O'quvchilarni katta sportga yo'naltirishda harakatli o'yinlarning ahamiyati reja: kirish i-bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlar


Xulosa.....................................................................................................................39



Yüklə 72,56 Kb.
səhifə2/12
tarix18.05.2023
ölçüsü72,56 Kb.
#111083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO\'NALTIRISHDA HARAKATLI O\'YINLARNING AHAMIYATI

Xulosa.....................................................................................................................39
Foydalanilgan adabiyotlar ...................................................................................42
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi bilan tub ijtimoiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Zamon nafasiga qarab emas, balki xalq ta’limining barcha tarmoqlarida ta’lim uslubini bir kolipchilikda qotip qolgan eski yunalishdan voz kechib, yangicha ta’limni joriy etishni davrning o’zi taqozo edi. Bu borada, ayniqsa, milliy maktab yaratish va shu bilan ta’lim hamda tarbiyaning yangi qirralariga asos solish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Endilikda ro’y berayotgan barcha ishlar har jabhada sifat o’zgarishlar yasashni taqozo etadi. Barcha sohalar qatorida respublika xalq ta’limi tarmog’i, jumladan uning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy tarbiya va sport mutahassislari oldiga ham muhim vazifalarni ko’ndalang qo’yayotir. Bunday vazifalar yillar davomida to’planib qolgan muammolarni bosqichma-bosqich hal qilishga kirishishi, uning moddiy bazasini yanada mustahkamlash, o’sib kelayotgan o’zining o’lmas misralari bilan bizga xalqning Buyuk qudratini, bitmas-tuganmas xazina ekanligini eslatadi: «Xalq dengizdir, xalq kuchdir». Negaki, u xalq farzandi, u xalq bilan nafas oladi, uning qo’shig’i, qalbi bo’lib kuylanadi, raqsga tushadi, sheryurak bo’lib maydonda kurash tushadi. Huddi shu paytda ularning qalbini xalqning milliy faxrini tashkil qilgan umrboqiy, qadimiy, betakror o’yinlar to’ldiradi: «Oq terakmi, Ko’k terak», «Do’ppi tepar», «Ko’chmak» va boshqalar.
Xalq har bir o’yinni asrlar osha yaratdi, sayqal berdi va takomillashtirdi, o’zining eng yahshi o’yinlarini saralab keyingi zurriyodiga bahshida ayladi.Ular yoshlarni tarbiyalashning asosiy vositasi bo’lib xizmat qildi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash masalasi maktabda oxirgi yuz yillikda kiritildi, ungacha yuz va ming yillab jismoniy tarbiyalash masalasi ming yillab jismoniy barkamolikni mehnatdan tashqari, asosan kichikdan to kattagacha hamma bajonidil ishtirok etib kelgan xalq o’yinlari va jismoniy mashqlar ta’minlab keldi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Yosh avlodni jismoniy barkamol shaxs sifatida voyaga etkazish, mazkur sohani yangi davr talablaridan kelib chiqib, mamlakatimiz shart-sharoitlariga moslashtirish, uni iloji boricha milliylashtirishdan iborat. Qadimgi vaqtlardan beri xalq hayotiy mazmunining madaniy, iqtisodiy, siyosiy, maishiy tomonlarini o’zida mujasamlashtirib kelgan, narsa- bu xalq o’yinlari va milliy jismoniy mashqlar edi. Ilk zamonlarda ularning ko’pi mol boqish, yovvoyi hayvon, qush va baliqlarni ovlashga qaratilgandi. Tariximiz, boy madaniyatimiz, hozir ham o’z xususiyatlarni yuqotmagan an’analarimiz, urf-odatlarimiz urug’lari o’sha davrlarda sepilgan.
Biz xalqimizning juda ko’p shonli an’analarini boy berdik, lekin an’anaviy xalq o’yinlari, raqslari va sport turlari butunlay yo’qolib ketgan emas. Xalq uni o’z farzandini e’zozlagani kabi avaylab, qalb qo’rini berib, saqlab kelmoqda. Qanchalik ta’qiqlashar necha kishi yaratgan emas, uni xalq yaratgan , shuning uchun ham u asrlar osha yashayveradi.


Yüklə 72,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə