O’quv darsliklardan o’quvchi qanday foydalanadi. Reja


Talim tarbiyaning birligi, talim metodlari



Yüklə 27,1 Kb.
səhifə6/6
tarix08.02.2023
ölçüsü27,1 Kb.
#100476
1   2   3   4   5   6
O\'quvchi darsliklardan qanday foydalanadi

Talim tarbiyaning birligi, talim metodlari.
Har bir o’qtuvchi shuni anglab yetishi kerakki, o’quv jarayonini samarali qurish bu ishda o’zini oqlagan pedagogik qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishga ijodiy foydalangan holda ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning har bir davridagi maktabning tarixiy tajribasi talim vazifasini malum bir tizimsiz bajarib bo’lmasligini ko’rsatadi. Talimda izchillikka rioya qilib o’qitish lozim toki, bugun o’rganilgan bilimlar kecha o’rganilganini mustahkamlasin, ertaga o’rganiladiganlariga zamin hozirlasin.
Tizimlilik va izchillik o’quvchilarda har qaysi o’quv fanlarining bir- biri bilan uzviy bog’liq bo’lishini ko’rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Talim va tarbiya asosiy qoidalardan hisoblanadi. O’quv fanlarining har biri hatto ayrim mavzu va mavzuchalar ham tarbiyalovchilik xususiyatiga ega. O’qitish jarayonida onglilik va faollik o’quvchilarning ilmiy bilimlarini hamda ularni amalda qo’llash, usullarini ongli va faol egallab olishini ularda ijodiy tashabuskorlik, o’quv faoliyatida mustaqillilik tafakkur, ilmiy dunyoqarash, etiqod tarkib toptirishni nazarda tutadi.
Inson ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olishigina emas, balki bu bilimlarni amalda qo’llay olishi ham kerak. Talim jarayonida nazariya bilan, amaliyotning birligi, qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida o’quvchilar o’quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to’g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan mahorat, ko’nikma, va malakalar hosil qiladilar.
O’qtuvchining darsga tayyorgarligi
Dars mashg’ulotlariga tayyorlanish o’quv yili boshlanguncha DTS va barcha sinflarning tarix kursi dasturlarini o’rganishdan boshlanadi. O’qtuvchi mavzular bo’yicha 5-9 sinflarga tizimli dars beradi. Bu hujjatlar asosida o’qituvchi dalillar va tushunchalar tizimini aniqlashtiradi. Ular o’quvchilarni bilimlari ko’nikmalari, shaxs sifatida rivojlana borishlari bilan o’rganish chuqurlashib boradi. Keyin o’qtuvchi bu tizimni maktab darsliklarida qanday aks etganini ularning strukturasi va mazmuni qandayligi, tarixiy materialni bayon qilish mazmuni metodik aparat o’rganiladi. Har bir sinfning aniq bilish imkoniyatlarini aniqlagandan so’ng o’qituvchi mavzularni rajalashtirish asosida dars bo’yicha rejani tuzadi. O’qitishni faqat materialni bayon qilish bilan cheklab bo’lmaydi. O’qitish o’qituvchi faoliyatini barcha bosqichlarini yaxlitligini talab qiladi. Bu darsga tayyorlanishdan boshlab uni o’tkazish va natijalari bilan tugaydi. Darsga tayyorlanishning har bir bosqichi qator funksiyalarni bajaradi. Tarixiy voqealarni aniqlashtirish va o’tmishning yorqin obrazlarini yaratish uchun bayon qilishda tarixiy qissa romanlardan tarixiy hujjatlar va memuarlardan foydalaniladi. Bu ayniqsa 5-6 sinflarda keng ishlatiladi. O’qituvchi tomonidan tarixiy materialni tushunarli, yengil, aniq, ko’rgazmali bayon qilishi lozim. Muamoli bayon qilish tarix darslarida muhim o’rin tutadi. Bu metod juda yuqori samara beradi. Shu sababli undan unumli foydalaniladi. Tarix darslarining barchasini ham bu metod bilan o’tib bo’lmaydi. O’qituvchi mavzu bo’yicha materialni to’g’ri tanlashi va muamoni puxta shakllantirishi lozim. Malum tarixiy davrga mansub odamlarning turmush tarzi to’g’risida tasavurlarni hosil qilishga yordam beradigan uy- ro’zg’or buyumlaridan foydalanish, uning o’ziga xosligi va manzarasini his qilishga yordam beradi. Aniqlashtirish vositalaridan biri bayon qilishda miqdoriy ko’rsatgichlardan foydalanishdir. Bu usul o’quvchilarning ko’pgina tarixiy hodisalarni oson o’zlashtirishga yordam beradi. Miqdoriy ko’rsatgichlardan meyorida foydalanish zarur. U salmoqli va o’quvchi uchun ishonchli bo’lishi lozim.
XULOSA
Umumiy o’rta talim maktablarida tarix darslarini olib borishda o’yin texnalogiyalarning shakli turlichadir. Biroq ularning barchasi o’z mazmuniga ko’ra yagona maqsad sari yo’naltiriladi. Yani ular o’qituvchining nazariy bilimlarini chuqurlashtirish kengaytirish egallangannazariy bilimlardan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko’nikmalarini hosil qilish, ularni ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash, ijtimoiy faollikni shakllantirish, yetuk axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, teran va sog’lom fikr, keng dunyoqarash egasi bo’lgan komil shaxsni kamol toptirishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning bilim darajasini chuqur o’rganmasdan turib o’qitish jarayoniga maqsadli tasir qilish va o’quvchining bilimini chuqurlashtirib bo’lmaydi. Ko’pgina psixologlar va pedagoglarning fikriga ko’ra 11-14-yoshli o’quvchilarda aniq obrazli mushohada yetakchi bo’ladi va ularda mavhum mushohada ham mavjud bo’ladi. Shu sababli o’quvchilarni xulosalarga olib kelish tushunchalarni shakllantirish uchun yorqin, obrazli tassavurga suyanish lozim. O’qituvchining matndagi dalillarni quruq xira bir xil ohangdagi bayoni o’quvchi xotirasida hech qanday iz qoldirmaydi. Dalillar asosidagi tarixiy- voqea hodisalar matnni tashkil etadi. Tarix darsida tarixiy voqealar bayonida tarixiy shaxslar obrazlari ishtirok etadi. Ularning faoliyatini obrazli bayon qilish, xotirada qoldirish – eng oson yo’ldir.
Yüklə 27,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə