O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq


Konstitutsiyaviy huquqning predmeti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/162
tarix02.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#101792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

1.2. Konstitutsiyaviy huquqning predmeti
Har qanday huquqning predmeti shu huquq normalari bilan
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Alohida
huquq tarmoqlarining predmetini aniqlash huquq tarmoqlarini
bir-biridan ajratish imkoniyatini yaratuvchi asosiy omildir. Huquq
predmetini bilmasdan turib, huquqni qo‘llash faoliyatini ham
amalga oshirib bo‘lmaydi.
Shuning uchun Konstitutsiyaviy huquqni o‘rganishga kirishilgan
vaqtda, eng avvalo, qaysi ijtimoiy munosabatlar uning predmeti
bo‘lishini bilib olish zarur. Konstitutsiyaviy huquq, avvalo, jamiyat
hayotining barcha: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va boshqa
sohalariga taalluqli munosabatlar asoslarini tartibga soladi.
Boshqa huquqlar hayotning ma’lum sohasiga taalluqli ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladi. Konstitutsiyaviy huquqning
predmetiga xos xususiyat shundaki, u ma’lum sohadagi ijtimoiy


8
munosabatlarning alohida qismini tartibga solib, ular boshqa


huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun asos, baza bo‘lib
xizmat qiladi.
Konstitutsiyaviy huquq predmetini aniq belgilash katta
ahamiyatga ega, chunki masala inson huquqlari, uning kafolatlari
bilan bog‘liq. Inson huquqlarini eng kam miqdorda cheklash va
davlat hokimiyatini imkoni boricha cheklash zarurligi konstitu-
tsiyaviy huquqning predmetini aniq belgilash zaruratini keltirib
chiqaradi.
Konstitutsiyaviy huquq predmeti, jahon Konstitutsiyaviy hu-
quq nazariyasida ham e’tirof etilgan bo‘lib, u, asosan, ijtimoiy
munosabatlarning ikki sohasini qamrab oladi. Bulardan birinchisi,
insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish. Bunda inson bilan
davlat o‘rtasida munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlarning
asoslari Konstitutsiyaviy normalar bilan tartibga solinadi. Inson va
davlat o‘rtasidagi munosabatlar juda keng va ko‘p qirralidir. Shuning
uchun ular Konstitutsiyaviy huquqdan tashqari boshqa huquq
tarmoqlari, jumladan, ma’muriy, fuqarolik, oila, mehnat va
boshqalar bilan ham tartibga solinadi. Lekin Konstitutsiyaviy huquq
bu munosabatlarning asoslarini tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi Konstitutsiya va
u asosida qabul qilingan qonunlar bo‘lib, ular inson huquq va
erkinligi ta’minlanishining barcha choralarini hamda shaxs — davlat
munosabatida shaxsning ustuvor darajada bo‘lishini nazarda tutadi.
Ikkinchisi — davlat tuzilishi, davlat hokimiyati, ya’ni hokimiyat
munosabatlari. Hokimiyat tuzilishini tashkil etish faqat hokimiyat
organlarini tashkil etishnigina nazarda tutmaydi. Konstitutsiyaviy
normalar hokimiyatning turli tarmoqlarini amalga oshiruvchi
organlarning huquqiy holatini, ularning bir-biri bilan, quyi organ-
lari bilan munosabatlarini ham belgilaydi. Natijada, qonunchilik,
ijro, sud hokimiyati organlarining faoliyat ko‘rsatishi uchun,
ularning bir-birlari bilan va fuqarolar bilan aloqa o‘rnatishining
huquqiy asosi vujudga keladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə