O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/162
tarix02.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#101792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

1.6. Konstitutsiyaviy huquq manbalari
Gap bu yerda Konstitutsiyaviy huquqning yuridik manbalari
haqida ketadi. Huquq manbayi — tegishli huquqiy normalar qayd
qilingan hujjatlar. Huquq manbayi shu huquqiy normalarni
rasmiylashtirish shaklidir. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari
bo‘lib normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro hujjatlar (agar ularda
O‘zbekiston ishtirok etgan bo‘lsa), sud qarorlari hisoblanadi.
Normativ hujjatlar turli ko‘rinishda bo‘lib, ular: Konstitutsiya,
Konstitutsiyaviy qonunlar, qonunlar, davlat boshlig‘i va hukumat
hujjatlari, vakillik va ijro hokimiyati organlarining hujjatlari, fuqa-
rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlari hisoblanishi
mumkin.
Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy qonunlar to‘laligicha Konsti-
tutsiyaviy huquq manbayi bo‘lsa, qonun va boshqa hujjatlar:
Prezident va hukumat hujjatlari, mahalliy hokimiyat organlarining
qarorlari faqat Konstitutsiyaviy munosabatlarni tartibga solsa

14
(shunga qaratilgan bo‘lsa) Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘ladi.


Masalan, saylov to‘g‘risidagi qonunlar Konstitutsiyaviy huquq
manbayi bo‘lsa, mehnat qonunlari mehnat huquqiy munosabat-
larini tartibga solishga qaratilib, mehnat huquqi manbayi bo‘ladi.
Prezidentning markaziy davlat organlarini tuzish, ularning rahbar-
larini tayinlash haqidagi Farmonlari Konstitutsiyaviy huquq man-
bayi bo‘lsa, Faxriy unvon berish, mukofotlash to‘g‘risidagi Far-
moni Konstitutsiyaviy huquq manbayi hisoblanadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida xalqaro huquqning ustuvorligi
e’tirof etilgan. Shuning uchun xalqaro shartnomalar ham huquq
manbayi hisoblanadi. Lekin shartnomalarda O‘zbekiston ishtirok
etsagina, mazkur shartnomalar Konstitutsiyaviy huquq manbayi
bo‘la oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi xulosalari,
to‘xtamlari ham Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘la oladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə