O’quvchi shaxsi tarbiyaning ob’yekti va sub’yekti sifatida


Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar



Yüklə 64,52 Kb.
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü64,52 Kb.
#115274
1   2   3   4
O’quvchi shaxsi-WPS Office

Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.

Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.

Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:

  • 1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o'sishi sodir bo'Iadi.
  • 2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o'zgartirish mumkin.
  • 3. Shaxs kamolotining asosiy omillari
  • 4. Tashqi qiyofa, qon aylanishi, oliy nеrv faoliyati
  • 5. Til o`rganishda, urf-odatlarni egallash

Tarbiya - istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga olishga bog'liqdir. Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim.

Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ong­li faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir.

Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xusu-siyat va o'xshashliklarning nasl (bola)ga o'tish jarayoni. Nasldan naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amailar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham nasldan naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan ernas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettirdi, xolos. Layoqat go'yo «mudroq» holatda bo'lib, uning «uyg'onishi» — rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq.


Yüklə 64,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə