Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
SALOMLASHISH ODOBI
- salomlashish insonning insonga bildirgan 
hurmati, odamlarning o‘zaro muomala munosabatlarining boshlanishi, bir–biri bilan 
suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab 
turgan inson ham alik oladi. Salom berish kundalik hayotimizda eng ko‘p 
qo‘llaniladigan udum bo‘lib, xushmuomalalikni talab qiladi. Assalomu-alaykum
arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak.
"Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", 
"Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
Salomlashish kishilar orasidagi o‘zaro hurmat, muomala munosabatlarining
avval boshi bo‘lgani uchun uning bajarilishida ham alohida qoidalar bor.
Salomlashganda 
yoki 
xayrlashganda 
aytiladigan 
“Assalomu 
alaykum” 
“salomatmisiz”, “omonmisiz”, “yaxshimisiz”, “salomat bo‘ling” dyeyiladi. Bu 
so‘zlarda, insonlarning bir–biriga hurmat ehtiromi, xayrixohlik izhori bilan birga 
bu so‘zlarda chuqur mazmun va mulohaza bor. 
 
STOL ATROFIDA O‘ZINI TUTA BILISH ETIKETI
- stol atrofida o‘zini 
tuta bilish etiketi shartli cheklanishlari bilan emas, balki estetik talablar, qulaylik 
alomatlari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan urf-odatlardan kelib chiqadi. Rasmiy 
tushlik yoki nonushta paytida stol atrofida o‘tira turib tashrifnomalar bilan o‘zaro 
almashish mumkin emas. Stol oldida o‘zini tutishning qoidalar shundayki, unda 
kichik doirada qat’iy amal qilish unchalik shart bo‘lmagan, lekin ko‘pchilik oldida bu 
qoidalarni buzish mumkin emas. Mehmonga aytilgan vaqtga borish lozim. 5-10 
daqiqa vaqtliroq borish esa undan yaxshiroq bo‘lardi. Umuman olganda har qanday 
joyga kechikib borish odobsizlikdir. Agar oldingizga olib kelingan ovqatni yeyishni
istamasangiz, uni olmasligingiz mumkin, lekin bunga odob qoidasiga amalqilgan 
holda javob berish kerak bo‘ladi. Ovqatni, taomlarni taklif yetish kerak, ammo 
majburan yegizish yaramaydi.


230 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə