O'quvchilarni katta sportga yo'naltirishda harakatli o'yinlarning ahamiyati reja: kirish i-bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlar


O’zbek milliy haraktli o’yinlarni o’tkazish uslublari



Yüklə 72,56 Kb.
səhifə6/12
tarix18.05.2023
ölçüsü72,56 Kb.
#111083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO\'NALTIRISHDA HARAKATLI O\'YINLARNING AHAMIYATI

1.4 O’zbek milliy haraktli o’yinlarni o’tkazish uslublari.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan milliy o’yin va milliy sport xillari xalq salomatligi manfaatlari yo’lida tiklanmoada. Xalq ruhiga yaqin bo’lgan merosimiz mahsuli milliy sport xillari tarbiya va o’quv muassasalari dasturidan keng joy olsa, o’zbek xonadoniga jismoniy tarbiya va sport kirib boradi, yoshlarning jismoniy, aqliy, ma’naviy kamolotida benihoya katta foyda keltiradi.
Milliy o’yinlarning kamsitilishi va yo’qotilishi, unutilgan ma’naviyatimiz qatorida tarbiya ishida, aholining salomatligini saqlash sohasida og’ir salbiy oqibatlarga olib keladi. Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi konun (14 yanvar 1992-yil ning qabul qilinishi munosabati bilan bu boradagi qadriyatlarimiz va an’analrimiz ham tiklanmoqda.
Burgut va burgutcha. O’yinchilar «Burgut» va «Burgutcha» ni tanlaydilar. Maydon o’rtasida kichik doira «Burgutcha» ga uy chiziladi. Doiraning o’rtasiga voleybol yoki futbol to’pi qo’yiladi. Undan bir metr narida kvadrat (1h1 m) da «Burgut» joylashadi. Maydoning bir tomonidan «Uy» ikkinchi tomonidan «Yo’lakcha» ajratiladi. O’yinchilar -kichik qushchalar «Uy» ichiga joylashadilar.
Rahbar «Oldinga» deb buyurishi bilan «Qushchalar» «Burgutcha»ning uyi tomon yuguradilar va qo’riklab turgan to’pni olib qochmoqchi bo’ladilar, «Burgutcha» esa doiradan chiqmasdan ularni tutishga harakat qiladi, (buning uchun u qo’li bilan «qushchalar»ga tegsa bas). «Burgut esa butun maydon bo’ylab «Qushcha»larni tutib «Burgutcha»ga yordam beradi. Tutilgan «Qushchalar» qarama-qarshi tomondagi yo’lakchaga borib turadilar. Qushchalarning birortasiga «Burgut» va «Burgutcha» ga yordam beradi. Tutilgan «Qushchalar» qaram-qarshi tomondagi yo’lakchaga borib turadilar. Qushchalarning birortasi «Burgut» va «Burgutcha» ga tegilmasdan to’pni «uy» tomonga olib qo’chishga erishsa, unda o’yin tuxtatilib , yangi «Burgut» va «Burgutcha» tanlanadi. Hamma qushchalar tutilib, qolgan paytda esa boshlovchilar o’z o’rinlarida qoladilar va o’yin qayta takrorlanadi.
O’yin sharti : 1. «Qushcha» Lar ham, «Burgutcha» ham doira chizigini bosib utolmaydilar. Bu koida buzilganda to’p joyiga qo’yiladi.
2. Agarda «Qushcha» yo’lakcha yoki chiziqlarga to’pni olib borguncha «Burgutcha» yoki «Burgut» tomonidan tutilmasa u g’alaba qilgan bo’lib hisoblanadi.
3. «Burgut» maydondagi hamma ( to’pli, to’psiz ) o’yinchilarni tutishi mumkin.
4.Qushchalar to’pni bir-biriga uzatib olib qochishlari mumkin.
Gardish poylash. O’yinda bir necha kishi qatnashadi. Bolalarning bir devor, taxta yoki bino burchagi orqasiga yashirinib, taxtadan (temirdan, plastindan) moslangan kichik elak kattaligidagi gardishni chirpirak qilib tepaga ketma-ket otib turadi. Bunda gardish merganlarga qulay qilib otilishi lozim. Merganlar chirpirab uchayotgan gardishni muljalga olib tosh yoki kesak otadilar. Kim gardishga ko’proq tosh tekkiza olsa u yutgan hisoblanadi. Bolalar bu o’yinni odamlardan chetroqda uynashlari lozim.
Don tuyish. Bolalar milliy taomlar tayyorlash uchun don tuyish (yanchish) da bahslashadilar. Bahs uchun tayyorlangan og’irlar va tuyishga ajratilgan donlarning sifati va miqdori bir xil bo’lishi lozim. Bunda keksa momolar, tajribali kelinlar ishboshi bo’ladilar. G’oliblarni aniqlashda ham ular hakamlik qiladilar. Ovqat pishirish, bahor oylarida sumalak, halim singari milliy taomlarni tayyorlashda kelida don tuyish asosiy ish hisoblanadi. Ajratilgan donni kelida tez tuygan bola bahsda g’olib chiqadi.
Bu bahsda bola foydali mehnatga o’rganadi. Lekin bu mehnatning og’irligi yuk, chunki bu musobaqa tarzida o’tkaziladi. Bajarilgan ish qatnashuvchiga quvnoqlik, xursandchilik, yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi. Kelida don tuyishni yaxshi uddalagan o’g’il-qizdan uning ota-onasi ham mamnun bo’ladi.
Yog’och kesish. Yogoch kesish bahslari o’smirlar o’rtasida katta qiziqish uyg’otadi. Buning uchun qatnashuvchilar soniga qarab guruhlarga bo’linadilar. Ularning ixtiyoriga bir xil kattalikdagi arralar beriladi. Ularning o’tkirligi ham nisbatan bir xil bo’lishi kerak. Ular signal bilan yo’g’onligi bir hil bo’lgan harilarni arralashga tushadilar. Harilarni oldin arralab bo’lgan bolalar yutgan hisoblanadi. Bu baho yogochni tez kesishga – foydali mehnatga o’rgatadi. Natijada bolalar ro’zgor uchun yog’och kesish ishlarini bajarishga intiladilar.
Zuv-zuv.1-variant.Yugurish chizig’i oldida o’pkani to’ldirib nafas olinadi va «Zuv –v-v-v» deb ovoz chiqargan holda yuguriladi. G’alaba bir nafas olib eng uzoq masofga yugurganga beriladi.
2-variant.Bir sportchi ikkinchisini elkasiga utirib oladi va «zuv-v-v-v» deyishni boshlashi bilanoq uni ko’tarib olgan sportchi oldinga yuguradi. Bir nafas olishda eng uzoq masofaga yugurgan juft bolalar g’olib chiqqan hisoblanadilar.
Kuyov sinash. Asosiy ko’pchilikni tashkil qilgan mashqlar qatori kuyov sinash ham odamning ish qobiliyatini, bardoshini, kuchni oshirishga o’rgatadi. Qizning otasi yigitni kuyov qilishga moyil bo’lsa unga darahtlari kesilib to’nkasi qolgan maydonni ko’rsatadi va shu to’nkalarning ma’lum qismini tagi bilan kovlab, ko’chirishni va uni sarjin qilib tahlashni shart qilib qo’yadi. To’nka kovlash ham, uni yorib o’tin qilish ham abjirlik, chin ishbilarmonlik talab qiladi.

Yüklə 72,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə