O‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja


Nafosat ongning tarkibiy qismlari o‘ziga xos murakkab tuzilishiga egadir



Yüklə 286,98 Kb.
səhifə3/4
tarix20.06.2023
ölçüsü286,98 Kb.
#118138
1   2   3   4
Jismoniy va estetik tarbiya

Nafosat ongning tarkibiy qismlari o‘ziga xos murakkab tuzilishiga egadir:
Nafosat ongi
Nafo
sat
his-tuyg‘u
si
Nafo-
sat idroki
Nafo-
sat bilimi
Nafo-
sat mulohhazai
Nafo-
sat bahosi
Nafo-
sat ideali
Nafosat madaniyati go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichidir. Nafosat ongi go‘zallikni qadrlash va uni boyitish yo‘lidagi amaliy harakatni keng ko‘lamda tashkil etish asosida takomillashib boradi.
  • Nafosat didi shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’ektiv nafosat o‘lchovi bo‘lib, go‘zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda sub’ektiv yondashuvni ifodalaydi. Did sanaladi. Xullas, maktab o‘quvchilari o‘rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalar beradi

Nafosat tarbiyasining vositalari. Nafosat tarbiyasining vositalari o‘quvchilarning go‘zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi.
Oila go‘zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni tarbiyalashda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Turmush go‘zalligining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinfxonalarida tozalik saqlanishi, tabiat burchagining tashkil etilishi, o‘quvchilar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, a’lochilar taxtasi tizimining yangilatib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Badiiy adabiyot nafosat tarbiyasida cheksiz imkoniyatlarga ega. U o‘quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o‘rgatadi. O‘quvchilarga o‘zbek va chet el adabiyoti haqida ko‘proq ma’lumot beriladi. O‘quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari – maqol, matal, ertak, doston, qo‘shiq, qissa va romanlarni qanchalik ko‘p o‘qisa ularda go‘zallikka bo‘lgan intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan tanishish tahlil qilish o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, his-tuyg‘ulari va til boyligin takomillashtiradi.
O‘quvchilarning go‘zallik bilan bevosita muloqotda bo‘lishlari ularga ko‘proq hissiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan asarlar va tabiat manzaralari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Tasviriy san’at, haykaltaraoshlik va me’moriy asarlar namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish ularda simmetriya, mutanosiblik, chiziqlar, rang va kolorit uyg‘unligini idrok etish tuyg‘ulariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘quvchilar e’tiboriga ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi musiqiy asarlarning havola etilishi, ulardan olinayotgan taassurotlar bilan o‘rtoqlashish ularda musiqiy ohang, ritya, tovushlarning ifodaviyligi va sur’atini his etish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Adabiy asarlar esa o‘quvchilarning nutq boyligi oshirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish, shaxsiy qarashlarini erkin bayon etishga imkon beradi.
Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o‘quvchilarda nafosat his-tuyg‘usi, fikr-mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, go‘zallikni sevishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojini o‘stirishdan iborat.

Yüklə 286,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə