O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


Dalolatnomaning zaruriy qismlari



Yüklə 178,88 Kb.
səhifə24/37
tarix29.11.2023
ölçüsü178,88 Kb.
#141008
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

Dalolatnomaning zaruriy qismlari:

    1. Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo’linma nomi.


    2. Tuzilgan sanasi va joyi.


    3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur bo’lganda).


    4. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).


    5. Matn sarlavhasi.


    6. Hujjat tuzish uchun asos (buyruq, qaror, qo’llanma).


    7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolari).


    8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).


    9. Dalolatnoma matni.


    10. Ilovalar (necha betligi ko’rsatiladi).


    11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.


    12. Ijro haqidagi belgi.


Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo’shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish - topshirish chog’ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatdor buyumlar, hujjatlar sanab o’tiladi (ilovalarda), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.


Dalolatnomaning zaruriy tarkibiy qismlarining joylanishi:
Dalolatnomaning mazkur shakli umumiy holatini aks ettiradi. Biroq ba’zi hollarda zaruriy qismlarning o’rni boshqacharoq bo’lishi ham mumkin. Chunonchi, hujjat nomi varaq o’rtasida, tuzilgan sanasi hujjat nomi ostida chap tomonda, tuzilgan joyi esa o’ng tomonda yozilishi mumkin.

Dalolatnoma matni murakkab tuzilishiga ega bo’lib, kirish va ta’kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tashkil topadi.


Dalolatnomaning ta’kid qismida hay’at tomonidan amalga oshirilgan ishlarni maqsad va vazifalari, mohiyatga va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishiga asos bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta’kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi. Dalolatnoma matni so’ngida uning necha nusxaligi ko’rsatiladi.
Ishonchnoma - bu muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o’z nomidan ish ko’rishi uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o’z mazmuniga ko’ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
Muayyan ish harakatini bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar shaxsiy va rasmiy (xizmat) turlariga bo’linadi.
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:
  1. Ishonchnoma beruvchi muassasa nomi.


  2. Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi).


  3. Ishonchnoma berilayotgan shaxsning lavozimi va to’liq nomi (ismi, otasining ismi, familiyasi).


  4. Qimmatdor buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi.


  5. Ishonchnomaning berilish sababi.


  6. Ishonchnomaning amal qilish muddati.


  7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosi namunasi.


  8. Modiy-buyum boyliklari oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjat nomi (pasport, guvohnoma).




Shaxsiy ishonchnomaning eng keng tarqalgani pul olish uchun yozilgan ishonchnomadir. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo’lda, yoziladi, lekin unda albatta, quyidagi-zaruriy qismlar bo’lmog’i lozim:
  1. Hujjatning nomi (ishonchnoma).


  2. Ishonch bildiruvchining to’liq nomi (ismi, ota ismi, familiyasi).


  3. Ishonchli shaxsning to’liq nomi.


  4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko’rsatish).


  5. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo’lgan muassasaning nomi.


  6. Ishonch bildiruvchining imzosi.


  7. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.


  8. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr.


Agar ishonchnoma beruvchi va berilgan shaxslarning har ikkalasi bir muassasada ishlasa (o’qisa), pul yoki qimmatdor buyumlarni ishonchnoma bilan olishda ishonch bildirilgan kishining shaxsiyatini belgilovchi hujjat (pasport, guvohnoma) ko’rsatilishi shart emas. Boshqa hollarning barchasida shart.



    1. Yüklə 178,88 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə