O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə36/67
tarix22.03.2024
ölçüsü1,46 Mb.
#168841
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67
AXBOROT

Doimiy xotira - BIOS – Basic Input Output System – kiritish-chiqarishning asosiy sistemasi. Ulardagi ma’lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib qo`yiladi. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin . Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory - faqat o`qish uchun ) deb ataladi. Bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, OS ni boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun xizmat qiladi. BIOS da, shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini saqlovchi Setup programmasi ham joylashgan bo`ladi. Bu programma masalan, videokontroller, qattiq disk va disket diskovodi, undan tashqari parollar o`rnatish va boshqa xizmatlar qiladi. DEL tugmasi orqali chaqiriladi.
CMOS (yarim doimiy xotira) - konfiguratsiya parametrlarini saqlovchi yarim doimiy xotira. Maxsus akkumulyatorlar yordamida kichik quvvatda ishlaydi. Shuning uchun undagi ma’lumot o`chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal kompyuter konfiguratsiyasini so`zlaganda, lozim bo`lsa, CMOS xarakteristika- lariga o`zgartirish kiritadi.
Videoxotira - u monitor ekraniga
c hiqariladigan tasvirni saqlashga xizmat
qiladi. Videokontroller tarkibiga kiradi.
Kompyuterdagi eng katta plata –
sistema platasidir. Bu plata tekis plastinka
va unga joylashgan mikrosxemalar,
kondensator, razyomlar va boshqalardan
iborat, ular o’zaro o`tkazgichlar bilan
bog`langan bo`ladi. Ona platada
mikroprosessor, xotiralar, shinalar,
kontrollerlar mavjud bo`ladi.


Kontrollerlar - kompyuterning turli vositalari , qurilmalarini boshqaruvchi elektron sxemalardir. Barcha kompyuterlarda klaviatura, monitor, qattiq va egiluvchan disk qurilmalari va hokazo kontrollerlar mavjud. Hozirgi zamon kompyuterlarining barchasida kontrollerlar ona plataga joylashgan bo`ladi. Bularni integrallashgan kontrollerlar deb ataladi.
Amalda har bir kontroller o`zi uchun alohida yasalgan platada joylashadi. Bu platalar sistemali plataning maxsus razyomlariga ulanadi. Natijada iste’molchi o`z kompyuteriga qo`shimcha qurilmalar qo`yishi mumkin. (Masalan, faks-modem, tovush kartasi yoki teleko`rsatuv ulash mumkin).
Shinalar – operativ xotira va kontroller orasida o`zaro ma’lumot uzatish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun kontroller platasi ona plata razyomiga kiritilganda shinaga ulanadi. Zamonaviy kompyuterlarda 2 turdagi shinalar mavjud. ISA va RCI
ISA – turdagi shinalar, tezligi sustroq bo`lgan kontrollerlar uchun (klaviatura, sichqon, disket qurilmalari, modem tovush kartasi va boshqalar).
RCI - turdagi shina tezligi yuqori bo`lgan qurilmalar orqali ma’lumot uzatishga xizmat qiladi (vinchestor, videokontroller va boshqalar).
Kiritish-chiqarish portlari kontrollerlari kompyuterning orqa panelidagi razyomiga kabellar orqali ulanadi. Kiritish – chiqarish portlari quyidagi turlarga bo`linadi:

  • parallel ( ZE1 – ZE4), 25 uyali printer ulanadi;

  • k etma-ket ( SOM1 – SOM3 belgili) 9 va 25 bigizli sichqon, modem va boshqalar ulanadi;

o`yin porti , 1.5 uyali razyomiga djoystik ulanadi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə