O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə81/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Kriminogen vaziyat – bu mazmun bo’yicha jinoiy niyatning, jinoyat sodir qilish maqsadining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiluvchi jinoiy natijaga erishish uchun qulay hisoblangan, ya’ni jinoyat sodir etishga ko’maklashuvchi vaziyatdir. Shuni qayd etish lozimki, har qanday kriminogen vaziyat o’z holicha mustaqil holda shaxsni jinoyat sodir etishga olib kelmaydi.
Jinoyat sodir etish vaqtidagi kriminogen vaziyat bu shaxsning muhit bilan aloqasining alohida darajasi hisoblanadi. Bu aloqada salbiy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxsdagi jinoyat sodir etishga moyilligi kriminogen vaziyat ta’sirida muayyan xatti-harakatga aylanadi. Aniq hayotiy vaziyatning shaxs muayyan jinoyat sodir etishiga ta’siri quyidagi tasvirga ega1:

Jinoyatlar birdan yuzaga kelgan kriminogen vaziyatlar tufayli emas, balki insonning muayyan barqaror shaxsiy xislatlari va qadriyatlari sababli sodir etiladi.


Qonunga itoat qiladigan va o’zini o’zi yuksak darajada boshqara oladigan halol inson uchun «jinoiy» vaziyatlar yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Vaziyat o’z-o’zicha jinoyatni keltirib chiqara olmaydi, u faqat g’ayriijtimoiy fe’lga ega bo’lgan shaxsning muayyan qarashlari va maqsadlarini amalga oshirishi uchun mos bo’lishi mumkin, xolos.
Har bir insonda ijobiy xulq mavjud bo’lib, bu xulq anglangan bo’lsa hamda qarorni erkin, to’g’ri qabul qilsa, vaziyatning quliga aylanmaydi, albatta.
Biroq, inson xulqining ruhiy boshqaruv darajasi qanchalik past bo’lsa, uning xulqida vaziyat bilan bog’liq holatlar shunchalik katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ko’pchilik jinoyatchilarga haqiqatan ham xulqining vaziyat bilan bog’liqligi xos bo’lib, bu uning fe’liga xos jihatdir.
Inson o’zi uchun muayyan qiymatga ega bo’lgan narsa, hodisa sababligina faol harakat qiladi. Qadriyatlar tizimi indi vidual bo’lib, u insonning ruhiy faolligini belgilab beradi: bir kishi uchun hayotiy muhim bo’lgan narsa, boshqa shaxs uchun unchalik muhim bo’lmasligi mumkin.
Jinoyatchining xulqi ham qadriyatlar asosida yo’nalgan. Ammo jinoyatchining qadriyatlari buzilgan, ular ijtimoiy qadriyatlarning umum e’tirof etgan tizimga mos kelmaydi. Ba’zi odamlar notanish insonni o’lim xavfidan o’ylab o’tirmay qutqaradilar, boshqalar esa o’ylab o’tirmay pichoqni qarindoshiga sanchadilar – hammasi u yoki bu odamlar uchun hayotning qaysi tomonlari muhim ekanligiga bog’liq. Ijtimoiy jihatdan ijobiy qadriyatlar tizimi tug’ma emas, u jamiyatdagi tarbiya jarayonida shakllanadi.
Jinoyatchining ijtimoiyijobiy qadriyatlarga salbiy munosabati doimo jamiyatdagi tarbiya nuqsonlarining natijasidir.
Ijtimoiylashgan shaxsning eng asosiy ehtiyoji ijtimoiy ijobiy qadriyatlarni amalga oshirish ehtiyojidir. Ashaddiy jinoyatchida bunday ehtiyojning yo’qligi uning asosiy xususiyatidir.

1 Qarang: Ratinov A. R. Sudebnaya psixologiya dlya sledovateley. – M.,1987.– S. 59.
Jinoyatchining ijtimoiy xavfliligi uning alohida
«jinoiy» qadriyatlari va ehtiyojlarida emas, balki ijtimoiy qadriyatlarni tan olmasligidadir. Jinoyatchining yo’nalishlarini aniqlash jinoyatchi rad etayotgan ijtimoiy qadriyatlarni aniqlashdir.
Jinoyatchilar odatda o’zini oqlash uchun motivlar, bahonalar tizimini keltiradilar va jinoiy maqsadlariga erishishlariga xalal beruvchi qadriyatlarni rad etadilar. O’z harakatlarini oqlash asosida javobgarlikdan bo’yin tovlash aksariyat jinoyatchilarga xos xususiyatlardan biridir.
«Jinoyatchi shaxsi» ko’p qirrali tushuncha bo’lib, bir qator fanlarning o’rganish obyekti hisoblanadi. Uni nafaqat psixologlar, balki yuristlar ham predmet obyekti sifatida o’rganadilar. Jinoyatchi shaxs psixologiyasi haqida bir qator psixolog (M.I.Yenikeyev, O.L. Kochetov, Yu.V. Chufarovskiy, Yu.L. Vasilyev va boshq.) olimlar ilmiy adabiyotlarda o’z fikrlarini bildirganlar. Yuridik psixologiyada ham ushbu muammo markaziy o’rinlardan birini egallaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə