Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
AXLOQIY IDEAL-
axloq -me’yorlarining yuksak, orzu qilingan darajadagi 
tasavvufi, barcha eng yaxshi xislatlarga ega, har tomonlama tarbiyalangan inson 
obrazi. 
 
AXLOQIY MADANIYAT
-axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar, 
ko‘nikmalar va ularga amal qilinish. 
 
AXLOQIY ME’YORLAR
-jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari, ular urf-
odat, ko‘nikma, marosim qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi, axloqiy qadriyatlar 
sifatida qaraladi, ularga amal qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi. 
 
AXLOQIY TARBIYA
-inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga 
yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burch-mas’uliyat, sog‘lom 
turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo, Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod 
mustahkamligi xislatlarining singdirib borilish jarayonidir. 
 
AXLOQIY TAFAKKUR
-axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar 
g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy me’yorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy 
mushohada qilish jarayoni. 
 
AXLOQIY FAZILATLAR - 
inson xulq-atvori, yurish-turishidagi eng yuksak, 
ijobiy hatti-harakatlar, o‘y-fikrlar va ezgu amallar majmuasi: ezgulikka intilish, 
yaxshilik qilish, izzat-hurmatli bo‘lish, mehnatsevarlik, or-nomusli bo‘lish, 
vatanparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik, halollik, pokizalik kabi xislatlarning 
namoyon bo‘lishi 
 
AXLOQSIZLIK
-jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlardan chetga 
chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘g‘rilik, hasad, 
g‘iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy 
xislatlarning namoyon bo‘lishi. 
 
ADOLAT
— yuksak ma’naviy tushuncha bo‘lib, uning E. va Yo. hamda Ya. va 
Yo. dan asosiy asosiy farqi shundaki, A. ning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, 
lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu 


223 
bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; A. da ikki ma’naviy jihat – 
ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq 
sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham dyeyish mumkin: u talab b-n taqdirlashni o‘lchab 
turadigan tarozidir. A. bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q. Eng oddiy, 
ibtidoiy fazilatlar, m., mehribonlik, shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud
lekin hayvonlarda ular o‘z guruhiga, eng avvalo, o‘z zurriyotiga qaratilgan bo‘ladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə