O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


Bildirishnomaning zaruriy qismlari



Yüklə 178,88 Kb.
səhifə16/37
tarix29.11.2023
ölçüsü178,88 Kb.
#141008
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

Bildirishnomaning zaruriy qismlari:

  1. Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.


  2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.


  3. Hujjat turining nomi (bildirishnoma).


  4. Matn sarlavhasi.


  5. Bildirishnoma matni (mazmuni).


  6. Qancha varaqligi ko’rsatilgan ilovalar ro’yxati (agar ilova bor bo’lsa).


  7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo’lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).


  8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo’yiladi).


Ko’rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilishi shakli jihatdan bildirishnomalar xizmat ma’lumotlari (spravka)ga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda asosan talab qilingan, so’ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.


Bildirishnoma tayyorlangan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli bo’lmog’i kerak. Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, bo’lib o’tgan voqea-hodisalarga, qonunchilik ko’rsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bildirishnomalarda bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida o’rganish yoki sinab ko’rish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilinishi zaruriy hisoblanadi.
Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat bo’lmog’i kerak. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo’lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi lozim. Ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq harakatlar haqidagi takliflar aks etmog’i zarur. Mutaxassislarning fikricha, bunday harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomonidan qilinishi (boshlanishi) kerak.
Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq bir vaqt oralig’iga taalluqli bo’lsa, xuddi malumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan “1999 yil 31 iyuldagi holatga ko’ra” yoki “2000 yilning 1 yanvaridan 1 sentyabrgacha bo’lgan davr uchun”. Bu ma’lumotlarni matn sarlavhasiga qo’shib yuborish ham mumkin.
Bildirishnoma namunalarining (Maxmudov N. va b. O’zbek tilida ish yuritish. - T.: O’zbekiston Sovet Entsiklopediyasi Bosh redaktsiyasi. 1990 (50-55 betlar) qaralsin) deyarli barchasi ariza shakliga o’xshash yozilgan. Bildirishnomaning yana bir shakli ham borki, unda tarkibiy qismlarning joylashishi bir oz boshqacharoq. Bunday bildirishnomalarda muassasa, tarkibiy bo’linma nomi, hujjat nomi, uning yozilish sanasi hamda matn sarlavhasi qog’oz varag’ining yuqori chap burchagiga yoziladi, bildirishnoma yo’llanayotgan shaxs nomi o’z o’rnida, ya’ni varaqning yuqori o’ng burchagiga yoziladi.
Agar bildirishnoma mantiqan va mazmunan to’g’ri, ishonarli dalil va isbotlar bilan yozilsa, uning har ikkala shaklidan ham foydalanaverish mumkin.






Yüklə 178,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə