiz idrok etadi.
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo'lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko'p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o'qituvchining o'zaro fikr almashuvi bilan bog'liq xususiyatlari asosiy rol o'ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o'qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi:
Kommunikativ qobiliyat: o'qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo'ladigan o'zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo'lish, muloqotga kirishishida pokko'ngillilik. O'qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo'lisbi, muomala madaniyatini muntazam o'zida shakllantirib borishi lozim.
Perseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya'ni kuzatuvchanlik muhim rol o'ynaydi. O'qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. O'qituvchi o'quvchining psixologiyasini, psixik holatini o'ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga, pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.
Empatik qobiliyat: bolalarga bo'lgan muhabbatdan kelib chiqadigan o'quvchilarning his-tuyg'usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Ta'lim jaravonini muqobillashtirish qobiliyati: o'qituvchi o'z bilimini o'quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta'lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyat: o'quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o'zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahonan dozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir.
U sinf o'quvchilarining o'qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to'garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining harbir o'quvchiga faol vaziyatni ta'minlab berishida namoyon bo'ladi.
Konstruktiv qobiliyat: o'qituvchining o'quv—tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko'ra olishi.
Bilish qobiliyati; o'qituvchining o'zfanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida, o'zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.
Aglash tushunish qobiliyati: o'qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqea va hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo'lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik - ko'ra bilish ko'nikmasidir. Bu-individual narsaning o'ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang'ich materialni ko'ra bilishi demakdir.
Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o'z-o'zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo'nalishda bo'lganligi sababli, har biri o'z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o'qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo'lmasdan, balki aynan barcha fan o'qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak.
Pedagogik qobiliyat sog'lom o'qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o'rtacha va past darajada bo'lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba'zilari yordamchi rol o'ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:
• aql-idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e'tibor,
sobitqadamlik;

  • o'qitavchining nutqi: notiqlik san'ati, so'z boyligining teranligi;

  • aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.

  • pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo'lish.

O'qituvchining kommumkativ qobiliyati
«Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muomala-munosabatlar katta o'rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. O'qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko'rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go'zallik, haqiqat, odob-axloq nurini singdira olsa sharafli vazifasini dog' tushirmay bajargan sanaladi, hurmat-e'tibor topadi. Shogirdlari tomonidan ulug'lanadi.
Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deyish qiyin. O'zining dag'al muomalasi bilan bolaning ko'nglini o'qishdan sovitib, dilini o'rinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo'ladigan dalillar ko'p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta'sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo'lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o'qituvchi bilan o'quvchi, talaba o'rtasida nizo tug'ila boshlaydi.
Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta'sir o'tkazish shartlaridan biri o'zaro ishonch, hamjihatlikda maqsad sari ustoz va shogird maqomida hamkorlikda intilishdir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko'p marta sinovdan o'tgan va o'zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o'tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala, o'quvchilarga ham ota-ona, do'st, rahbar bo'la olgan o'qituvchilargina muvvafaqiyatlarga erishadilar. Aksincha qo'pol, o'zini bosolmagan, o'ylamay hukmlar chiqarishga moyil o'qituvchilar muammolar orasida qoladilar.
Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlaming tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba'zan istasa-istamasa qo'pollik qilishga «majbur» bo'ladi, o'quvchi muallimning o'rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o'zini tuta olmay qoladi. Muallim o'z talablarini, hatto qo'pollik holatini ham, bolaga yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to'g'ri yo'lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganligiga ishonadi. Afsuski, bu to'g'ri xulosa emas. Sa'diy SHe'roziyning «Guliston» (Toshkent, 1968) asarining «Tarbiya ta'siri bayoni» bobidagi hikoyatlar, Alisher Navoiyning «Mahbub - ul - qulub» asaridagi «Mudarrislar to'g'risida», «Maktabdorlar to'g'risida»gi asarlarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir.
Ba'zi holatlar, masalan tarbiyasi qiyin bola bilan muomala-munosabatlar jarayonida sodir bo'ladi. Unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog'lom muhitli oilada voyaga yetadi. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular mehrga zor, e'tiborga muhtoj ekanligmi, bundaylarga m'sbatan bardoshli, sabr-toqatli, kechirimli bo'Hsh zarurligini ham his etishlari lozim.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə