O'qituvchining pedagogik qobiliyatining asosiy sifatlari va yetakchi xususiyatlari


O'qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o'ziga xos tizimlari mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi



Yüklə 79 Kb.
səhifə2/4
tarix12.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#105248
1   2   3   4
O\'qituvchining pedagogik qobiliyatining asosiy sifatlari va yetakchi xususiyatlari

O'qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o'ziga xos tizimlari mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:

O'qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o'ziga xos tizimlari mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:


  • asosiy xususiyatlar;

  • tayanch xususiyatlar;

  • yetakchi xususiyatlar;

  • yordamchi xususiyatlar.

O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatida pedogagik ta’sir ko`rsatish.

Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri. Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yiladi. Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi.

Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi. Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning birbirlariga do‘stona munosabatini shakllantiradi.


Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə