Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix11.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#86622
1   2   3   4   5   6   7   8
uchinchi-renessans-haqida-ba-zi-mulohazalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • March
Oriental Renaissance: innovative, 

educational, natural and social sciences

 

 

VOLUME 1 | ISSUE 2 

ISSN  2181-1784

 

 

 



158 

w

www.oriens.uz

 

2021



 March 

 

 

aqidaparastlikni  rad etish  va  hurfikrlilikning  rivojlanishi; insonparvarlikni ulug‘lash, 



insonning axloqiy, ma’naviy go‘zalligini, kamoloti Allohning yuksak in’omi sifatida 

talqin etilishi, so‘z san’atiga muhabbat, ilmiy asarning badiiy shakliga alohida e’tibor 

berilishi, qomusiy bilimlarga ega bo‘lishlik. Bu davrda yashagan mutafakkirlar fan va 

san’atning  ko‘p  sohalarini  chuqur    bilgan  allomalar  bo‘lganlar.  Bu  davrda  Yaqin 

Sharqda  Al-Ma’mun  xalifalik  qilgan  davrda  (813-833)  davlat  ilm-ma’rifatning 

o‘sishiga yordam berdi. 

Bag‘dodda,  sungra  Damashqda  astronomik  rasadxonalar  qurildi.  Bag‘dodda 

“Bayt  ul-hikma”  (“Donishmandlar  uyi”)  tashkil  etildi.  Bu  ilm  dargohlarida  O‘rta 

Osiyolik  olimlar  faol  ishtirok  etdilar.  XI  asrning  boshlarida  Xorazmda  mashhur 

“Ma’mun akademiyasi” tashkil qilindi. Bu yerda Beruniy atrofiga o‘sha zamonning 

bir  guruh  olimlari,  jumladan,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Nasr  ibn  Iroq,  shuningdek, 

faylasuf  Abu  Saxl  Masihiy,  tabib  Abul  Xayr  Hammar  va  boshqa  olimlar  ko‘plab 

ilmiy izlanishlar olib bordilar.  Bu davrda tabiiyot ilmi, panteistik falsafa bilan birga 

islom  ilohiyoti  ham  keng  rivojlandi.  Muhaddis  sifatida  butun  musulmon  olamida 

mashhur Imom Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, kalom ta’limotining asoschilari Abu 

Mansur  Moturidiy  va  Burhoniddin  al-Marg‘inoniy  hamda  Abu  Homid  Muhammad 

al-G‘azzoliylar islom dini rivojiga katta hissa qo‘shdilar. 

Ikkinchi Renessans – Sohibqiron Amir Temur va temuriylar sulolasi hukmronlik 

qilgan (XV-XVI asrning birinchi yarmi) davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yashab, ijod 

etgan  olim  va  mutafakkirlar  Sa’diddin  Taftazoniy,  Mir  Sayyid  Sharif  Jurjoniy, 

Muhammad  Tarag‘ay  Ulug‘bek,  G‘iyosiddin  Jamshid  al-Koshiy,  Alauddin  Ali  ibn 

Muhammad  Qushchi,  Abdurahmon  Jomiy,  Nizomiddin  Mir  Alisher  Navoiy, 

Kamoliddin  Husayn  Voiz  Koshifiy,  mashhur  tarixchilar  Mirxojd  va  Xondamir, 

rassomlar  Kamoliddin  Behzod  va  shoh  Muzaffarlarning  nomlari  dunyoga  mashhur 

bo‘lgan. Bu davrda davlatni boshqarishda din va tasavvuf qoidalariga alohida e’tibor 

berildi.  Ahmad  YAssaviy  va  Bahouddin Naqshband ta’limotlari  ma’naviyat  rivojida 

muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Ilm-fan  rivojlantirildi,  me’morchilik  san’ati  yuksak 

darajaga  ko‘tarildi.  Amir  Temur  Ko‘ksaroy  masjidi,  Shohizinda,  Bibixonim 

madrasasini  qurdirdi.  Keshda  (Shahrisabz)  Oqsaroy  barpo  etildi.  Mirzo  Ulug‘bek 

davrida  Registonda,  keyinchalik  Buxoro  va  G‘ijduvonda  madrasalar,  Bibixonim 

masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Ulug‘bekning falakiyot rasadxonasi qurildi. Ilm-fan, 

xususan,  falsafa,  mantiq  ilmi  rivojiga  katta  e’tibor  berildi.    Buning  natijasida  XIV-

XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o‘qitish huquq va tilshunoslik 

fanlari  bilan  bog‘liq  holda  olib  borildi.  Buyuk  falakiyotchi  olim  va  davlat  arbobi 

Muhammad  Tarag‘ay  Ulug‘bek  matematika,  astronomiya,  geometriya,  tarix,  kimyo 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə