O'rta asrlarda va uyg'onish davrida xirurgiya sohasida Sharq mamlakatlari



Yüklə 28,79 Kb.
səhifə2/2
tarix06.02.2023
ölçüsü28,79 Kb.
#100257
1   2
referat kk

ANTISEPTIKA VA ASEPTIKA

Hindiston, Falastin va Yunoniston tabiblari jarohat yiringlashiningasosiy sabablaridan biri iflos qo'lning ta’siridir, deb bejiz aytishmagan.Gippokrat va Ibn Sino jarohatlami bog'lash va yuvib tozalashda faqatqaynatilgan suvdan, jarohatdan chiqayotgan suyuqlikni tez surib oladigantoza dokadan foydalangan. Shuningdek, tozalash sifatini oshirish uchununi vino bilan to‘yintirgan. 1363-yilda Mondevil Gi De Sholpak va boshqashifokorlar antiseptik moddalar sifatida spirt, sirka kislota, qoramoy,skipidar, simob kabi moddalardan foydalanishgan va o‘sha davrlarda hamjarohatlar tez va birlamchi bitgan.Ammo ko‘p tadqiqotchilarning fikricha,jarohatning yiringlashi tabiiydeb hisoblangan va uning sabablaridan biri chirishni keltirib chiqaradiganinfeksiya deb hisoblashgan. B akteriologik davrning (1878)boshlanishigacha operatsiya qilingan bemorlarning yarmi saramas,piyemiya, gazli gangrena yoki jarohat difteriyasidan halok bo'lar edilar.Malgani m a’lumotlari bo'yicha XIX asr o‘rtalarida Parijda 5 yil ichidaoperatsiya qilingan 500 nafar bem orning 300 tasini, 400 ta kattaoperatsiyalardan so'ng N.I.Pirogov 159 bemorni qutqarib qololmagan.Bemorlarning qariyb 80 foizi arzimas xirurgik jarohatlardan nobudb o 'lg a n . Bunga gospital infeksiya sabab b o 'lg an edi. D avolashmuassasalari bemorni qutqarish o'rniga ularning ko'pchiligini o'limgagiriftor qilar edi, chunki xonalar dezinfeksiya qilinmas, maxsus kiyimkechaklar yetishm as edi. Q o 'l va asboblar operatsiya yoki yarabogiashdan oldin emas, balki keyin yuvilardi. Shu sababli yara bog'lashpaytida infeksiya bir bemordan ikkinchisiga bemalol o'tavergan.XIX asrning 40-yillarida N.I.Pirogov jarohatni davolashda karbolkislota, liyapis, spirt, yod nastoykasini ishlatgan va jarohat infeksiyasigaqarshi kurashish mumkinligini ko'p marta ta ’kidlagan. U o'zining«Um um iy harbiy-dala xirurgiyasining boshlanishi» nomli kitobida«Shunday vaqt keladiki, travm atik va gospital m iazmalarni puxtao'rganish xirurgiyani boshqa yo'nalishga olib boradi», deb yozgan edi.Venger akusher-ginekologi I.Zimmelveys (Vena) 1847-yiIda akusherningiflos qo'li ko'zi yoriyotgan homilador ayolni og'ir oqibatlarga olib kelishinitushunib yetdi va antiseptika usullariga yondashib ish tuta boshladi. Uq o 'ln i, asboblarni, tu g 'ru q yo'llarini, shuningdek tug'ruqda kerakbo'ladigan ham ma narsalarni xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiyaqiladigan bo'ldi. U homilador ayollarda uchrab turadigan, tug'ishdan keyinro'y beradigan sepsisni kam aytirishga erishdi. Olim tuqqan ayolningbachadoni katta jarohat ekanligini va uning tez yallig‘lanib, sepsis keltiribchiqarishini tushunib yetgan edi. Shunday qilib, I.Zimmelveys, D.Listerdan17 yil aw al boshlang'ich antiseptikani ochib beradi, yiringlash va chirishningoldini olish uchun doya va vrachlar homilador ayolni tekshirishdan oldinqo‘lni xlorli ohak eritmasi bilan yuvish kerakligini qat’iy talab qildi. Butalab asbob-uskunalarni ishlatishga ham taalluqli ekanligini ta ’kidladi.I.Zimmelveys Ovro'padagi akusher-ginekologlarga xat yoilab, agar doyalarq o ‘llarini yuvmasalar ularni sudga berish lozimligini uqtirdi. O lzi esaoperatsiya paytida qo‘li jaro h atlan ib qolib, sepsisdan vafot etdi.I.Zimmelveys Venadagi o‘zi boshchilik qilayotgan kasalxonada bolalaro ‘limini birmuncha kamaytirgan bo‘lsa-da, uning usulini xirurglar bevositainfeksiyadan ko'ra havodan tushadigan infeksiya xatarli deb hisoblar edilar.D.Lister operatsiyadan keyingi infeksiyaning sababchisi tashqimuhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslanganbalg'am orqali o'tadi degan xulosaga keldi.Lister antiseptik va dezinfeksiyalovchi modda sifatida qoramoyningasosi bo'lgan karbol kislotani (11 suvga 50 g) qo'lladi. Bu eritmaga xirurgikasboblar, ba’zan bog'lamlar ham solib qo'yilar, shuningdek, jarrohlarqo'llarini ana shu suyuqlik bilan yuvar edilar. Operatsiya paytida karbolkislota 2,5-5 foizli eritmani maxsus purkagich bilan jarohat ustiga, xonahavosiga purkar edi. Operatsiyadan keyin jarohat shu eritma bilan yanayuvilar va unga 5 foiz karbol kislota hamda qarag'ay yelimi shimdirilganbog'lam qo'yilar edi. Bu maxsus bog'lam avval ipak bog'lam, keyin 8qavat doka, uning ustidan «makintosh» nomini olgan kleyonkali yokirezina aralashgan qog'oz bog'lamdan tashkil topgan edi.Shunday qilib, D.Lister 2,5-5 foizli karbol kislota eritmasi yordamidasterillab, antiseptik usulni kashf qildi. U 2,5-5 foizli karbol kislota eritmasibilan jarohat atrofini, jarohatni yopishda ishlatiladigan bog'lamni, maxsusxirurgik asboblarni va jarroh qo'llarini yuvishda ishlatib, mikroblardanholi qilish yo'li bilan suyagi singan 10 nafar bemorda qo'llab yaxshinatijaga erishgan. Ilmiy izlanishlarga asoslangan antiseptik usul D.Listertomonidan 1867-yilda batafsil tasvirlandi.Lister o'zining usulini amaliyotga tatbiq etib jarohatlarni birlamchibitishi kuchaygani, gospital gangrenalar, piyemiya, saramas va ikkilamchiqon ketishlar keskin kamayganini aniqladi.Sirasini aytganda, L isterning an tisep tik usuli elem entlariI.Zimmelveysning amaliyotda qo'llagan usullariga mos kelar edi.Lister usulini rus jarrohlaridan birinchi bo'lib I.I.Bursov qo'lladi. Rus- turk urushida ishtirok etgan К. K. Reyyer 1877-yilda Lister usulidanjarohatlarni davolashda keng ko'lam da foydalanganini yozgan. U XXalqaro vrachlar anjumanida jarohatni birlamchi xirurgik tozalashda Listerantiseptik usulining asosiy prinsiplari to‘g‘risida axborot berdi. KeyinchalikS.P.Kolomnin, N. V.Sklifosovskiy va boshqalarning ishlari tufayli Rossiyadaantiseptikaning taraqqiyoti va rivojlanishiga keng yo‘l ochildi.Shuni aytish kerakki, antiseptika elementlari Listergacha ma’lum edi.Ammo uning eng katta xizmatlaridan biri jarohat yiringlashining oldiniolish yo‘llarini ko'rsatib berganidir.Sterilizatsiya usullarini ishlab chiqishda bakteriologiyaning ahamiyatikatta bo‘ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katta qiziqish uyg‘otdi.Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari Trendelenburg (1882),Bergman va Shimmelbush, Esmarx va Noyberg rivojlantirdilar. Shundayqilib, xirurgiyaning rivojlanish tarixi ikki davrni o'z ichiga oladi. Mingyillargacha davom etgan antiseptikagacha bo‘lgan davr va bir asrdanko'proq bo'lgan antiseptika davri. Keyingi davr ichida xirurgiya jadalsur’atlar bilan rivojlandi.Lister antiseptik usulining salbiy tomonlari ham m a’lum bo'lib qoldi.Bakteriyalarni yo'qotish maqsadida qo'llaniladigan 2,5-5 foizli karbolkislota eritmalari tirik to'qimaga ham salbiy ta’sir qilib, uning o'limigasabab bo'lishi, ko'p miqdorda ishlatiladigan 5 foiz karbol kislota eritmasibemor bilan birga jarrohlarga ham salbiy ta ’sir ko'rsatishi mumkin.Operatsiyadan keyin vafot etgan bemorlarning buyragi karbol kislotata ’sirida ishdan chiqqanligi va zaharlanib qolganligi m a’lum bo'ldi.Jarrohlarning qo'li karbol kislota bilan yuvish natijasida ekzema, kuyish,yallig'lanishga uchrar edi. Xonada fenol bug'lari ko'pligi tibbiyotxodimlarida ham nafas olish yo'llarini kasallantirar edi. Shu bilan birgakarbol kislota bog'lam ostidagi bakteriyalarning hammasini ham yo'qotaolmaganligi aniqlandi.Shuning uchun jarrohlar uning 1:1000, 1:2000 nisbatdagi eritmasidanfoydalanib ko'rdilar, lekin natija kutgandek bo'lib chiqmadi. Keyinchalikantiseptik sifatida rux xlorid, borat kislota, kaliy permanganat va boshqamoddalarni ishlata boshladilar. Ammo bu moddalar kuchli antiseptikb o 'lib , bakteriyalarni o 'ld irish bilan birga tirik to'qim ani hamzaharlantirib, nekrozga uchratishi m a’lum bo'ldi. Bunda jarohat ustiqatlamli bitib, uning ostida bakteriyalar bemalol rivojlanar ekan.Paster va Koxning shu sohadagi izlanishlari jarohatni infeksiyadansaqlaydigan oddiy yo'llarni - aseptikani yaratdi. Bu yangi yo'nalish xirurgikasboblarni ximiyaviy moddalarsiz mikroblardan tozalash prinsiplarini ilgarisurdi. Shunday qilib, amaliyotda ximiyaviy antiseptika fizikaviy aseptikabilan almashtirildi. Bu qaynatish, yuqori harorat va bug' bilan amalgaoshiriladi. Amaliy xirurgiya sohasida hozirgi kunda qo'llaniladigan aseptikasterilizatsiya usullari - instrum entlar, bemorga operatsiya vaqtidaishlatiladigan kiyim-kechaklar, yoping'ich, bog'lamlar va boshqa narsalarnizararsizlantirish yo'llaridan iborat. Bu usulning keng tarqalishidaN.I.Pirogovning shogirdlari professor E.Bargman, uning yordamchisiShimmelbushning xizmati kattadir. 1890-yilda Berlinda bo‘lib o'tgan XXalqaro xirurglar anjumani jarohatlami davolashda aseptika prinsiplariniqo‘llab-quvvatladi. Bu anjum anda Bergman Lister usulisiz aseptikasharoitida operatsiya qilingan bemorni namoyish qilib muvaffaqiyatqozondi. Aseptika usulining rivojlanishi antiseptik moddalami xirurgiyadanchetlashtirib qo‘ydi. Ammo bu yo‘nalish 10-15 yil davom etdi va yanaamaliyotda ishlatila boshlandi. Chunki jarroh qo‘lini, bemorda operatsiyaqilinadigan m aydonni tozalash uchun odam to ‘qim asida bezararmoddalami topish kerak edi. Birinchi jahon urushida (1914-1917) xirurgikbemorlarni tekshirish faqat aseptikani ishlatish kifoya qilmasligini ko'rsatdi.Rossiyada K.M.Sapejko, chet elda Karrel-Daken jarohatni antiseptikusullar bilan yuvib turish usullarini amaliyotga tatbiq qildilar. Jarohat faqatinfeksiya tushadigan joy bo'lmasdan, balki tirik to‘qima ekanligi, undainfeksiyaga javoban fiziologik o‘zgarishlar ro‘y berishi qayd qilingan.Antiseptik moddalar ta’siri faqatgina in vitro o‘rganilmasdan, ularning tirikto‘qimaga ta’siri biologik va fiziologik qonuniyatlarga asoslangan holdao'rganila boshlandi. Jarohatning bitishida leykotsitlaming roli, ularga ta’siretuvchi moddalami topish sohasida ish olib borildi.Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ishlab chiqilganaseptika va antiseptika prinsiplari hozirgacha o‘z kuchini yo‘qotgani yo'q.Demak, aseptika - jarohat va u bilan kontaktda bo‘ladigan bog'lam ,instrument, obyektlarda va m a’lum bo'shliqqa tushishi mumkin bo'lganmikroblarga, shuningdek, kasallik tarqatuvchi turli mikroorganizmlargaqarshi qo'llaniladigan amaliy ishlar kom pleksidir. Shu m aqsaddamikroblarni yo'qotish uchun fizik usullardan (qaynatish, kuydirish,avtoklavda sterillash, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish, sterillanganhavodan) foydalaniladi.A ntiseptika deganda esa ja ro h a t patologik tuzilm asidagi yokiorganizmdagi m ikroblarni yo'qotish yoki m iqdorini kam aytirishgaqaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.Antiseptikaning maqsadi - teri ustidagi shartli patogen m ikrob vaparazitlarning m iqdorini, shuningdek ularning rivojlanish xavfinikamaytirish (tranzitor flora) bilan birga, teri ostida tabiiy m ikroblarko'payishiga (mahalliy flora) yo'l qo'ym aslikdan iborat. Shuningdekantiseptika quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: a) teri shilliq qavati vajarohatni tozalash; b) nekrozga uchrag an to 'q im a va p atologiktuzilmalarni kesib olib tashlash; d) spesifik-antiseptik t


Yüklə 28,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə