O’quv-uslubiy mаjmuа tuzuvchilari: Odilova N. G. – Tdpu masofaviy ta’lim kаfеdrаsi dotsent v/b. Tаqrizchilar


MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə163/167
tarix07.10.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#126204
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167
46263 UMK PSIXOLOGIYA nazariyasi va tarixi

2. MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Qobiliyatlar deganda ... tushuniladi:
a) insonni baholash imkonini beradigan harakatlar;
b) voqelikni o‘zgartirgan holatda aks ettirish jarayonidan boshqa narsa emas;
v) bilim va malakalar orttirishga aloqador bo‘lgan insonning individual xususiyatlari;
g) u yoki bu faoliyatga yaroqlilikda namoyon bo‘ladigan va undagi samarani belgilaydigan individual-psixologik xususiyatlar.
2. Nishonalar qobiliyatlar rivojlanishining anatomik-fiziologik shartlari sifatida:
a) hayot davomida shakllanadi;
b) ko‘pchilik ma’noga ega;
v) muayyan faoliyat mazmuniga yo‘naltirilgan;
g) barcha javoblar noto‘g‘ri.
3. U yoki bu faoliyat turiga qobiliyatning mavjudligidan dalolat beradilar:
a) muayyan faoliyatga o‘qitishning past maromi;
b) ushbu faoliyatni bajarishda katta quvvatning sarflanishi;
v) faoliyatni bajarishning individual o‘ziga xosligi;
g) yo‘nalganlik bilan aloqaning mavjud emasligi.
4. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanishining yuksak darajasi:
a) qobiliyatlilik;
b) geniallik;
v) iste’dod;
g) nishonalar.
5. Quyida keltirilgan qobiliyatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sharoitlarning qaysi birini faoliyat sharoitlari deb atash mumkin?
a) nazariy va amaliy to‘plangan tajriba va bilimlar;
b) ma’lum maqsadlarni bajarish va turli xil o‘yinlar, o‘qitish, mehnatning bajarilishi bilan bog‘liq faollik;
v) emotsionallik, ta’sirchanlik;
g) bilimdonlik.


MUSTАQIL TА’LIM MАSHG’ULОTLАRI
Mustaqil ta’lim mavzulari



  1. 1

Psixologiya nazariyasi va tarixi haqida tushuncha

  1. 2

Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

  1. 3

XVIII-XIX asrlarda psixologiyani rivojlanishi

  1. 4

XIX –XX asrlarda xorijda psixologiyani rivojlanishi

  1. 5

Yangi psixologik maktablarni shakllanishi va rivojlanishi.

  1. 6

Strukturalizm.

  1. 7

Vyusburg maktabi.

  1. 8

Fransuz psixologiya maktabi.

  1. 9

XX asrda psixologiyani rivojlanishi

  1. 10

Bixeviorizmga umumiy tavsifnoma.

  1. 11

Neobixeviorizmni yuzaga kelishi va rivojlanishi.

  1. 12

Geshtaltpsixologiyaga umumiy tavsif.

  1. 13

Psixoanaliz va uning rivojlanishi.

  1. 14

K.Yungning analitik psixologiyasi.

  1. 15

Adlerning individual psixologiyasi.

  1. 16

Gumanistik psixologiyaga umumiy tavsif.

  1. 17

Rodjers va Franklning psixoterapevtik va nazariy konsepsiyasi.

  1. 18

Genetik psixologiya. Rossiyada psixologiyani rivojlanishi.

  1. 19

O‘zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va motivatsiya muammosi

  1. 20

Psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  1. 21

Psixologiyaning asosiy metodlari.

  1. 22

Psixika haqida tushuncha

  1. 23

Hayvon psixikasining rivojlanishi

  1. 24

Ong va uning taraqqiyoti.

  1. 25

Ongsizlik muammosi.

  1. 26

Faoliyatning psixologik tavsifi

  1. 27

Faoliyatning psixologik nazariyalari

  1. 28

Shaxs haqida tushuncha.

  1. 29

Shaxs borasidagi nazariyalar

  1. 30

Biogenetik nazariya

  1. 31

Sotsiogenetik nazariya

  1. 32

Rossiya psixologiyasida shaxs rivojlanish masalasi

  1. 33

Shaxs faolligi haqida tushuncha

  1. 34

Diqqat haqida tushuncha

  1. 35

Diqqat turlari

  1. 36

Diqqat xususiyatlari

  1. 37

Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar

  1. 38

Diqqatning rivojlanishi.

  1. 39

Diqqatning buzilishi. Parishonxotirlik, diqqatning yoshga bog‘liq rivojlanishi.

  1. 40

Sezgi haqida tushuncha

  1. 41

Sezgi turlari

  1. 42

Sezgining xususiyatlari va tavsifi

  1. 43

Sezgilar borasidagi nazariyalar

  1. 44

Sezgining rivojlanishi

  1. 45

Idrokning umumiy tavsifnomasi

  1. 46

Idrok xususiyatlari va turlari

  1. 47

Idrokning individual farqlari va uning rivojlanishi

  1. 48

Fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish.

  1. 48

Xotira haqida tushucha va tavsifi

  1. 49

Xotira turlari

  1. 50

Xotira jarayonlari va mexanizmlari

  1. 51

Xotiradagi individual farqlar va xotira tasavvurlari

  1. 52

Xotira borasidagi nazariyalar

  1. 53

Tafakkur haqida tushuncha

  1. 54

Tafakkur operatsiyalari

  1. 55

Tafakkur shakllari.

  1. 56

Tafakkur turlari

  1. 57

Tafakkur sifatlari.

  1. 58

Xayol xaqida tushuncha

  1. 59

Xayol jarayonlari

  1. 60

Xayol turlari

  1. 61

Xayol sifatlari

  1. 62

Hissiyot haqida tushuncha

  1. 63

Hislarni kechirish shakllari

  1. 64

Yuksak hislar

  1. 65

Iroda haqida tushuncha

  1. 66

Irodaviy akt va uning tuzilishi

  1. 67

Shaxsning irodaviy sifatlari

  1. 68

Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni

  1. 69

Shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi

  1. 70

O‘quv motivlari –bilish motivlari, ijtimoiy motivlar

  1. 71

Temperament haqida tushuncha

  1. 72

Temperament xususiyatlari

  1. 73

Xarakter haqida tushuncha

  1. 74

Xarakter tarkibi

  1. 75

Xarakter aksentuatsiyasi

  1. 76

Qobiliyat haqida tushuncha

  1. 77

Qobiliyatlar tarkibi

  1. 78

Talantning paydo bo‘lishi va rivojlanishi

Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi.
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
Tаlаbаlаrning mustаqil ta’limi hаr bir mа`ruzа mаvzusi аsоsidа tаshkil etilаdi. Fаnni o‘rgаnish jаrаyonidа mustаqil ta’limning bir nechа turlаridаn fоydаlаnilаdi:

  1. аdаbiyotlаr bilаn ishlаsh;

  2. ijоdiy ish;

  3. bа`zi mаvzulаr bo‘yichа referаtlаr tаyyorlаsh.

GLOSSARIY


ingliz

рус

o‘zbek

Izoh

Mind

Психика

Psixika

Bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik.



Mental processes

Психические процессы

Psixik jarayonlar

U yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.



Mental situation

Психическое состояние

Psixik holatlar

Psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.



Psychology

Психология

Psixologiya

Odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.



Determinism

Детерминизм

Determinizm

(lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot



Behaviorism

Бихевиоризм

Bixeviorizm

uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. «Bixeviorizm» ingliz tilida “hulq-atvor” degan ma’noni bildiradi.

Freudism

Фрейдизм

Freydizm

venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko‘ra hayvonga o‘xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga aylantirdi.

Gestaltpsychology

Гештальтпсихология

Geshtaltpsixologiya

Geshtaltni inglischa tarjimasi “Konfuguratsiya” yoki oddiy kilib “uyishik butun”. Shuning uchun geshtalt-psixologiyasi atomistik va molekulyar yondashuvlarga karshi tura oladi. Bu bilan birgalikda inson murakkab bulaklarning kolleksiyasi yoki element kilib emas buyumni butun kabul kiladi. Geshtalt-psixolog , sezgilar yoki idrok ma’nosi har doim umumiy vaziyat bilan bog’lik. Narsa jinsdagi alokadek kabul kilinadi

Principle

Принцип

Tamoyillar

Tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajribama’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi.



Identification

Идентификация

Identifikatsiya

Ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.



Clinics method

Клинический метод



Klinik metod



Eksperimental va differensial usullar odatda insonning hatti-harakatlarini umumiy faktlarini o’rganishga qaratilgan bo’lsa,klinik usul esa individual xususiyatlarni o’rganishga qaratilgan. Kliniik usul qo’llanilishida atrof-muhit shifoxona ruhida bo’lganligi.sababli, bemor o’zini shifoxonadagidek sezadi, ya’ni shifoxonada insonlar davo topganidek, u ham maslahat olishini davodek qabul qiladi.



Psychophysical method

Психофизические методы



Psixofizik metod

Psixologiyada jismoniy va ruhiy holatlar bog’liqligini o’rganadigan bo’lim psixofizika deb nomlanadi. Shu ma’noda, psixofizika atamasiga ba’zi psixologik holatlar (masalan vazn, yorqinlik va shovqinni his qilish kabilar)ni o’rganishda fizik moslamalarni qo’llashni kiritishimiz mumkin. Uyqu, oraliq xotira kabi boshqa qiyin psixologik hodisalarni o’rganishda ham psixofizika qo’l keladi.



Nervous system

Нервная система

Nerv tizimi

Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ



Neuron

Нейрон

Neyronlar

nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi



Brain

Мозг

Miya

yuqori tashkil etilgan materiya

Endocrine systym

Эндокринная система

Endokrin tizimi

Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan.



Instinct

Инстинкт

Instinkt

U yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor.



consciousness

Сознание

Ong

Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi



Synapse

Синапс

Sinaps

aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi.

Synapse call

Синаптический промежуток

Sinaptik oraliq

akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq.



Heritability

Наследственность

Irsiyat

organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir.



Axon

Аксон

Akson

tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi

Dendrite

Дендрит

Dendrit

neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi

Gen

Ген

Jins

– psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri va erkak yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir

Attribution theory

Теории атрибуция

Attributsiya nazariyasi

bu biz boshqalar xulq-atvorini idrok etishimiz. Bu teoriyaga asosan insonning aniq bir holatda xulq-atvorini baxolashimizda unga ta’sir qiluvchi tashqi omillar, yoki ichki omillar ( ustanovkalar, mativlar, shaxsiy sifatlar) haqidagi hulosamiz.



The attitude

Аттитюд (Установка)

Attityud

inson tomonidan ijtimoiy ob’yekt, inson yoki vaziyatning qimmatini, mazmun-moxiyatini, manosini his qilish.



Roll

Роль

Roll

aniq ijtimoiy mavqeyga ega kishining kutilgan hatti-harakatlarini bajarishi. Ijtimoiy rollarning shaxs shakillanishiga ta’siri juda katta. Shaxs o’zi bajarayotgan ro’llar tufayliy, turliy munosabatlarga kirishadi

Egocentricity

Эгоцентризм

Egosentrizm

(lot. “Ego” — men va “centrum” — doira markazi)— insonning o‘z fikr-o‘ylari, manfaatlari doirasida qotib qolganligi, buning oqibatida atrof-muhitga va odamlarga oid bilimlarini hamda o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligi.



Alturizm

Альтуризм

Altruizm

hech qanday manfaatni kutmagan holda boshqalarga yordam berish..



Adaptation

Адаптация

Adaptatsiya

shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayotgan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi.



Discrimination

Дискриминация

Diskriminatsiya

umumiy tushunchada tan olmasliknimaqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituvchi har qanday ajratish, tahqirlash yoki cheklash.



Tolerance

Толерантность

Tolerantlik

kengfe’llik ma’nosida “tolerantia” so‘zidan olingan bo'lib, o’zgalarning xulq-atvori, e’tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ularini bildiradi.



Aggression

Агрессия

Agressiya

boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan fel-atvorning har qanday shakli.

Auto-agresive behavior

Аутоагрессивное поведение

Autoagressiv xulq-atvor

agressivlikning bir shakli bo‘lib,unda agressiya shaxsning o'ziga qarshi yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Emotion

Эмоция

Emotsiya

shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.



Activity theory

Теория активности

Faollashtirish nazariyasi

Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir.



Will

Воля

Iroda

shahsning ongli harakatlarida, o'z-o'zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo'lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni engib chiqishda namoyon bo'ladigan ihtiyoriy faolligidir.

Jifferiness

Чуство

Hissiyot

Bu juda murakkab psixik hodisalar. Ahamiyatga ega bo‘lgan hissiyotlarga quyidagi emotsional holatlar turlarini kiritish mumkin: hissiyot affektlari, kayfiyatlar, ehtiroslar, stresslar, frustratsiyalar, hissiyotlarning emotsional toni, emotsional munosabat.



Affect

Аффект

Affekt

sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat.

Mood

Настроение

Kayfiyat

bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat.



Stress

Стресс

Stress

inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.



Frustration

Фрустрация

Frustratsiya

tushkunlik, ma’lum maqsadga erishishda umidlarning parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og‘ir kechinmasi.

Sensation

Ощущениe

Sezgi

atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini

Analyzer

Анализатор

Analizator

tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.

Prosopagnosia

Просопагнозия

Prosopagnoziya

Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi

Perceptions

Восприятиe

Idrok

sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi.

Observation

Наблюдательность

Kuzatuvchanlik

kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyati.



Apperception

Aппeрцeпция

Appersepsiya

idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir.



Absolute limit

Абсолютная граница

Absolyut chegara

Biron bir qo‘zg‘atuvchini namoyon qilish muhim bo‘lgan, quyi qo‘zg‘atuvchi.



Attention

Внимание

Diqqat

psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi.



Voluntary attention

Произвольное
внимание


Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə