O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə20/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida o’rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o’rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko‘ra, biografik metod asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, yuzaki qaraganda, A.Qahhorning «O‘g‘ri» va «Dahshat» hikoyalari o'tmishdan bahs yuritadi, «qora o‘tmish»ni sho'ro adibi g’oyaviy mavqeyidan turib tasvir- laydi, xolos. Biroq ular biografik kontekstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini qalamga olgani, atrofida kechib turgan ijtimoiy hodisalar mohiyatini anglash va o‘zi anglagan haqiqatlarni ifoda- lashga harakat qilgani ko’rinadi.1 Yozuvchi o‘zi bevosita ko’rgan, guvohi bo'lgan voqea-hodisalar, o‘zi kuzatgan hayotiy holatlar-u manzaralar, turfa fe’l-xo‘yli odamlar-u ularning o'zaro munosabatlari yozgan asarlarida u yoki bu yo'sinda, turli maqsadlar bilan o‘z aksini topadi. Masalan, Oybekning «0‘ch» poemasi, «Qutlug‘ qon» romani, «Mah- mud Torobiy» dramatik dostoni - bularning hammasi «Bolalik» qissasidan ancha ilgari yaratilgan. Shunga qaramay, masalan, «0‘ch»dagi qozoq dashtlari tasviri, «Qutlug‘ qon»dagi Shokir ota do'koni, «Mahmud Torobiy»dagi isyon manzaralari «Bolalik» qissasidagi muqobilini yodga soladi. Ya’ni «Bolalik» qissasi adib bolaligida ko'rgan-kechirganlarini keyincha yaratgan asarlari badiiy voqeligiga singdirib yuborganini namoyish qiladi. Avtobiografik qissaning borligi uchungina biz adib asarlaridagi biografik izlarni komil ishonch bilan ko'rsatyapmiz. Shundan ham ko'rsa bo'ladiki, biografik metodning qanchalik samarali bolishi birinchi galda tadqiqotchi ixtiyorida mavjud biografik materialga bog‘liq bo'lib qoladi. Biografik metod kabi muallifga yo'naitirilgan psixologik, psixoanalitik tahlil metodlarida bu bog'liqlik yanada kuchli. Zero, masalan, psixoanalitik tahlil amalga oshirish uchun tadqiqotchiga yozuvchining bolaiik chog'lari, oilasi, o'qish va mehnatfaoliyati kechgan muhit- xullas, hayotiga oid aniq faktik materiallar, hatto birqarash- da arzimas mayda-chuydadek ko'rinuvchi tafsilotlargacha kerak bo'ladi. Aytish kerakki, o'zbek adabiyotshunosligida biografik metodning yetarli darajada samara bilan qo'llan- may kelayotgani ayni shu narsa - biografik materialning yetarli emasligi biian izohlanadi. Mazkur holning sababi esa, birinchidan, shaxsiy va oilaviy arxiv yaratish an’anasi- ning shakllanmagani, ikkinchidan, milliy mentalitet bilan bog'liq holda ma’lumotlarning kuchli «filtrlanishi»dadir.
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo'llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o'rganishni maqsad qiladi. Bu metod adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matn- ning sayqallanish yolini kuzatish imkonini beradi. Maz­kur metod adabiyotshunosning biografik materiallar bilan birga o'rganilayotgan asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va hokazolarni chuqur tadqiq etishini, konkret faktlar asosida uning yaratilish tarixi va omillarini ochib berishini taqozo etadi. O‘zbek adabiyot­shunosligida ijodiy-genetik metod asosida amalga oshirilgan jiddiy tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo‘chqorning A.Qahhor romanlari ijodiy tarixini yoritishga bag‘ish!angan ilmiy ishini ko'rsatish mumkin.
Sotsiologik tahlil metodi tadqiqotchini badiiy asar voqeligi bilan real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni organishga yo'naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g'oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va hokazo badiiy unsurlarning ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni, xarakter va prototip, tarixiy shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod jarayoni bilan bog'liq muammolarni o'rganishda ham sot­siologik yondashuv asos vazifasini o'taydi. Shubhasiz, sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga molik, u adabiy asar bilan bogliq ko‘p masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi, Biroq uni boshqalardan ustun qo‘yish, adabiy asarning g'oyaviy-badiiy xususiyatlarini ijtimoiy omillar bilangina izohlashga intilish - xullas, uni mutlaqlashtirish adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho‘ro adabiyotshunosligidan istalgancha topish mumkin. Masalan, 20 - 30-yillar sho'ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm adabiyotda ijtimoiylik rolini, shunga mos ravishda sotsiologik metod mavqeyini mutlaqlashtirish natijasi o‘laroq vujudga kelgan edi. Adabiy hodisalarni, adabiy ijod va adabiy asar xususiyatlarini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, ijodkorning sinfiy mansubligi bilan bevosita bog‘lab qo'yish sotsiologik metodni jo‘n tushunish- ga olib keldi. Natijada badiiy asarlar sotsiologik metodga tayanibgina tahlil qilingan, ijtimoiy ahamiyati va g'oyaviy jihatidangina baholangan tanqidiy maqolalar urchidi. Keyinchalik shu ruhdagi maqolalar Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon kabi iste’dodlarni qatag’on qilish uchun dastak bo’ldigina emas, o'quvchi ommani ularni «xalq dushmani», asarlarini «zararli» deb tushunishga tayyorlashga ham xizmat qildi. Sho’ro adabiyotshunosligi, garchi vulgar sotsiologik yondashuvni qoralasa-da, undan butkul forig‘ bo’lolmadi: adabiyotga mafkura xizmatchisi deb qarash, baholash mezonlari ichida g'oyaviy jihatga ustuvorlik berish amaliyoti sho‘ro tuzumi yemirilgunga qadar davom etdi. Shuning ta’sirida keyingi yillarda sotsiologik metodga nisbatan sovuq munosabat shakllandi. Biroq, tabiiyki, ayb metodda emas, uni adabiyotga boshqa maqsadlarni ko’zlab qo‘llaganlarda. Holbuki, metod o‘rganilayotgan obyekt tabiatiga muvofiq bo’lishi e’tiborga olinsa, adabiyotni o‘rganishda sotsiologik metodni inkor qilish nojoiz. Aksincha, metodni adabiyot bi­lan bog'liq muammolarni o‘rganish, jumladan, badiiy asarlar tahliliga tatbiq etish ilmiy jihatdan zarurdir.
Tarixiy-madaniy tahlil metodi asarni milliy-madaniy an’analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o'rganishga qaratilgandir. Ma’lumki, badiiy asar muayyan madaniy-adabiy an’analar zaminida dunyoga keladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin na- moyon bo’ladi, anglashiladi. Masalan, Cho’lponning qator she’rlari (masalan, «Qalandar ishqi»), ayrim nasriy asar- lari («Yo‘l esdaligi») borki, ularning zamirida botin ramziy ma’nolar mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf she’riyati kontekstidagina o’zini namoyon etishi, tushunilishi mumkin bo’ladi. Yoki «0‘tkan kunlar»dagi bir qator syujet motivlari («tilab olingan farzand», «safarga chiqish», «dor ostidan qaytish»), poetik xususiyatlar («oshiq - yor - ag‘yor» sxemasi; oshiq holati tasviri va b.) folklor va mum­toz dostonchilik an’analari zaminida yetilgani shundoq ko’zgatashlanadi. Eng muhimi, tarixiy-madaniy yondashuv badiiy asarga milliy madaniyatning vakili sifatida qarashga yo’naltiradi. Natijada asarning milliy adabiy-madaniy kontekst bilan bog’liq ma’no qirralari ochiladi, asarni katta vaqt o‘lchamida idrok etish kishida shunga daxldorlik hissini paydo qiladi.
Qiyosiy metod deyilganda badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilish nazarda tutiladi. Konkret asarni o'tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o‘zi mansub adabiyotda yaratilgan asar bilan qiyosan tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyekti tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda beigilanadi. Deylik, asarni o'tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi an’ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash orqali adabiy aloqa va ta’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o'rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun, Navoiy va Nizomiy «Xamsa»larini qiyosiy tahlil qi­lish asosida har ikki asarning poetik o'ziga xosligi, syujet motivlaridagi o'xshash va farqli jihatlar, bu farqlarni yuzaga keltirgan omillar, dunyoqarashlaridagi mushtarak va farqli jihatlarni anglash, pirovardida Navoiy dahosini xolis baholash imkonini yaratadi.
Ko'rib o‘tilgan metodlarning hammasi asarning tashqi aloqalarini o'rganishga qaratilgan bo‘lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Ulardan farq qilaroq, immanent tahlil adabiy asarning ichki aloqalarini o‘rganishga qaratiladi, uning uchun faqat bitta obyekt - muallifdan, voqelikdan, adabiy-madaniy muhitdan uzilgan asarning o'zigina mavjuddir. Immanent tahlil metodlari sifatida struktural, stilistik va semiotik metodlarni ko'rsatish mumkin. Strukturai metod adabiy asarga sistema deb qaragan holda, un­dagi qismlarning bari muayyan badiiy maqsadga muvofiq tarzda butunga birikadi degan qarashdan kelib chiqadi. Umumlashtirib aytganda, struktural tahlil o‘z oidiga qo'yadigan maqsad asar qismlarining butun tarkibidagi o‘rni va vazifatari, ularning o‘zaro aloqa-munosabatlari va shu asosda butunlikning mantiqiy tashkillanishini tadqiq etishdan iboratdir. Albatta, xususiy holatda tadqiqotchi matnning tashkillanishi yoki badiiy voqelikning tashkillanishini diqqat markaziga qo'yishi mumkinligi ham istisno emas. Faqat bu holda ham tadqiqot predmetiga butunning qismi sifatida, badiiy asarning sathlaridan biri sifatida qaraladi. Stilistik tahlil ko'proq matnning til xususiyatlarida namoyon bo'luvchi ijodkor uslubiy o‘ziga xosligini o'rganishni maqsad qiladi. Nisbatan yangi hisoblanuvchi semiotik tahlil esa asardagi badiiy obrazlarga belgi sifatida qaragan holda ularning ma’no qirralarini ochib berishni maqsad qiladi.
Adabiy asar retsepsiyasi, aniqrog‘i, uning ijtimoiy mavjudligini o'rganish adabiyotshunoslik uchun muhim xulosa va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi. So‘nggi yillarda bu boradagi izlanishlar ham ommalashib borayotgani shundan. Hozircha adabiy asar retsepsiyasini o‘rganish metodlari yetarli darajada ishlab chiqilgani ham, sinovdan o'tkazilgani ham yo‘q. Shu bois boshqa ijtimoiy fan sohalarida qo'llanib kelayotgan konkret sotsiologik tad­qiqot metodlaridan foydaianilmoqda. Jumladan, o'quvchi omma orasida turli anketa so‘rovlari o'tkazish, kitobxonlar konferensiyalarini tashkil qilish, insholar konkurslari o'tka- zish kabilarni hozircha ushbu metod doirasidagi tadqiqot shakllari sifatida ko'rsatish mumkin. Albatta, ushbu tadbirlar o‘z-o‘zicha tadqiqot shakli bo'lib qolmaydi. Buning uchun ularning, birinchidan, tadqiqiy maqsadni ko'zda tutgan (ya’ni avvaldan muammoni oydinlashtira oladigan savollar tuzgan, insholar mavzularini maqsadli belgilagan, konferensiya ishini ma’lum yo'nalishga solgan) holda tashkil qilinishi, ikkinchidan, olingan natijalarning atroflicha va chuqur ilmiy tahlil qilinishi taqozo etiladi. Agar mazkur metodlar adabiy konkret asar retsepsiyasini sinxroniya aspektida o'rganishga xizmat qilsa, uning adabiy tanqid- chilikdagi talqinlarini tadqiq etish orqali muammo diaxronik aspektda o'rganiladi. 0‘zbek adabiyotshunosligida alohida olingan asarning tanqidchilikdagi talqinlarini o'rganishga bag‘ishlangan maxsus tadqiqot hanuz yaratilmagan esa-da, muayyanadib yoi shoir ijodining o‘rganilishi tadqiq etilgan ishlarda bu masala ham qisman yoritilgan.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə