Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142959
1   2   3   4
35 Nurulloyeva Dilfuza Jasur qizi 226-229

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(6), June, 2023 
227 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Navoiygacha bo’lgan o’zbek adabiyotida qit’a namunalari Hofiz Xorazmiy 
“Muhabbatnoma” (1 ta), “Bang va chog’ir munozarasi” (2 ta) mavjud bo’lsa-da, bu 
janrning yuqori mavqeyga ega bo’lishi Navoiy nomi bilan bog’langan. Navoiy 
qit’alari poetikasi uchun xos bo’lagn yangiliklardan biri ularning har biri maxsus 
sarlavhaga ega bo’lganidadir. Qit’anavislikdagi bunday an’ana faqat forsiy 
shoirlardan Anvariy (1090-1170/75) va turkiynavis shoirlardan Alisher Navoiy 
devonlaridagina uchraydi. Biz bu o‘rinda Alisher Navoiy hazratlarining qit’alarini 
sharh-u bayon etishni maqsad qilib, shoirning insoniy-axloqiy munosabatlarining 
ulug’ligini yana bir bor anglashga urindik. Ushbu maqola orqali Alisher Navoiy 
qit’alarida umuminsoniy g’oyalar aks etganini ta’kidlamoqchimiz.
YUQORI O`LTURMOQ TALASHQUCHILARKIM
HINDUI DIDBON 
ALARDIN YUQORIROQ DURUR
UCHAR QO`NG`UZ ILGARIROQ
Yuqori o‘ltururni kim tilasa, 
Kishilikdin ani yiroq bilgil, 
O‘lturur safda yuqorilikdin 
O‘lturur safda yaxshiroq bilgil.
Alisher Navoiy o’zining asarlarida hukmdorlar, mansab egalari haqida juda ko’p 
yozgan. Bu o’y-xayollar orzusida juda ko’p obrazlar yaratgan. Masalan, “Hayrat ul-
abror” dostonidagi Shoh Goziy hikoyatida shohning adolatpeshaligi oldida hatto ona 
ham o’z da’vosidan kechishi, yoki “Majolis un-nafois” asrining yettinchi majlisi 
Salotin bobida deb nomlanishining o’zida ham sultonlar va ularning davlat ishlaridagi 
amallari aytib o’tilgan.
Navoiy o’zining orzusidagi hukmdor qanday bo’lish kerakligini o’zining asarlari 
orqali yaratgan obrazlari yordamida ifoda etgan. 
Yuqoridagi qit’ada ham hayotda faqat amal-mansab ilinjida yurib shuning 
orqasidan boylik orttirib, o’zini, o’zligini unutadigan shaxslar hozirgi zamonamizda 
ham topiladi. Chunki mansab va boylik o’tkinchi bu bilan mast bo’lib qolmaslik zarur. 
Orttirgan qudrat va martabasining bahosi yo‘q va umri esa vafosizdir. Demak, nafsi 
pok va aqli sof kimsa bu mastliklardan o‘zini behush qilmasligi va o‘zini bunday 
ishlardan yiroqda tutishi adolat so’rab kelgan har bir xalqning dardiga darmon 
bo’lishi kerakligini uqtirgan. Shu sababdan ham ”yuqori o‘ltirurni» tilagandan ko‘ra 
oddiy odamlar qatorida turish afzalroqdir, deydi hazrat Navoiy. 
Alisher Navoiyning mazkur qit’asida ham inson va uning tabiati, fe’l-atvori 
haqida fikrlarni ko’rishimiz mumkin. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə