Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
DIPLOMATIK MARTABA 
- O‘zbekiston Respublikasi Diplomatik 
vakolatxonalari va Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining diplomatik martabalari 
to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Diplomatik vakolatxonalarning boshliqlariga, 
elchixonalar, missiyalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga quyidagi 
diplomatik martabalar beriladi: 
- Favqulodda va Muxtor Elchi 
- Birinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil 
- Ikkinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil 
- Birinchi darajali maslahatchi 
- Ikkinchi darajali maslahatchi 
- Birinchi darajali birinchi kotib 
- Ikkinchi darajali birinchi kotib 
- Birinchi darajali ikkinchi kotib 
- Ikkinchi darajali ikkinchi kotib 
- Uchinchi kotib 
- Attashe 
Diplomatik martabalar elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va 
konsulliklar huzuridagi doimiy vakolatxonalar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga ijobiy attestatsiyaga, oliy ma’lumotga 


233 
ega bo‘lingan taqdirda, ularning malakasiga, egallab turgan lavozimiga hamda ish 
stajiga muvofiq, shuningdek malaka unvonlarini va boshqa farqlovchi belgilarini 
hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi. 
 
QABUL 
- kimdir yoki nimadir uchun nishonlanadigan yig‘ilish qabul deb 
ataladi. Qabul – odamlar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi muloqot shaklidir. 
Uning sabablari va sababchilarining darajasiga qarab qabul rasmiy va norasmiy 
qabullarga ajratiladi. Chet el vakillari uchun yoki ularning ishtirokida tashkil 
qilinadigan qabullar odatda diplomatik qabul deb atashadi. Bu qabullarning turli 
usullari mavjud. «Shampan bokali» - qabuli milliy bayram yuzasidan, delegatsiya 
sharafiga, elchining kyetishi va h.k.da uyushtiriladi. Qabulda mehmonlarga shampan 
vinosi, qovurilgan yong‘oqlar, shokolad, ba’zida esa mayda pirojniylar tarqatiladi. 
«Vino bokali» qabulida mehmonlarga vino, turli kanape, tartaletkalar, mevalar 
tortiladi. «Jurfiks» fransuzchadan olingan aniq vaqt deb tarjima qilinadigan qabulda 
ma’lum bir paytda va kunda qish yoki kuz fasli davomida o‘tkaziladi. «Jurfiks» tipiga 
qarab odatda simpozium, konferensiyalar o‘rtasidagi tanaffusda xizmat ko‘rsatiladi. 
Mehmonlarga gazaklar, sharbat, suv va issiq ichimliklar tarqatiladi. «Barbekyu» 
nomli qabulda esa yoz paytlarida, ochiq havoda (odatda yakshanba kunlari) 
o‘tkaziladi. Mehmonlarga aylanma sixda qovurilgan go‘sht, vino va salqin 
ichimliklar tortiladi. Bu qabul odatda 12 – 13 soatlarda o‘tkaziladi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə