O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə41/67
tarix22.03.2024
ölçüsü1,46 Mb.
#168841
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
AXBOROT

Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;
─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;
─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin:
─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.
Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi.
─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar .
yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish muammolarini o’rganadi.
─ Intelektual robotlar.
Bu yo’nalish oldindan qo’yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.
Shaxsiy kompyuter (ya'ni biz ko'p foydalanadigan stol ustida turadigan usha kompyuter tarixiga to'xtalib o'tirmayman)- ikki qismdan iborat bo'ladi: Dasturiy va Qurilmaviy qism. 
Oldin qurilmaviy qismi bilan tanishamiz. Qurilmaviy qismi ham o'z o'rnida ikkiga bo'linadi: Asosiy qurilmalar va yordamchi qurilmalar. Asosiy qurilmalarga quyidagilar kiradi:
1.Sistema bloki
2.Monitor
3.Klaviatura
Yordamchi qurilmalarga quyidagila kiradi: Sichqoncha, Kolonka, Naushnik, Printer, Skaner, Plotter,Web kamera, Joystik, Planshet va hokazo...qo'shimcha qurilmalar kompyuterga qo'shimcha imkoniyatlar qo'shish uchun ishlatiladi, masalan kompyuterda ovoz yozib olishni istasangiz unga mikrofon ulaysiz, kamerada videoga olishni istasangiz - kamera ulaysiz, yoki internetga chiqishni istasangiz modem ulaysiz va hokazo... Demak qo'shimcha qurilmalar sizning istagingizga qarab o'rnatilaveradi, faqat mahsus standartga mos tushsa bo'lgani.

Asosiy qurilmalar: 1. Monitor: monitor sistema bloki ichidagi bo'layotgan jarayonlarni sizga ko'rsatiladigan qismini ko'rsatib berish uchun xizmat qiladi. Uning bugungacha asosiy ikki turi bor: 1.ENT- Elektron Nur Trubkali, yani orqasi chiqgan- katta, "eski" monitorlar. 2. LCD- Yani ingichka ekranli Suyuq kristalli monitorlar. ENT monitorlarni ishlash prinspi: sistema blokidan kelgan signalni kuchaytirib siz ko'rib turgan ekran yuzasiga uning ortidagi "pushka" yordamida otib beradi va siz ekranda har xil signallardan tashkil topgan tasvirni ko'rasiz. LCD monitorlarda shu ekrandagi tasvirni kristallar yasaydi, ularga signalni pushka otib bermaydi, mahsus sxemalar yordamida signallar kristallar bo'ylab yoyiladi, signal chastotasini farqi ranglarni belgilaydi. Har ikkala monitor ham RGB- RED GREEN BLUE grafik rejimida ishlaydi, yani ekranidagi barcha ranglarni Qizil Yashil Ko'k ranglar bilan, ularni aralashmasidan yasaydi.
SISTEMA BLOKI: sistema bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Ona PLata(MB-Mother Board). 2.Mikroprotsessor(CPU-Central Protsessor Unit). 3.Operativ(tezkor) xotira (RAM-Random Access Memory). 4.Qattiq disk(doimiy xotira) (HDD- Hard Disk Drive). 5. Videoxotira(Videokarta)(VGA-Video Graphic Adapter). 6 Blok Pitaniya (ATX). 7. Diskovot (DVD-RW, Floppy)....Qani Kettik: Qachonki kompyuterni yoqganimizda Blok pitaniyadan Motherboardga va HDD ga hamda Kuller(vintilyator)ga 12,5,3 voltli toklar keladi. Motherboardga kelgan tok yordamida Mikroprotsessor shu Motherboardning registorida(o'zini xotirasida) joylashgan BIOS dasturiga boradi va uni buyruqlarini bajara boshlaydi. BIOS asosan qurilmalarni tekshirish uchun ishlatiladi. Qurilmalar ishga soz xolatda ekanligini bilgach, Microprotsessor CMOS xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi fayli BOOT.exe joylashgan sektoriga ko'rsatkich orqali qattiq diskga yetib boradi va operatsion tizimni ishga tushiradi.
Operatsion tizimni ishga tushirishda uning eng asosiy qismlarini operativ xotiraga qattiq diskdan yuklab oladi, so'ng shu qismlaridagi buyruqlarni birma bir bajaraveradi. Qachonki siz biror dasturni ishga tushirganingizda sichqonchani dastur ustida bosishingiz mikroprotsessor uchun operatsion tizimning yangi bir "Dasturni och!" buyrug'ini bajarishiga turtki bo'ladi. Dasturni ochishda shu dastur joylashgan qattiq diskdagi sektorga mikroprotsessor yetib boradi va u yerdan ham dasturning kerakli qismlarinigina olib chiqadi, hamda ularni ham operativ xotiraga joylab qo'yadi. Shunda operativ xotirada ham operatsion tizimning o'zini kerakli qismlari ham dasturni kerakli qismlari yuklanadi. siz dasturda ishlash jarayonida yana bir boshqa buyruq bersangiz, masalan "natijani xotirada saqla!" - mikroprotsessor borib, dasturni saqlash uchun ishlatiladigan qismini chaqirib keladi va uni ham operativkaga yuklaydi. so'ng uni buyrug'i bo'yicha siz hosil qilgan hujjatni olib, qattiq diskga boradi va uni biror joyiga shu hujjjatni yozib qo'yadi. Hujjat ayni qaysi dasturga tegishli ekanligini keyingi kelishlarda bilishlik uchun hujjat ortiga dasturning mahsus kengaytmasini (masalan Microsoft office word 2007 dasturida bu kengaytma "docx")nuqtadan keyin yozib qo'yadi, masalan hujjat_nomi.docx.
Mikroprotsessor tez-tez amalga oshirishi kerak bo'lgan buyruqlarini o'zini ichidagi kichkinagina KESH xotirasiga yozib qo'yadi, sababi hadeb operativ xotiraga borib kelaversa ko'p vaqt ketib qolishi mumkin. Ushbu bo'layotgan jarayonlarni ichidan faqat o'zingizga ko'rsatib turiladiganini sizga sistema bloki ichidan videokarta monitorga olib chiqib berib turadi. Klaviatura orqali esa siz yangi yangi buyruqlarni beraverasiz....Demak operatsion tizim siz va qurilmalar o'rtasida, siz ishlatayotgan dasturingiz va qurilmalar o'rtasida vositachilik vazifasini bajarar ekan. Ona plata esa mikroprotsessor uchun u yoqdan bu yoqqa yugurib yugurib yurishi uchun yo'l vazifasini bajarar ekan. Masalan, qattiq diskdan o'zini xotirasiga , o'zini xotirasidan operativ xotiraga, undan videokarta orqali signal uzatish uchun videokartaga va hokazo qurilmalarga borishi uchun xuddi bir yo'l vazifasini bajarar ekan, bu yo'llarni esa biz shinalar deb ataymiz, masalan operativ xotira bilan mikroprotsessor o'rtasidagi yo'l juda katta va tekis, tezligi ham yuqori bo'lishi kerak, chunki operativka bilan mikroprotsessor o'zaro ko'p bordi keldi qilishadi. Tizim programmalari kompyuterning ishlashi uchun zarur programmalar bo`lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi.
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart-programmalarning mavjudligidir.
Programma ta'minoti 2 ta guruhdan iborat:
- sistemaning ishlashi bilan bog`liq sistema tizim programmalari;
- amaliy programmalar.
Tizim programmalari kompyuterning ishlashi uchun zarur programmalar bo`lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi sistema programmalarining yadrosi operatsion sistemalardir. Operatsion sistema  foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqot o`rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta'minlovchi programmalardir.
Hozirgi paytda turli operatsion sistemalar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOCH va boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi programmalar mavjud. Ular programma utilitlari  deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi programmalardir.
Amaliy programmalar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning to`plamini yechish uchun qaratilgan bo`lib, amaliy masalalarni  yechish uchun mo`ljallangan. Bunday programmalar majmui amaliy programmalar  paketi (APP) deb ataladi.
Programmalar odatda magnit yuritgichlarda joylashgan bo`ladi. Ammo operatsion sistemalar va u bilan bog`liq programmalar ancha katta hajmga ega bo`lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Ba'zi bir sistemali programmalar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy sistema programmalari (ular BIOS (Basa Input  Output System)) deb ataladi va to`g`ridan-to`g`ri kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo`ladi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə