«O`rta osiyoarxeologiyasi» fanining o`quv dasturi bilim sohasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#144115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
31874 O`rta Osiyo Arxeologiyasi-1

9-mavzu:Ilk o'rta asrlar 
Ilk o'rta asrlar davri umumiy tavsifi. O'rta Osiyoda ilk o'rta asrlar davri
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o'zgarib borishi. Antik davri yirik
imperiyalar inqirozi. Ko'chmanchi chorvador qabilalarining O'rta Osiyoning 
o'troq dehqonchilik o'lkalariga doimiy migratsiyasi. Mulkiy munosabatlarning
o'zgarishi. Siyosiy inqirozlar. Kichik davlatlarning tashkil topishi va tarqoqlik. 
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi tub o'zgarishlar. O'rta Osiyoning 
Buyuk Ipak yo'li ahamiyatining ortib borishi. O'rta Osiyoning Arab xalifaligi
tarkibiga kiritilishi va mahalliy madaniyat an'analarining islom mafkurasi 
asosida rivojlanishi. 
So'g'd.
So'g'd-O'rta Osiyoning yirik tarixiy-madaniy viloyati. So'g'dning
tarkibiy qismlari: Shimoliy So'g'd-Yuqori Zarafshon, Janubiy So'g'd-
Qashqadaryo vohasi (Kesh va Nasaf) va Shimoli-g'arbiy So'g'd-Buxoro vohasi.


13 
So'g'd shaharlari. Afrosiyob, Panjikent, Yerqo'rg'on, Buxoro, Poykent, Varaxsha 
va boshqalar. So'g'd shaharlarining tuzilishi.
Mudofaa tizimi.
O'troq dehqonchilik manzillari: ko'shk, qasr, qo'rg'on, 
qo'rg'oncha. Saroy imoratlar qurilishi. Zardushtiylik ibodatxonalari. Qurilish va
me'morchilik. Din va diniy qarashlar. Buyuk Ipak yo'li savdosida So'd
mavqeining o'sishi. Shaharlarda savdo markazlarining rivojlanishi. Devoriy
naqshlar va ularning dunyoviy, diniy va afsonaviy mazmuni. Metallarga
ishlov berish. Uy anjomlari va ish qurollari. Qurol yarog'lar. Qimmatbaho 
metallardan ishlangan idishlar. So'g'd torevtika san'ati. Zargarlik. Panjikentda 
aniqlangan zargarlik ustaxonalari. Kulolchilik ishlab chiqarishi. Sopol
buyumlari. So'g'd viloyatlari sopollarining o'ziga xosligi. Shishasozlik.
To'qimachilik. Mug'dan topilgan matolar. Dafn marosimlari. Ossuariylar va 
dahmalar. Chorvador qabilalari qabrlari. So'g'd madaniyatining o'rta asrlar 
davri tarixidagi ahamiyati. Shimoliy Xuroson. Gyaurqal'a va Erkqal'a Marv
vohasida Durnali, Chongli, Uli Kishman. Aholi manzilgohlarining joylashish 
tizimi. Arxeologiya yodgorliklari shakllari. Ko'hna shaharlar va manzilgohlar.
Kuhna-Kaaxka, Abivard, Husravqal'a ko'hna shaharlari tuzilishi. Mudofaa
tizimi. Mulkdorlar ko'shklari, qo'rg'onlari va qasrlari. Qurilish va
me'morchilik. Sug'orish inshootlari. Dehqonchilik. Hunarmandchilik ishlab
chiqarishi. Kulolchilik, to'qimachilik. Tovar-pul munosabatlari. Ichki va tashqi
savdo aloqalari. Dinlar: zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik. Dafn 
marosimlari. Ossuriylar. Tasviriy san'at. Haykallar va haykalchalar. 
Xorazm.
Janubiy Xorazmning sug'orish inshootlari bo'ylaridagi dehqonchilik
vohalari. Arxeologiya yodgorliklari shakllari. Ilk o'rta asrning dastlabki 
bosqichida (IV-VI asrlar ) Xorazm madaniy hayotdagi inqiroz. Qo'hna shaharlar.
Tuproqqal'a, Xazorasp, Xiva. Ilk o'rta asrlarning keyingi bosqichida (VII-VIII
asrlar) shahar madaniyati taraqqiyoti. Savdo yo'llari va sug'orish inshootlar
bo'ylarida shahar markazlarining rivojlanishi. Yangi shahar markazlarining
vujudga kelishi. Xorazm shaharlari tuzilmasining o'ziga xosligi. Dehqonchilik 
qishloqlari. Qasrlar, uy-qo'rg'onlari. Mahobatli ibodatxona va saroy imoratlari.
Mudofaa tizimi. Qurilish va me'morchilik. Qishloq xo'jaligi. Hunarmandchilik
ishlab chiqarishi. Kulolchilik. Qurol yarog'lar. Zargarlik. Diniy qarashlar.
Janubiy Xorazm ta'sirida shimoliy-Kerder viloyatining o'zlashtirilishi.
Arxeologiya yodgorliklari. Hayvonqal'a, Qo'rg'onchaqal'a, Quyuqqal'a,
To'qqal'a. Kerder viloyati arxeologiyasining o'ziga xos xususiyatlari. Xorazmning 
O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi 
o'rni. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə