O'quvchilarni katta sportga yo'naltirishda harakatli o'yinlarning ahamiyati reja: kirish i-bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlar


Umumta’lim maktablarida milliy harakatli o’yinlarni uyushtirish milliy ongni shakllantirish omili sifatida



Yüklə 72,56 Kb.
səhifə5/12
tarix18.05.2023
ölçüsü72,56 Kb.
#111083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO\'NALTIRISHDA HARAKATLI O\'YINLARNING AHAMIYATI

1.3 Umumta’lim maktablarida milliy harakatli o’yinlarni uyushtirish milliy ongni shakllantirish omili sifatida.
Oldimizga qo’yilgan vazifani hal etish uchun, biz Buxoro shahridagi 30-son maktabning o’quvchilariga surov varaqasi tarqatib, ularning milliy harakatli o’yinlarga bo’lgan munosabati, o’yinlarning qaysi umumta’lim maktablarida o’quvchilar bilan o’zbek milliy harakatli o’yinlarni tashkil qilishda ma’naviy tarbiyaning o’rni, muammolarini o’rganganimizda, biz bu masalani faqatgina nazariy jihatdan ilmiy-tadkikot ishlarini olib bordik. Turlarini bilishlari milliy harakatli o’yinlarni o’tkazishda ma’naviy tarbiya qanday o’rin egallashini aniqlash uchun ilmiy pedagogik tadqiqot o’tkazdik. Ishning tahlilida biz tadqiqotlarda keng qo’llanadigan bir qancha uslublardan foydalandik:
-milliy harakatli o’yinlardan samarali foydalanish tizimiga oid sinf tajriba ishlari;
-o’quvchilar tarbiyasiga milliy pedagogika elementlari sifatida harakatli o’yinlarning ta’sirining tadqiqi:
-moddiy jihozlar tahlili:
Umumta’lim maktablarida o’quvchilar bilan o’zbek milliy harakatli o’yinlarini tashkil qilishda avvalo quyidagi vazifalarni hal etish maqsad qilib qo’yiladi:
-o’quvchilarning milliy harakatli o’yinlar orqali jismoniy ko’nikma va malakalarini oshirish;
-o’quvchilarda milliy ma’naviy axloqiy sifatlarni shakllantirish;
-unutilib ketgan milliy harakatli o’yinlar to’g’risida axborot bankini yaratish va muntazam to’ldirib borish.
Umumta’lim maktablarida olib borgan tadqiqotimizdan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ulug’ ajdodlarmiz qoldirgan tabarruk meroslardan badan tarbiya bobida oqilona foydalanish ularni kundalik badan tarbiya mashg’ulotlariga, maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab o’quvchilarning jismoniy tarbiyasi va sportiga tadbiq etish, har qaysi bosqichdagi ta’lim tarbiya ishlarining dasturi va qo’lanmalarini yangidan ishlab chiqishni taqozo qiladi. Bo’lajak dastur va qo’llanmalar o’quvchilarning ruhiy holati va hususiyatlarni chuqur tahlil etish xoslik negizini shakllantirishi kerak. Har qanday jamiyat tarakkiyoti Vatan ravnaqi, ta’lim va tarbiya bilan mustahkam bog’lanishi , ular xalq ruhi bilan sug’orilmog’i kerak, aks holda bu jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Milliylashtirilgan maktablarda jismoniy tarbiya fanidan qiz va o’g’il bolalarni alohida o’qitish milliy an’analarimizdan kelib chikadi. O’g’il bolalar kelajakda ota, uyning boshchisi, oila boshlig’i bo’ladilar. Shuning uchun jismoniy mashqlarni, milliy o’yinlar va xalqning turmush tarzi, hayotiy zarur bo’ladigan malaka va ko’nikmalarni bevosita shakllantiradigan va taraqqiy ettiradigan harakatlar tanlab olinishi kerak. Jismoniy tarbiya qizlarimizning iffatli, iboli, hayoli va nazokatli, ko’rkam, o’g’illarni kuchli, chidamli, or-nomusli qilib tarbiyalamogi zarur.
Jismoniy tarbiyaning takomillashtirish xususida asosan quyidagilar nazarda tutilmog’i tavsiya etiladi:
1.Umumta’lim tizimidagi jismoniy tarbiyani moddiylashtirish chog’ida o’lkamiz iqlimi va joylashuvi, milliy an’analarga xos hususiyatlari, maktablarning o’quv sport bazasi imkoniyatlaridan kelib chiqmoq zarur.
2.O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashda majburiy mashqlar o’rniga milliy xalq o’yinlari sanok va raqslari , jismoniy mashqlar hamda milliy sport turlarini saralab olib, ularning hajmi, yunalishi va ta’sirchanligini belgilab, bosqichma bosqich amalga oshirish lozim.
3.Jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashkari o’quv jarayonlarining ona tilidan yani o’zbek tilida olib borish, barcha buyruk va ko’rsatmalarni o’qituvchi tomonidan to’g’ri talaffuz etilishi, jismoniy mashq atamalarni ona tiliga tarjima qilish masalalarini hal etish kerak.
4.O’quvchilarning qizikishi, yosh va jins xususiyatlari, jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasini kuzatish, shu asosda milliy jismoniy mashqlarni qayta ishlab, zamonaviy , mukammal, jismoniy mashqlar va sport turlaridan uyg’un ravishda tarbiyalash o’rinlidir.
5.Milliy xalq o’yinlari, jismoniy mashqlar va milliy sport turlari tizmini ishlab chiqib, ommabop musobaqalar hamda bahslar uyushtirish yaxshi natija beradi.
6.Jismoniy tarbiyani milliylashtirish haqidagi hamfikr kishilar kuchini bir maqsad sari birlashtirish, ilmiy- tadqiqot ishlarini shu yo’nalish buyicha muvofiklashtirish zarur.
10.Maktablarda jismoniy tarbiya fanidan qiz va o’g’il bolalarni alohida o’qitishni yo’lga qo’yish, ularni o’qitish va tarbiyalashda milliy an’analar, qadriyatlarimiz, dinimiz va e’tiqodlarimiz mazmunidan kelib chiqmog’imiz lozim.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qiz va o’g’il bolalarning arzon, ixcham, keng va qulay qilib tiqilgan milliy liboslarda qatnashishlariga erishish lozim.

Yüklə 72,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə