Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix11.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#86622
1   2   3   4   5   6   7   8
uchinchi-renessans-haqida-ba-zi-mulohazalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • March
Oriental Renaissance: innovative, 

educational, natural and social sciences

 

 

VOLUME 1 | ISSUE 2 

ISSN  2181-1784

 

 

 



159 

w

www.oriens.uz

 

2021



 March 

 

 

va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Uning eng mashhur asari “Ziji jadidi 



Ko‘ragoniy”da  1118  yulduzning  o‘rni  va  holati  aniqlab  berilgan.  Ulug‘bek  Quyosh 

va  Oy  harakatlarini,  ularning  tutilish  vaqtlarini  to‘g‘ri  hisoblab  chiqqan.   U  atrofiga 

iqtidorli  yoshlarni  to‘plab,  o‘zining  ilmiy  maktabini  yaratdi.  Sharq  Renessansining 

ikkinchi  davrida  yaratilgan  falsafiy,  badiiy  tafakkur  rivojining  yorqin  namunasi 

Alisher Navoiy ijodida o‘z ifodasini topgan

3



Sharq  Renessansi  haqida  ko‘plab  asarlar  yozilgan.  Ularda  o‘sha  davrlarda 

Sharqda Islom ilmlari bilan bir qatorda ijtimoiy, tabiiy fanlar ham rivojlangani qayd 

etilgan.  Bu haqda shveysariyalik  mashhur  sharqshunos  Adam  Metsning  “Musulmon 

Renessansi”  asaridan  ma’lumotlarni  olish  mumkin.  Mazkur  asar  IX-X  asrlarda 

musulmon  sharqida  yuz  bergan  madaniy  rivojlanishning  tarixiga  bag‘ishlangan. 

Masalan,  unda  qayd  etilishicha,  “Keyingi  o‘zgarishlarning  sababi  shunda  ediki, 

huquqshunoslik  ilohiyotdan  ajralib  chiqib,  olimlar  guruhi  bir-biriga  dushmanlik 

ruhida  bo‘lgan  ikki  guruhga  bo‘linib  ketdi,  ya’ni  faqihlar  (fuqiho)  va  olimlar 

(ulamo)”.   Birinchi guruh atrofiga bir parcha non topish umidida bo‘lgan juda ko‘p 

talabalar  to‘plandi,  negaki,  kimki  huquq  va  urf-odatlarni  o‘qib  olsa,  ular  yordamida 

qozilik va voizlik joyini egallashi mumkin edi. Bu to‘g‘rida o‘zining yaxshi iboralari 

bilan  mashhur  bo‘lgan  al-Johid  shunday  deydi:  “Biz  o‘z  tajribamizdan  shunga 

ishonamizki,  kimki  ellik  yil  davomida  hadislarni  o‘rgansa  va  Qur’onni  sharhlashni 

bilsa  ham  u  faqihlar  jumlasidan  hisoblanadi  va  qozilik  lavozimiga  erisha  olmaydi. 

Bunga  u  shu  vaqtdagina  erisha  oladiki,  agar  u  Abu  Hanifaning  va  unga 

o‘xshashlarning amaliy faqihlik iboralarini yoddan o‘rganib olsa va u bunga bir-ikki 

yilda erisha oladi. Ko‘p o‘tmay bunday odamni shahar yoki hatto viloyat qozisi etib 

tayinlashlari mumkin”

4



Dunyoviy  fanlarning  bilimdoni  ilohiyotchidan  o‘zining  kiyimi  bilan  ham  farq 



qilar va “kotib” deb atalar edi. Ilohiyotchi taylason kiyimini kiyar ediki, u uzun bo‘lib 

to‘pig‘igacha tushar edi. Kotiblarning tayanchi dunyoviy ilmlar o‘lkasi bo‘lgan Fors 

bo‘lib,  uning  poytaxti  SHerozda  ilohiyotchilardan  ko‘ra,  ularga  katta  ehtirom 

ko‘rsatilar edi. 

Har  bir  nazarga  ilinadigan  masjid  huzurida  o‘zining  kitobxonasi  bo‘lar  edi, 

negaki,  shunday  odat  mavjud  ediki,  o‘lim  oldidan  o‘z  kitoblarini  masjid 

kutubxonasiga  berishni  vasiyat  qilar  edilar.  Aytishlaricha,  Marv  shahridagi 

                                                           

3

 Қаранг: Жаҳон фалсафаси қомуси “Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти” нашриёти. Тошкент-1916, 2-



жилд, 510-бет. 

4

 Адам Мец. Мусульманский Ренессанс. Изд-во “Наука”. Главная редакция Восточной литературы. М., 1966, 



144-145-бетлар. 



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə