Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784


HUNAR AHLIKIM, HUNARLARIN KO`RGUZMAK AYBDURUR VA



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142959
1   2   3   4
35 Nurulloyeva Dilfuza Jasur qizi 226-229

HUNAR AHLIKIM, HUNARLARIN KO`RGUZMAK AYBDURUR VA 
EL AYBIN YOPMOQ HUNAR


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(6), June, 2023 
228 
Erur ahli hunar qoshinda hunar 
Ayb yopmoq, dog`i hunar topmoq. 
Hunarin elning oshkor etmak, 
Yo`q esa bari aybini yopmoq.
Har bir davrda ham har xil toifadagi insonlar yashab o’tgan. Navoiy davrida 
ham har xil fe’l–atvorli kimsalar bo’lib, o’zining yurish-turishi, odob-axloqi
ma’naviyati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hazrat Navoiy olam va odam 
muammolari haqida o’z fikr va qarashlarini o’zining “Mahbub ul-qulub” asarida 
keltirib o’tgan. Bu muammolar insoniyat va olam o’rtasidagi azaliy muammolardan 
biri hisoblanadi. Didaktik yo’nalishdagi har qanday asarlarda inson va uning 
ma’naviy qiyofasi ko’rsatiladi. Qit’ada olam ahli qoshida kimningdir aybini yopmoq 
bu eng buyuk hunardir,deydi hazrat Navoiy. Kimningdir aybini oshkor qilmoqdan 
ko’ra uni ayblarini yashirmoq har bir mo’min-musulmon uchun eng ezgu 
fazilatlardan biridir. Ana shunday g’oyalar Navoiyning boshqa asarlarida ham o’z 
isbotini topgan. Xususan, “Mahbub ul-qulub” asarida: “Yaxshiliklarni topmoq - 
yedirmoqdir; ayblarini yashirmoq - kiydirmoqdir” degan satrlarida ham shu fikrlarni 
anglashimiz mumkin. Bilamizki, Sharq adabiyoti didaktik yo’nalishidagi asarlari 
bilan G’arb adabiyotidan farq qiladi. Shayx Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston” asari ana 
shunday asarlardan biri hisoblanadi. Mazkur qit’adagi g’oya bilan keltirgan 
misolimiz o’xshash. Qiyoslang: 
Ayb qidirmaslik haqida 
Ta’bi aybjo’ylik bo’lsa agar bas
Tovus oyog’idan boshqasin ko’rmas. 
Tozalik axtargil,ey o’zi xira 
Ne ko’rsatar ko’zgu gar yuzi xira! 
Barcha aybin yuzga solma,ey g’addor, 
Sening ham aybingni ko’rsatuvchi bor. 
Insonlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular ayb topib, boshqalarning 
kamchiliklari ustidan kulib, sal biror narsada qoqilsa, unga yomon munosabatda 
bo’ladilar. Afsuski, bu azaliy muammolar bizning zamonamizda ham uchrab turadi. 
Bunday insonlarning g’ofiligi oldida har qanday inson ko’ngli bir shisha kabi sinishi 
mumkin. 
Navoiyning bundan besh asr avval ilgari surgan g’oyalari bugun ham o’z 
dolzarbligi va ahamiyatini yo’qotmay kelayotgani insonni hayratga soladi.Shunday 
ekan bu qit’alarni yosh avlodga o’rgatib har bir dars jarayonida hikmatlarni tatbiq 
etishimiz lozim. Xoh adabiyot darsi bo’lsin, xoh tarix darsida ushbu asarlarga 
murojaat etishimiz zarur. Uning hikmat darajasiga ko’tarilgan har bir baytini 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə