O‘quv mashg‘UL



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə2/24
tarix14.01.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#98591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
и O

1.Kimyoviy bog‘langan suv о‘z ichiga konstitusion va kristallizatsion turdagi suvni oladi. Birinchisi, gidrooksid ON guruhlaridan iborat bо‘lib, alyuminiy gidrooksid, temir, marganets, organik va organo-mineral, loyli minerallarni hosil qiladi. Ikkinchisi esa, о‘z ichiga suv molekulalarini oladigan kristallogidrat tuzlar, ya’ni gips CaSO4·2H2O, mirabilit Na2SO4·10H2O tarkibidagi suvdir. Konstitusion va kristallizatsion suvlarni odatda gidrat yoki kristallogidrat suv deb umumlashtirish ham mumkin. Bu turdagi suvlar tuproq mineral fazasi tarkibiga kiradi, turg‘un, harakatsiz va erituvchilik hususiyatidan holidir.
Tuproq g‘ovaklari va havosida bо‘g‘simon suv uchrab, uning manbai atmosfera havosidir. Bunda suv bosimi yuqori bо‘lgan muhitdan bosimi tubdan joyga kо‘chib yuradi.
2.Sorbilangan (yumshatilgan ) suv – sorbsiya kuchlari ya’ni tuproq qattiq qismi bilan suv molekulalarining о‘zaro ta’siri natijasida tuproq zarrachalari yuzasida ushlanib turiladigan suv hisoblanadi. Sorbillangan suvning ikki shakli: gigroskopik va parda suvlari ajratiladi.
A. Gigroskopik suv – Gigroskopik suv tuproq zarralaridan yuzasida adsorbillangan (singdirilgan) suv hisoblanadi. Tuproqning havodagi bug‘simon nami singdirib, yutib olish qobilyatiga gigroskopik va shunday yо‘l bilan yutilgan namlikka esa gigroskopik suv deyiladi.
Gigroskopik suv miqdori havoning nisbiy namligiga va haroratiga, shuningdek tuproqning mineralogik, kimyoviy tarkibiga va undagi gumus miqdoriga bog‘liq.
B. Parda suv- maksimal gigroskopik namga ega bо‘lgan tuproq, sernam sharoitda suyuq holdagi suvning bir qismini о‘ziga singdirib oladi va zarrachalar yuzasida yupqa suv pardasi hosil qiladi. Bu qо‘shimcha singdirilgan nam parda yoki bо‘sh birikkan suv deyiladi. Parda shakldagi suv odatta maksimal gigroskopik nam qatlamning usti ( yuzasi) da joylajadi. Suv pardasining qalinligi bir necha о‘n suv molekulasigacha yetadi va maksimal gigroskopiklikdan 2- marta yuqori bо‘lishi mumkin.
Erkin suvga nisbatan bu suvning zichligi ancha yuqori bо‘lib kam erituvchanlik xususiyatiga ega, minus 1,5- 40 da muzlaydi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə