Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix11.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#86622
1   2   3   4   5   6   7   8
uchinchi-renessans-haqida-ba-zi-mulohazalar

Uchinchi  Renessansning 

umumiy 

xususiyatlari  haqida  tahlil  olib  borildi.  Renan  “Dialogues  fragments 

philosophiques”nomli o’quv qo’llanmasi metodologik manba bo’lib belgilandi.

 

MUHOKAMA VA

 

NATIJALAR

 

Ma’lumki,  G‘arb  adabiyotlarida  Yevropa  mamlakatlarida  keskin  madaniy 



yuksalishga  olib  kelgan  XV-XVII  asrlarni  Renessans  –  Uyg‘onish  davri  nomi  bilan 

yuritadilar.  Masalan,  XIX  asrda  yashagan  fransuz  olimi  Jozef  Ernest  Renanning 

fikricha,  “Absolyut  tizimlar  zamoni  o‘tdi.  Ilgari  har  bir  olim  o‘z  sistemasiga  ega 

bo‘lib,  uning  uchun  yashar  va  kerak  bo‘lsa  jonini  berar  edi.  Endi  biz  ularning 

barchasini birin-ketin yoki bir varakayiga o‘rgana olamiz”

2



Biroq  ko‘pchilik  mualliflar  Sharqda  shunday  jarayon  bo‘lganligidan  ko‘z 

yumadilar.  Holbuki,  IX-XII  asrlarda  Markaziy  Osiyoda  Yevropadan  bir  necha  asr 

ilgari  madaniy  yuksalish  yuz  berganligini  hech  kim  inkor  eta  olmaydi.  U 

Yevropadagidek  yangi  siyosiy-iqtisodiy  jarayon,  ya’ni  burjua  munosabatlarining 

vujudga  kelishi  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  bo‘lsa-da,  madaniyat  tarixida  so‘nmas  iz 

qoldirdi va Yevropa Renessansining vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 

SHuning  uchun  biz  IX-XII  asrlardagi  Markaziy  Osiyo  madaniy  yuksalishini 

Uyg‘onish davri, aniqrog‘i ilk Uyg‘onish davri madaniyati deb atashga to‘la asosimiz 

bor.  Bu  ilk  Uyg‘onish  davri  madaniyati  siyosiy-iqtisodiy  jihatdan  Yevropa 

mamlakatlaridan  farqli  o‘laroq  mustaqillikka  erishish  va  bu  mintaqada  mustaqil 

davlatlarning vujudga kelish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. 

Bu  davrda  yashagan  mutafakkirlarning  deyarli  barchalariga  quyidagi 

xususiyatlar  xos  edi:  madaniyatning  o‘tmishda  erishgan  yutuqlarini,  xususan, 

qadimgi  Yunon,  Hind,  Xitoy  merosini  chuqur  o‘rganish  va  uni  ijodiy  rivojlantirish, 

tabiatni  o‘rganishga  qiziqishning  ortishi  va  tabiiy  fanlar  taraqqiyoti  (astronomiya, 

geografiya,  riyoziyot  (matematika),  meditsina  va  hokazo);  ratsionalizm,  ya’ni  aqlni 

haqiqatning  mezoni  sifatida  tan  olish  va  buning  natijasida  mantiqiy  rivojlantirish, 

                                                           

1

 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. Халқ сўзи. 



2020 йил 30 декабрь. №276. 2-бет. 

2

 Renan “Dialogues fragments philosophiques” – “Фалсафий диалоглар ва парчалар”. Ф., 1876, р. VIII-IX. 





Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə