O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


Korrespondentsiyalarni qabul qilish va taqsimlash



Yüklə 178,88 Kb.
səhifə20/37
tarix29.11.2023
ölçüsü178,88 Kb.
#141008
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

Korrespondentsiyalarni qabul qilish va taqsimlash

Xizmat xatlari-muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xizmat xatlari tashkilotda ish yuritish jarayonida qo’llanuvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatan 80 foizini tashkil etadi.

Xizmat xatlari xususiyatlariga ko’ra o’zaro farqlanadi. Xatlarni bajarilgan vazifasiga qarab quyidagi turlirga bo’lish mumkin:

  1. javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so’rov xatlar, eslatma xatlar);


  2. javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).


Ushbu xatlar ma’lum bir maqsadda yoziladi, masalan kafolat xatlarda-kafolat berish ifodalansa, ilova xatlarda-xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi. Biroq shunday xatlar ham uchraydiki, aynan bir xat mazmunida ham kafolat berish, ham iltimos, ham eslatish ma’nolari ifodalanadi.


Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi. Maxsus bosma ish qog’ozlari bo’lmagan holda xizmat xatlari muassasaning xos ish qog’oziga yoziladi. Xat oddiy qog’oz varaqqa yozilsa, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo’natayotgan muassasa nomi ko’rsatilgan to’rtburchak muhr qo’yiladi.
Zaruriy qismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish qog’ozlarida zaruriy qism avval o’zbek tilida, quyida esa, rus tilida beriladi. Zaruriy qism uzunasiga (bo’yicha) joylashgan bosma ish qog’ozlarida chap tomonda o’zbek tilida, o’ng tomonda rus tilida beriladi.
Xizmat xatlari kuyidagi zaruriy qismlarni o’z ichiga oladi: 1 - O’zbekiston gerbi;
  1. - muassasa emblemasi;


  2. - aksi ifodalangan mukofotlar; 4 - vazirlik, boshqarma nomi;


5 - tashkilot nomi;


7 - respublika tasniflagichi bo’yicha hujjatlarning xos raqami; 8 - muassasaning xos raqami;
9 - pochta, telegraf manzili, bankdagi hisob-kitob raqami; 10 - sana;
11 - kelgan hujjat shartli raqami qo’yiladi; 12 - hujjatning kelish raqami qo’yiladi;
13 - hujjat jo’natiladigan manzil (adres ko’rsatiladi); 14 - munosabat belgisi ko’rsatiladi;
  1. - nazorat haqida belgi qo’yiladi;


  2. - matn sarlavhasi (xatning qisqacha mazmuni) ilova qilinadi; 17 - ilovalar haqida belgi qo’yiladi;


  1. - imzo qo’yiladi;


  2. - rozilik belgisi (viza) qo’yiladi;


  3. - kelushuv haqidagi belgi qo’yiladi;


  4. - bajaruvchi haqidagi belgi va uning telefon raqami qo’yiladi; 23 - bajarilganlik haqidagi belgi qo’yiladi.


Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o’zaro bog’liq bo’lgan uch qismdan iborat bo’ladi. 1- kirish qismida, odatda, xat bilan tegishli muasssasga murojat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko’rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo’yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi. Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko’zlangan asosiy maqsad ifodalanadi.


Xizmat xatlari imkoni boricha qisqa bo’lishi, qoidaga ko’ra, xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim.
Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Birinchi nusxa jo’natilib, ikkinchi nusxa muassasaning o’zida saqlanadi. Agar xat ikki va undan ortiq makonga yo’llansa, xat jo’natilayotgan asosiy muasssasa yoki rahbar xodimning nomidan so’ng boshqalari beriladi. Birgina hujjatda uni oluvchining nomi to’rttadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari, odatda, muassasa nomiga yuboriladi. Faqat masalaning hal qilinishi bevosita rahbarga bog’liq bo’lsa, xat rahbar nomiga jo’natilishi mumkin.
Da’vo xat. Ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlar-da’vo xatlar yoki da’vonomalar deyiladi. Da’vo xatlar ijara pudrati, qurilish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo’yicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda o’z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.
Ilova xat. Xatni qabul qilib oluvchilarni jo’natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qo’yiluvchi qisqacha xabar qog’ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng tarqalgan. Muassasalarda bunday xatlar shartnoma loyihalarini, ziddiyatli majlis bayonlarini, da’vo materiallarini jo’natishda qo’llaniladi.
Iltimos xat. Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat oraqali iltimos qilish mumkin. Muassasalar o’rtasidagi bunday o’zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko’p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning xos ish qog’oziga yoziladi va albatta jo’natilish sanasi va jo’natma tartib raqami ko’rsatiladi.
Kafolat xati. Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bir turi qoidaga ko’ra bajarilgan ish uchun haq to’lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo’natiladi.
Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridek, odatda, idoraning xos ish qog’oziga yoziladi.
So’rov xat. Javob talab qiladigan banday yozishmalarda ma’lumotlar, hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so’raladi.
Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so’rovlar aks etmasligi kerak. Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo’lishi lozim. Faqat shu holdagina yo’llangan so’rovga tez va mukammal javob olish mumkin.
So’rov xati odatda, ikki asosiy qismdan-kirish va xulosadan iborat bo’ladi. Kirishda so’rovni yuborilish sababi ko’rsatiladi, xulosa qismida esa xat yo’llangan tashkilotdan javob talab qilinayotgan masalalar kiritiladi.
Tasdiq xat. Ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so’rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi.
Tasdiq xatning qaysi xatga javoban bitilganligi iloji boricha aniq ko’rsatilishi kerak.
Bunday xat matnida qo’llanuvchi asosiy so’zlardan biri “tasdiqlamoq” fe’lidir.
Tasdiq xatlar o’z vaqtida jo’natilsa, eslatma xatlar uchun hech qanday ehtiyoj sezilmaydi. Natijada xizmat yozishmalarning hajmi qisqaradi.
Farmoyish xat.-bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo’llangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko’pgina sohalarida qo’llanaladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarni bir necha manzilga etkazishdir.
Farmoyish xatlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, u tashkilot qaromog’idagi korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi.
Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi ko’proq joyni egallaydi. Shu sababdan ham ularda xat yo’llanayotgan tashkilotlarni umumiy nomi yozilishi maqsadga muvofiqdir.
Eslatma xat. Jo’natilgan iltimos va so’rov xatlarga javob olinmasa, shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilgan yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma xat yuboriladi.
Mazkur xatlar mazmuni jihatdan uncha katta bo’lmaydi. Ular mazmun va hajmi jihatdan telegrammalarga yaqin turadi.
Odatda, eslatma xat bir yoki ikki jumladan iborat bo’lib, kotib yoki referant tomonidan imzolanadi.

Konvertlarni qabul qilish


Ochiq konvertlarni, qo’yilmalarni tekshirish

Xatlarni «Shaxsiy» belgisi ostida firma ishchilariga berish



Oldindan ko’rib chiqish (saralash, belgilash)




Hujjatni kelib tushganligini qayd etish (kiruvchi shtamp)


Ro’yxatga olish

Hujjatlarni qism tuzilmalarini direktor o’rinbosariga berish



Boshqaruvchiga hujjatlarni (ma’ruza)ni berish

Hujjatlarni boshqaruvchi tomonidan ko’rib chiqilishi (rezolyutsiya)
Rezolyutsiyadan qayd qilish jurnali yoki kartochkasiga ma’lumot (axborot) kiritish

Hujjatlarni ijro etuvchiga berish

Hujjatlarni ijro etilishini nazorat qilish

Hujjatlarni ijro etish

Hujjatlarni xizmat papkasiga tikib qo’yish


Yüklə 178,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə