O'quvchilarni o'rtoqlik va do'stlik hissida tarbiyalash. Reja



Yüklə 34,07 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü34,07 Kb.
#148011
1   2   3   4   5   6   7
O\'quvchilarni o\'rtoqlik va do\'stlik hissida tarbiyalash

Mavzuning ahamiyati












Ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ja­miyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayo­tidagi o’rni.





Insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalangan barkamol shaxs bo’lib rivojlanishiga turli illatlarning salibiy ta’siri.


1.




1.




2.




2.




3.




3.




4.




4.




5..




5..






Blits-so’rov

  • Ma’naviy barkamol inson tushunchasi sizningcha.

  • Qanday sifatlar manaviy-axloqiy sifatlar sanaladi?

  • Qanday inson axloqiy yetuk hisoblanadi?

  • Ma’naviy qadriyatlar degani nimani anglatadi?

  • Mehnat qilish, bilim olish, kas­biy va hayotiy tajribani oshi­rish tushunchalariga ta’rif bering.

  • Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes-rejaga ega bo’lish nima?

  • Saxovatlilik tushunchasini izohlab bering.


5-ilova

«Qarama-qarshi munosabat» metodi. Guruhlarda ishlarni tashkil etish


Kishi %


O’g’il bola


Qiz bola


2-kurs


3-kurs


4-kurs


Jami

O’z tarixini yaxshi bilish


67,9

69,6

70,3

67,4

66,9

68,4

Milliy qadriyatlarni hurmat qilish


64,5

72,0

68,0

63,2

69,1

66,5

Milliy g’ururi yuksaklik


35,8

36,6

38,2

34,4

35,2

36,0

Millatlararo, dinlararo bag’rikenglik


26,3

31,7

26,0

29,0

28,0

27,7

Tajovuzkor kuchlarga qar­shi kurashuvchanlik


15,2

13,7

26,0

29,0

28,0

27,7

Oq ko’ngillik


14,4

13,2

12,5

15,8

13,7

14,1

Halollik


37,1

30,5

32,6

35,5

39,7

35,4

Kamtarlik


8,7

8,7

9,7

8,8

6,9

8,7



Sizning fikringizcha, yuksak ma’navyatli insonga qanday fazilatlar mansub?


Kishi %


O’g’il bola


Qiz bola


2-kurs


3-kurs


4-kurs


Jami

Poraxo’rlik


63,7

54,9

61,5

60,3

60,0

61,4

Tamagirlik


27,5

23,6

26,4

26,8

26,2

26,5

Manmanlik


45,5

43,2

46,1

44,4

43,7

44,9

Ikkiyuzlamachilik


46,6

62,0

50,6

49,1

52,6

50,5

Sotqinlik


47,1

48,8

50,0

47,6

43,3

47,5

Boqimandalik


12,5

14,5

11,0

13,6

16,5

13,3

Loqaydlik


28,5

30,4

29,1

29,7

27,5

28,9



Odamlarda Sizga yoqmaydigan eng salbiy illatlar nimalardan iborat?

Oila haqida tushuncha.Oilakishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko’rinadi. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida mavjud bo’lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar:
II. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar.

Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog’ida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ma’naviy-axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini ta’minlash kafolati bo’lgan ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin.



    • «Siz o’z farzandingizni qay darajada bilasiz?» nomli so’rovnoma mazmuni quyidagicha:

    • Farzandingiz ushbu o’quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

    • Farzandingizni so’nggi o’quv yilidagi o’zlashtirish darajasi Sizni qoniqtiradimi?

    • Farzandingizning fanlarga bo’lgan munosabati qanday?

    • Uning fanlarga bo’lgan qiziqishini baholay olasizmi?

    • Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik o’rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki qanday?

    • Farzandingiz mansub bo’lgan mikro hamda makro muhitning ma’naviy-axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do’stlashgan, ularning ma’naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi?

    • Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta’sir ko’rsatganliklarining guvohi bo’lganmisiz?

    • Uning oilada tutgan o’rni qanday?

    • O’quv yurti yoki oila o’rtasida vujudga kelgan shaxsiy ziddiyatlari bormi?


Oila muammolari. Bular quyidagilardan iborat:

    • ota-onalarning pedagogik bilimlardan yetarli darajada xabardor emasliklari;

    • o’tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog’lanib qolib, o’qishga bo’lgan qiziqishlarining susayganligi;

    • zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuьterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta’siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi;

    • axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda berahmlilik kayfiyatining paydo bo’layotganligi;

    • o’quvchilarning o’quv adabiyotlari bilan to’la qurollantirilmaganligi;

    • noto’liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar.


Yaponiyada ona va bola juda yaqin. Bu yaqinlik maishiy hayotda ham aks etadi: ona va bola birga uxlaydi, ona bolani uzoq vaqt ko’tarib yuradi. Birga uxlash va bolani ko’tarib yurish haqida yapon badiiy adabiyotida ko’plab eslatmalarni topish mumkin. Ona-bola aloqasi hissiy darajada aks etadi: ona bola qilayotgan hamma narsani mehr, sabr va g’amxo’rlik bilan qabul qiladi. besh yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Bu ko’plab xorijliklar o’ylaganidek irodasizlik va bo’ysunmaslik emas. Bu bolada “men yaxshi va sevimliman” tushunchasini hosil qilish hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, yapon ta’lim muassasalarida nafaqat ta’limga, balki tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi mavjud emas.
Qoidaga ko’ra, bola tarbiyasi bilan ona shug’ullandi. Ular bolalar bilan ko’p vaqt o’tkazadi. Yaponlar bolani uch yoshdan oldin bolalar bog’chasiga berish kerak emas, deb hisoblaydi. Biroq bunda kengaytirilgan oilaga katta ahamiyat beriladi: bolalar bobo va buvilar hamda boshqa qarindoshlar bilan faol muloqotda bo’ladi. Avlodlar o’rtasidagi munosabatlar ta’sirchanlik va diqqatga asoslanadi, bu yerda keksalarning fikrlari tinglanadi. Yapon ayollari o’z navbatida bolalarning sezgirligini hurmat qiladi. Ular bolalarga ortiqcha bosim o’tkazmaydi, uyaltirmaydi, balki bolakaylarning hissiyotlarini uyg’otadi. Misol uchun, agar bola mashinani sindirib qo’ysa, yapon ona “Mashinaning joni o’g’riyapti, u hozir yig’laydi”, — deydi. Yevropalik ona esa “Bunday qilma, bu yaxshi emas. Mashinani sotib olish uchun qancha ishlash kerak”, — deydi.


Germaniya Bu yerda ko’pchilik 30 yoshga yaqinroq farzandli bo’ladilar. CHunki bo’lajak bolalari uchun ota-ona to’kin hayot ta’minlab berishlari lozim. Germaniyada bo’lajak ona homiladorligi vaqtidayoq farzandini 3 yoshlik davrigacha katta qilishda ko’maklashadigan enaga izlashni boshlaydi. 4 yoshligidan bolani “o’yin guruhiga” olib boriladi. Bu bola boshqa bolalar bilan muloqat qilib, to’g’ri rivojlanishi uchun qilinadi.

Frantsiya Bu davlatda bolalarni ertaroq bog’chaga berib yuborishar ekan. Bu ona o’z ishida malakasini yo’qotib qo’ymaslik sababi bilan qilanadi. Undan tashqari bu davlatda bolalar bog’chada tezroq rivojlanishiga ishonadilar. Deyarli chaqaloqlik vaqtidan yasliga, bog’chaga keyin esa maktabga beriladi. SHu sababli Frantsuz bolalari juda ham erta mustaqil bo’lib qolishadi. Ular o’zlari maktabga borishadi, hattoki o’zlariga kerakli narsalar sotib olib, ovqat ham tayyorlaydilar. Buvi va buvajonlar esa o’z nabiralarini faqatgina ta’til va bayramlarda ko’ra oladilar.

Italiya Bu yerda aksincha an’anaga ko’ra buvi va buvajonlar o’z nabiralariga qaraydilar. Italiyada bog’chaga ota-onasi yo’qlar yoki bo’lmasa ishbilarmon buvilarga ega bolalar boradilar. Bu yerda katta e’tibor oilaviy ovqatlanib o’tirishlarga beriladi. Hamma yaqinlar dasturxon atrofida yig’ilganlarida, katta bir to’y bazmi bo’layotganlikka o’xshab ham ketadi.

Britaniyaliklar farzandlarini juda ham qattiqqo’llikda tarbiyalaydilar. Kichik vaqtdanoq ota-onalar farzandlariga aniq chegaralar, talablar qo’yib, o’z his-tuyg’ularini nazorat qilishlarini o’rgatadilar. Ota-onalar farzandlariga bo’lgan mehrlarini unchalik bildirmaydilar va ularni juda ham erkalatib yuborishmaydi. Buning hammasi esa bolada yaxshi fe’l-atvor va oliyjanoblikni shaklanishiga poydevor bo’ladi deb fikrlaydilar.


Yüklə 34,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə