O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə16/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

1. Xolisona ilmiy izlanishlar yo‘lidan borish. Bu silsilada Fitrat, Cho‘lpon, A.Sadiy, S.Ayniy, V.Mahmud, Olim Sharafiddinov, O.Hoshim kabi tanqidchi va adabiyotshunoslar va ular qatorida endigina tanqidchilik faoliyatini boshlagan H.Yoqubov, Oybek, Sh.Sulaymonlar izlanishlari kiradi.
2. Vul’gar sotsiologizm asosidagi izlanishlar yo‘li: Bu guruhga mansub adabiyotshunoslar madaniy merosga nigilistik munosabatda bo‘lib, adabiy dalillarni talqin qilishda sxematizmga yo‘l qo‘ydilar. Masalan, talantli tanqidchi S.Husayn o‘zbek adabiyotining yosh xodimlarini tarbiyalashda, istedodlarni adabiyotga olib kirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatdi. Ammo A.Qodiriy ijodini vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan turib, sxematik tarzda tahlil qildi. Bunday nuqsonlar Miyonbuzruk Solihov, Ziyo Said, Umarjon Ismoilov, Yunus Latif, J.Boybo‘latov kabi tanqidchilar ijodida ko‘p uchrar edi.
“Tanqid nima?" degan savolga birinchilardan bo‘lib Axlullo Haybul, Elbek, Vadud Mahmud, Nemat Hakim, Abdurahmon Sadiy o‘z maqolalarida javob izlay boshladilar.
O‘z davrining ziyoli kishilaridan biri, shoir, nosir, pedagog Elbek tanqidchilik sohasida samarali ishlar qildi. Uning tanqid haqidagi fikrlari V.Belinskiy qarashlariga yaqinligi bilan ajralib turadi. U tanqid deganda har qanday sohada ishlovchi kishilarning o‘z kasbi bo‘yicha yaratilgan asarlarining yutuq va kamchiliklarini shaxsiy g‘araz yoki maqtovlarsiz, xolisona aytib, ularga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni nazarda tutadi. "Tanqid demak, bir ishda yo bir narsada bo‘laturg‘on kamchiliklarni shul ishning ishlovchilariga ko‘rsatib, kuzatdiruv va to‘ldiruv uchun aytiladurg‘on so‘z demakdur".
Ne’mat Hakim esa tanqidnint fannny (ilmiy) tanqid, satirik tanqid, adabiy-badiiy tanqid kabi turlari hakida gapirarkan, ilk bor uning ichki tasnifini amalga oshiradi va har biriga xos farqli xususiyatlarinn tushuntiradi, shu tariqa adabiy tanqid xususidagi tushunchalarni kengaytirishga harakat qiladi. U tanqidchilar orasida A.Sadiy faoliyatini maqullaydi. Chindan-da, A.Sadiy jiddiy masalalar haqida birinchilardan bo‘lib fikr yuritardi, binobarin, uning tanqid haqidagi mulohazalari ham diqqatga sazovor.
XX asr boshi adabiy tanqidchiligida: a) tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi kuzatishlari; b) yozuvchining badiiy asarlarga bahosi yoki yozuvchi tanqidi; v)tanqidchining tanqidchilar maqolalariga munosabati singari uch yo‘nalish ko‘zga tashlanadi.
Aytib o‘tish joizki, uchala yo‘nalishda yaratilgan tanqidiy ishlar orasida ilmiy, obektiv mulohazalarga ega ishlar qatorida dalillarni buzib ko‘rsatadigan subektiv namunalar ham uchraydiki, bunday qarashlar adabiyotning, adabiy tanqidning to‘g‘ri rivojlanishiga salbiy tasir ko‘rsatar edi.
Adabiy tanqidning jonlanishida tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi xolisona fikrlari muhim rol o‘ynadi. Jumladan, Hamza va A.Qodiriy ijodi haqidagi dastlabki ilmiy maqolalar shunday qimmatga ega.
A.Sadiy Hamza ijodi haqida fikr yuritar ekan, unga sho‘ro davri va uning mafkurasi nuqtai nazaridan baho bersa-da, jumladan, uning quyidagi so‘zlari Hamzaning adabiyotda tutgan o‘rnini to‘g‘ri belgilagani bilan bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas: "Xususan asarlarining ko‘pi o‘zbeklarning zamondagi o‘z turmushlaridan, shu vaqtdagi turli ijtimoiy hayot voqealaridan olinib yozilgan bo‘lmoqlari ayrim diqqatni jalb etib turadi. O‘zida yurak shoiri bo‘lish, muzikachilik va turli kuylar ixtiro etish, dramaturglik ham artistlik yig‘ilgan bir shaxsni ham biz hali yolg‘iz Hakimzoda o‘rtoqda ko‘ramiz".
XX asr boshlaridagi adabiy tanqid Hamza ijodini o‘rganishda ikki yo‘ldan : biri Hamza ijodiga obektiv, sanat mezonlari asosida baho berish va ikkinchisi Sho‘ro mafkurasi taqozosiga ko‘ra Hamza ijodini soxtalashtirish yoki uni mohiyatan sho‘ro mafkurasi talablariga muvofiqlashtirgan holda talqin qilish yo‘lidan bordi. Shu qarashdagi mudaqqidlar unga "sho‘ro ijodkori" degan siyosiy yorliqni “sharaf”ga aylantirdilar.
Birinchi yo‘nalishda izlangan "Bog‘bon" taxallusi, munaqqidning "Iffat qurboni", "Yulg‘inboy" kabi taqrizlari etiborli. Muallif ularda "Boy ila xizmatchi" "sanoyi nafisa" nuqtai nazaridan talabga javob bermasligini etirof etib, aktyorlar o‘yinidagi zaif tomonlarni to‘g‘ri ko‘rsatadi.
Teatr tanqidchisi Mirmulla Shermuhammedov Hamza asarlarini odilona va xolis, o‘zi aytganidek, "betarafona" tahlil etadi.
Shu tariqa matbuotda "Qizil qalam" majmuasida Hamzaga bag‘ishlab yozilgan maqolalar, shoir asarlariga berilgan taqrizlar malum manoda hamzashunoslikning o‘ziga xos o‘zanga aylana boshlanganini taminlaydi. Ammo hamzashunoslik shoir ijodini sho‘ro tuzumi manfaatlari nuqtai nazaridan baholashni ham unutmadi. XX asrning 20-yillari oxirlarida boshlangan bu qusurli biryoqlama jarayon 80-yillargacha adabiy tanqidda davom etdi. Shu uzoq muddat davomida hamzashunoslik murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Hamza shaxsiyatini "qip-qizil" proletar shoiri, kompartiya mafkurasiga sodiq, diniy etiqoddan qaytgan ijodkor tarzida ko‘rsatish asosida uni "o‘zbek sovet adabiyotining asoschisi, yalovbardori"ga aylantirdi. Adabiyotshunos Q. Yo‘ldoshev to‘g‘ri takidlaganidek: "Hamza bir umr davridan oldin yurgan. Shu bois bir umr fojeaviy hayot kechirgan. Bir umr o‘z xalqini o‘tli muhabbat bilan suygan, biroq o‘sha xalq zakovatli o‘g‘loni qalbini na tirikligida, na hayotdan ketgach, to‘liq tushunolmagan...
Hamza ijodi ataylab ko‘tar-ko‘tar qilindi. U o‘ziga davrdosh, kayfiyatdosh bo‘lgan ijodkorlarga qarshi qo‘yildi"15. Binobarin, Hamza ijodini qanday bo‘lsa, shundayligicha, obektiv baholash zarurati istiqlol tufayli jiddiy ehtiyojga aylandi.
O‘tgan asrning 20-yillaridan etiboran adabiyot va adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi - ularning muhim xususiyatidir. Bunga Cho‘lpon asarlarining adabiy tanqidda jiddiy munozaralarga sabab bo‘lganini misol qilib ko‘rsatish kifoya.
Adabiy jarayondagi munozaralar ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalishga shoir ijodiga ob’ektiv, to‘g‘ri baho berilgan. Bunga A.Qodiriy, A.Sadiy, V.Mahmud, A.Alaviya, qisman Z.Bashir va Oybeklarning taqriz va maqolalarini mansub deyish mumkin.
Ikkinchi yo‘nalishga Ayn, Usmonxon, Miyonbuzruk Solihov, 30-yillardan boshlab esa A.Sa’diy va Tuyg‘unlar yozgan taqriz va maqolalar mansub, bo‘lib ular Cho‘lpon ijodiga sof "markscha-lenincha" estetika nuqtai nazaridan baho berish asnosida shoir qismatining fojeaga giriftor etilishini tezlashtirishga sabab bo‘lishdi16.
Afsuski, o‘zbek adabiyoti va tanqidchiligining tug‘ilishi hamda shakllanishi jarayonida, aniqrog‘i, XX asrning 20-30-yillarida iste’dodlarga shunday yondashish qaror topa boshlagan edi. Ayniqsa, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari Akmal Ikromovning davr mafkurasiga asoslanib, Cho‘lpon ijodiga noto‘g‘ri yondashuvi bu jarayonni yanada keskinlashtirdi. Bunday biryoqlama qarashlar A.Qodiriy, A.Cho‘lpon, A.Fitrat singari adiblarning nohaq qamalib, fojeali qatl etilishlariga olib keldi.
Badiiy ijodda g‘oyaviylik bilan badiiylik bir-biriga shu darajada birlashib, qorishib ketgandagina chinakam san’at asari paydo bo‘ladi. Ularning birini ikkinchisidan yuqori qo‘yish, badiiy ijod mohiyatini ijtimoiy borliq taraqqiyoti qonuniyatlaridan kelib chiqib tushuntirish, talqin etish vulgar sotsiologizmga olib keladi, adabiy-badiiy, ilmiy-estetik tafakkur ravnaqiga putur yetkazadi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmiga kelib qator yosh shoirlarning kitoblari nashr etildi, jumladan, 1925 yil Oltoyning "Yer yulduzlari" to‘plami bosib chiqdi-yu, unga adabiy tanqid darhol o‘z munosabatini bildirishga shoshildi.
Oltoy "Nafis adabiyotda sog‘lom mafkura va sog‘lom tanqid kerak" (1928), Sotti Husayn "O‘zbek adabiyotining hozirgi muhim masalalari" maqolalarini proletar adabiyoti muammolariga bag‘ishlashdi. 1929 yili nashr etilgan "Ko‘rmana" to‘plamiga yozgan so‘z boshisida S.Xusayn undan o‘rin olgan yigirmaga yaqin ijodkorlarning hammasini proletar yozuvchilari tarzida baholab, sub’ektivlikka yo‘l qo‘yadi. Shu tariqa adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlasha bordi.
Sheriyat, nasr va dramaturgiyada aksini topgan yangi inson obrazini tahlil qilishga adabiy tanqid sustroq kirishdi. Bu masalada ham taqriz oldinda bordi. Taqrizchilar M.Shermuhammedov, Ayniy, G‘ayratiy, Elbek, Oybek, X.Olimjon, Ziyo Said singari ijodkorlar va O.Sharafiddinov, O.Hoshim, S.Xusayn, A.Sadiy, Anqaboy kabi tanqidchi, adabiyotshunoslar edilar. Bular orasida ismi sharifi aniqlanmagan, faqat shartli taxalluslari ma’lum mualliflar ham bor. Chunonchi, "Mudbir" taxallusli tanqidchi Hamzaning "Istibdod qurbonlari'' dramasi haqida fikr yuritdi, undagi yangi obrazlarni o‘sha davrga mos holda tahlil qildi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Xolis izlanish olib borgan munaqqidlar
2.A.Sa’diy tanqidni qanday tushungan?
3.Fitratning ilmiy merosi

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə