O'quvchilarni o'rtoqlik va do'stlik hissida tarbiyalash. Reja


Amerika Qo’shma SHtatlari



Yüklə 34,07 Kb.
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü34,07 Kb.
#148011
1   2   3   4   5   6   7
O\'quvchilarni o\'rtoqlik va do\'stlik hissida tarbiyalash

Amerika Qo’shma SHtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o’z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o’yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko’pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o’ynalgan o’yinchoqlar bilan to’lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go’dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan», degan so’zlarni har kuni eshitgan holda o’sishadi. Maqsad – mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko’r! Sen, albatta, buni uddalaysan! CHunki sen zo’rsan!» deya qo’llab-quvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o’zining mevasini beradi.

SHvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o’z huquqlari va majburiyatlari bor. SHuningdek, shvedlardagi bag’rikenglik, o’zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo’lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo’lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi.
8-sinfdan boshlab o’quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o’tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo’llari, jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog’at yoshida o’smirlar bilishi zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.


Angliyada bolalar bosqichma-bosqich tarbiyalanishadi. CHunki bu yerda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko’pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. SHuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e’tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o’zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo’lishni, o’z hissiyotlarini yashirishni o’rgatishadi. Angliya shaharlarining ko’chalarida bolasini erkalayotgan ota-onani kamdan-kam uchratish mumkin.
Talabalar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:



    • Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish.

    • O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish.

    • O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

    • O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etish ko’nikmasini hosil qilish.

    • O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish.

    • O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini shakllantirish.

    • Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.



Yüklə 34,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə